YER SOLIG‘I STAVKALARI
O‘zbekiston Respublikasida yer solig‘ining quyidagi stavkalari qo‘llaniladi:
1. Yer solig‘i to‘lashda qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari uchun
yagona yer solig‘i stavkasi;
2. Yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun
yer solig‘i stavkalari.
Yagona yer solig‘i stavkasi mamlakatimizda 2012- yildan boshlab qishloq
xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatidan 6% miqdorida belgilangan.
Odamlarning hovlilari va jamoat imoratlari band etgan yerlar qiymati 2 ga
ko‘paytirilgan (2 koeffisient qo‘llanilgan) holda baholanadi va shu qiymatdan
yagona yer solig‘i to‘laydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |