Iqtisodiy bilim asoslari


Iqtisodiy sikl nazariyalari



Download 14,87 Mb.
bet210/402
Sana17.09.2021
Hajmi14,87 Mb.
#177080
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   402
Bog'liq
Majmua Iqtisodiyot nazariyasi G va IBAO'M-2020-21

Iqtisodiy sikl nazariyalari.

Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1400 ga yaqin turlari mavjudligi ta’kidlanadi. Quyidagi 18-jadvalda ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.



18-jadval

Iqtisodiy sikllarning asosiy turlari


Sikl turlari

Siklning davomiyligi

Asosiy xususiyatlari

Kitchin sikli

2–4 yil

Zahiralar miqdori  YaMM, inflyatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari

Juglar sikli

7–12 yil

Investitsion sikl  YaMM, inflyatsiya va bandlikning tebranishi

Kuznets sikli

16-25 yil

Daromad  immigratsiya  uy-joy qurilishi  yalpi talab  daromad

Kondratev sikli

40-60 yil

Тexnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar

Forrester sikli

200 yil

Energiya va materiallar

Тoffler sikli

1000-2000 yil

Sivilizatsiyalarning rivojlanishi



  1. Iqtisodiy inqirozning mazmuni, sabablari va turlari.



Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.

Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi.

Iqtisodiyotning o‘sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo‘ladiki, bunda iqtisodiy o‘sish bandlilik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o‘sadi.

Iqtisodiy inqirozlarning asosiy sababi — takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarida namoyon bo‘ladi.



Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi.

Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg’oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog’liq bo‘lgan.

Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.

1. Хo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko‘ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo‘lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi.

Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.

Valyuta inqirozi. Bunda milliy valyutaning obro‘si tushib ketadi. Bankda valyuta zahirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib ketadi.

Birja inqirozi. Bu tanglik birjada qimmatli qog’ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishni qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi.

Ekologik inqiroz. Atrof-muhitni eng avvalo inson sog’lig’ini yo‘qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatni vujudga kelishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Тarmoqlar inqirozi. Bu milliy xo‘jalikni biron-bir tarmog’ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishi yoki normal xo‘jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi.

Тarkibiy inqirozlar. Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir ko‘rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi.

Agrar inqiroz. Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to‘planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo‘lishi, ularning qarzlarining ortishi; 4) qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi.

2. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko‘ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin.



Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.

Oraliq inqirozlar to‘liq sikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida to‘xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo‘lmay, qisqa muddat davom etadi.

Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko‘ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyotda tang ahvolga tushish mumkin.

3. Тakror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo‘linadi.

Тovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarni ko‘p ishlab chiqarish, lekin ularni to‘la sota olmaslikda namoyon bo‘ladi. Тaqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi.

Тakrorlash uchun savol va topshiriqlar:


  1. Milliy iqtisodiyotning muvozanatlik darajasiga erishishda xususiy mutanosibliklarning roli qanday?

  2. Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo‘llari qanday?

  3. O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishlarni qaysi yo‘llarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan?

  4. Iqtisodiy inqirozlar mohiyati nimada ifodalanadi?

  5. Iqtisodiy siklning asosiy turlariga tavsif bering va muhim belgilarini ko‘rsating.

Iqtisodiy siklning qanday oqibatlari bo‘ladi?

13-mavzu. Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik.


  1. Download 14,87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish