BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
YER SOLIG‘I IMTIYOZLARI
Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar
kiradi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun qo-
nun hujjatlarida belgilangan me’yorlar doirasida berilgan yerlar – yer uchastkasi
berilgan paytdan e’tiboran ikki yil muddatga soliq solinmaydi. Agar yerdan o‘z
o‘rnida foydalanilmasa, bu imtiyoz qo‘llanilmaydi.
Dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘i stavkalari, yer sifatiga bog‘liq
holda belgilanadi.
Quyidagi yer maydonlari yer solig‘idan ozod etiladi:
• shaharlar, shahar qo‘rg‘onlari, qishloq aholi punktlarining umumiy foydala-
nishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, o‘tish joylari, yo‘llar, ariq yoqalari,
ariqlar, mozorlar va boshqalar);
• bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik jamoalari uchun umumiy foydala-
nishga berilgan yerlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |