Ayirboshlash
— bir mahsulotni boshqasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri almashtirish.
Aylanma mablag‘
— xomashyo, har xil materiallarni sotib olishga va ishchi
kuchini yollashga sarflanadigan mablag‘lar.
Bank
— aholi, firma va tashkilotlar pul mablag‘larini jamg‘aruvchi va ularni
boshqalarga qarzga beruvchi, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi va boshqa
moliyaviy xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi vositachi muassasa.
Bankning zaxira mablag‘i
— bankning zaxira sifatida, markaziy bankda
saqlashi lozim bo‘lgan pul mablag‘i.
Bankning zaxira normasi
— markaziy bank tomonidan belgilanadigan, bank
zaxira mablag‘ining jami mablag‘iga nisbatan foiz miqdori.
Bankrotlik
— firmaning boshqa firmalar va davlat oldidagi qarzlarni to‘lay
olmaslik holati.
Do'stlaringiz bilan baham: |