Mulkchilikni isloh qilish sohasida ayrim davlat mulklari xususiylashtirilib,
jamoa yoki xususiy mulkka aylantirildi.
Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar odamlarga yerdan bepul foydalanish,
shaxsiy tomorqalar uchun yer maydonlarining kengaytirilishi, fermer va
dehqon xo‘jaliklarining tuzilishi bilan amalga oshirildi.
Moliya-kredit sohasidagi islohotlar respublikamiz o‘z valutasini
muomalaga kiritishi, qator tijorat banklarining ochilishi, qimmatli
qog‘ozlar bozorining tashkil qilinishi orqali amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |