IJTIMOIY HIMOYA VOSITALARI
Davlat ishchi kuchi bozorini tartibga solish va ishsizlikning oldini olish
maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llaydi:
— ishchi kuchi bozorini doimo tahlil qilib, mamlakatda qancha ish o‘rinlari
bor, qancha odam ish bilan band, qancha odam ishsiz, ishchi kuchi bozorida
qanday o‘zgarishlar kutilmoqda kabi savollarga javob topadi;
— aholini ish bilan to‘laroq ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi, tadbirkorlikni
qo‘llab, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratadi;
— aholini kasbga yo‘naltirish, ish o‘rinlari haqida ma’lumot yetkazish va
targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanadi;
Mashq
Mamlakatda tabiiy ishsizlik darajasi 6 foizni, umumiy ishsizlik darajasi
esa 10 foizni tashkil qiladi. Friksion va tarkibiy ishsizlik mamlakatning 1 million
aholisini qamrab olgani ma’lum bo‘lsa, qancha ishsiz borligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |