Iqtisodiy bilim asoslari” 8-sinf (umumta’lim maktablari uchun)
variant
1. Agar siz 2 soat davomida televizor ko’rsangiz, siz pul sarflamaysiz. Bu hech qanday muqobil qiymatning yo’qligini bildiradimi?
A) Ha, sarflagan soatni muqobil qiymati yo’q
B) Yo’q, sarflagan soatni hamma narsaga o’xshab muqobil qiymati bor
C) muqobil qiymati faqat pul sifatida hisoblanadi
D) muqobil qiymati faqat makraiqtisodda ko’ riladi
2. Quyidagi omillardan qaysi biri talabga ta’sir ko`rsatmaydi?
A) aholi sonining o`zgarishi;
B) iste’molchilar daromadining o`zgarishi;
C) bozorga ko`p miqdordagi tovarni keltirilishi;
D) Narx oshishining kutilishi;
3. Qanday omilning o`zgarishi talab egri chizig`ini o`zgartirmaydi?
A) iste’molchilar didining o`zgarishi; B) Milliy daromadni taqsimlanish miqdori;
C) Tovar narxi; D) Iste’molchilar soni va mahsulotni qaytarish.
4.Ishlab chiqarishning asosiy maqsadi qanday?
A)Davlat iqtisodiyotini rivojlantirish
B)Davlatning ishlab chiqarish potensialini oshirish
C)Oshib boruvchi ehtiyojlarni qondirish
D)Ilmiy – texnika taraqqiyotini ta’minlash
5. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi ?
A) Iqtisodiy jarayonlar amalga oshadigan joydagi bino inshoatlar
В) Alohida olingan oila, korxonalar mol mulki
С) Tabiat,odamlar va odamlar tomonidan yaratilgan barcha narsalar
D) Yo’llar, ko’priklar,tabiiy boyliklar
6. Agar ikki xil tovar o`zaro bir-birini o`rnini bosuvchi bo`lib, birinchi tovar narxining oshishi natijasida
A) Ikkinchi tovarga bo`lgan talab pasayadi;
B) Ikkinchi tovarga bo`lgan talab oshadi;
C) Ikkinchi tovarga bo`lgan talab miqdori oshadi;
D) Ikkinchi tovarga bo`lgan talab miqdori kamayadi.
7.Iqtisodiyjarayonlarningqandaybosqichlarimavjud?
A) Yalpi daromad, foyda, zarar В) Resuslar, ishlab chiqarish, taqsimot
С)Ishlab chiqarish, daromad, foyda, zarar
D)Ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol
8. Agar talab kamaysa talab egri chizig`i qaysi tomonga siljiydi?
A) pastga va chapga;
B) Soat strelkasi bo`yicha;
C) Tepaga va o`ngga;
D) Soat strelkasiga teskari yo`nalishda.
9. Qanday omilning o`zgarishi talab egri chizig`ini o`zgartirmaydi?
A) iste’molchilar didining o`zgarishi;
B) Milliy daromadni taqsimlanish miqdori;
C) Tovar narxi;
D) Iste’molchilar soni va mahsulotni qaytarish.
10. Davlat budjetining harajat qismini aniqlang
А)soliqlar B) To`lovlar C) TurizmD) Transfert to`lovlari
11. Noto`g`ri javobni toping
A) Xaridorlar o`rtasidagi raqobat narxlarni tushishiga sabab bo`ladi.
B) Xizmat ko`rsatish sohasida raqobat bo`lmaydi.
C) Sotuvchi xaridor bilan raqobatda bo`ladi.
D) Xaridorlar o`rtasidagi raqobat narxni oshishiga sabab bo`ladi.
12.“Iste`molchilarning haq-huquqlarini himoya qilish” to`g`risidagi qonun qachon qabul qilingan?
A) 26.04.1996 y B) 2.03.1996 y C) 8.12 1992 y . D) 30. 05. 2005 y
13. Makroiqtisodiyot nimani o’rganadi?
A) Mamlakat miqiyosidagi iqtisodiy jarayonlarni o’rganadi
В) Alohida olingan oila, korxona, tarmoq iqtisodiyotini o’rganadi
С) Resuslar, ishlab chiqarish, taqsimotni o’rganadi
D) Yalpi daromad, foyda, zararni aniqlashni o’rganadi
14. Engel izlanishlar natijasida oila xarajatlarida nimalarni salmog’i oshadi?
A. oziq-ovqatga sarflanadigan xarajatlarning salmog’i
B. kiyim- kechak, uy –joy xarajatlarning salmog’i
C. madaniy va nomoddiy xarajatlarning salmog’i
D. energiya manbalarigasarflanadigan va madaniy xarajatlarning salmog’i
15.Bozor qatnashchilari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)Sotuvchilar, xaridorlar, iste’molchilar
B)Ishlab chiqaruvchilar, oila-uy xo’jaliklari, davlat
C)Korxonalar, iste’molchilar , sotuvchilar
D)Korxonalar, iste’molchilar, sotuvchilar xaridorlar
16.Cheklangan resurslar bilan cheksiz ehtiyojlarni to‘laroq qondirib borishga qanday erishiladi?
A)Ehtiyojlarni qondirishning maqbul rejasini aniqlash
B)Resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydiganini tanlab olish
C)Muqobil mahsulotlarni ishlab chiqarish
D)Resurslarni samarali taqsimlash
17.Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi va boshqarishning bozor mexanizimi ta’minlanadi?
A)Bozor iqtisodiyoti B)Markazlashgan rejali iqtisodiyot
C)Aralash iqtisodiyot D)An’anaviy iqtisodiyot
18. Tovarlarga solinadigan soliq qaysi o‘lchov birligida o‘lchanadi?
A)Pul birligida B)Donalarda
C)Kvadrat metrda D)Pul birligi va tonnada
19.Tadbirkorlik faoliyati nima?
A)Foyda olish maqsadida tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan faoliyat
B)Bozor sub’ektlari o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq tavakkalchilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi
C)Iste’mol jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vosita
D)Asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga qilinadigan sarflar
20.Quyidagilar orasidan qaysi javobda an`anaviy iqtisodiy tizim bugungi kungacha saqlanib qolgan?
A)Sibr taygasida va Markaziy Amerikada B)Afrika va Amazonka chakalakzorlarida
C)SharqiyОsiyo va janubiy Amerikada D)Shimoliy Amerika va Afrikada
21.Tikuv fabrikasida 30 ta ishchining 60% (foiz)i shim tikuvchilar, qolganlari esa kofta tikuvchilar hisoblanadi. Kofta tikuvchi ishchilar sonini toping?
A)16 ta B)18 ta C)14 ta D)12 ta
22. Nominal daromad nima?
A) Ish haqidan kelgan daromadlar B) Tadbirkorlik faoliyatidan kelgan daromadlar
C) Nafaqa, mukofot, stipendiya D) Daromadning pul shaklidagi ifodasi
23.Milliy pulimiz so‘m qachon joriy qilindi va muomalaga kiritildi?
A)1993 yil 1-noyabrdan B)1994 yil 1-iyuldan
C)1994 yil 1-avgustdan D)1994 yil 1-oktyabrdan
24.Iqtisodiyot fan sifatida nimani o‘rganadi?
A)Tabiat, odamlar va odamlar tomonidan yaratilgan barcha narsalarni
B)Mamlakat miqiyosidagi iqtisodiyotni
C)Odamlarning iqtisodiy ne’matlarni yaratish jarayonidagi faoliyatini va o`zaro munosabatlarini
D)Alohida olingan oila, korxona va tarmoqlar iqtisodiyotini o`rganadi
25.Qaysi bir javob mulkchilik munosabatlarini aks ettiradi?
A)Birlikda faoliyat yuritish bilan bog‘liq munosabatlar
B)Mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda tasarruf etishmunosabatlar
C)Qishloq xo‘jaligida yuzaga keladigan munosabatlar
D)Ish beruvchilar va ishga yollanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar
26.Shimoliy mamakatlarda universal tovar rolini qanday mahsulotlar bajargan?
A)Chorva mollari, go‘sht mahsulotlari B)Mo‘yna va teri
C)Chig‘anoqlar, fil suyaklari D)Shisha va taqinchoqlar
27.Tovar miqdori o’zgarishining tovar narxi o’zgarishiga nisbatan teskari bog’lanishi qaysi javobda o’z ifodasini topgan?
A)Talab qonunida B)Talab miqdorida
C)Taklif miqdorida D)Taklif qonunida
28.Mehnat taqsimotidan ko`zlangan maqsad nima?
A) Ishchi xodimlar malakasini oshirish
B)Arzon tovarlar yaratish
C)Mehnat unumdorligini oshirish
D)Кorxonalar o`rtasidagi mehnat taqsimotini tashkil etish
29.Kafolat muddati yoki ishga yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar uchun iste’molchi tovar sotib olingan kundan boshlab, qancha muddat ichida o’z huquqlarini himoya qila oladi?
A)Kamchiligi aniqlangan vaqtning o’zida B)2 yil davomida
C)2 oy ichida D)6 oy ichida
30.Iste'molchilarning yuqori narxlarda shu mahsulot o‘rniga uning o‘rnini bosadigan boshqa arzonroq mahsulotni xarid etishga moyilliklari nima bilan izohlanadi ?
A)Ishlab chiqarish samarasi bilan izohlanadi
B)Almashtirish samarasi bilan izohlanadi
C)Daromad samarasi bilan izohlanadi
D)Omillardan oqilona foydalanish samarasi bilan izohlanadi
31.Quyidagi хususiyatlarning qaysi biri bozor iqtisodiyotiga xos emas?
A) Tadbirkorlik B) Xususiy mulkchilik
C)Monopoliyani qo‘llab quvvatlash D)Raqobat
32.Oddiy odamlarga “soliqni to‘lashdan bosh tortmaslikni, zero bunday hatti harakat “o‘z sheriklariga jafo qilishlik” bilan barobardir” deb kim aytgan?
A)Abu Ali ibn Sino B)Alisher Navoiy
C)Zahriddin Muhammad Bobur D)Amir Temur
33. Ehtiyoj – bu nima?
A)Talab
B)Hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyat
C)Ist’emol jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vosita
D)Xoxish va imkoniyatlar
34.Bozorniqanday mexanizmlar tartibga soladi?
A)Тalab, taklif, baho, raqobat
B)Мonopoliya, oligopoliya, monopsoniya
C)Тadbirkorlik, biznes, foyda
D)Sotuvchi, xaridor, davlat
35. Taklif ba`zida qanday chiziqli funksiya ko`rinishida berilishi mumkin?
A) p= aq+b B) p= -aq+b C) q= -ap+b D) b = aq+ p
36. Alisher Navoiyning iqtisodiy qarashlari va g‘oyalari uning qaysi asarlarida o‘z ifodasini topgan?
37. Qonun va qoidalarga bo`ysunmaydigan raqobat qanday nomlanadi?
38. Aholi daromadlarining oshishi natijasida avtomobilga bolgan talab qanday o`zgaradi?
39. Bozorda tovarning muvozanat narxi 1400 so`m bo`lganda 1800 so`mdan qat’iy narx belgilandi. Undan so`ng hosil bo`lgan holatni aniqlang.
40.Qanday holatda taqchil bozor yuzaga keladi?
41.Bozor infratuzilmalari nima?
42.Qaysi soliq stavkasida daromad oshib borishi bilan soliq stavkasi kamayib boradi?
43.Jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarlariklar sodir etganligi uchun javobgarligi 16 yoshdan boshlab vujudga keladi.Bu O`zbekiston Respublikasi soliq kodeksining nechanchi moddasida o`z ifodasini topgan?
44.Aralash iqtisodiyot iqtisodiy tizimlarning barcha ijobiy tomonlarini o`zida mujassamlashtirgan xo`jalik yuritish tizimi bo`lib,uni boshqacha qanday ataladi?
45.Qaysi tamoyilga ko`ra,bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida jamiyatda ijtimoiy –siyosiy barqarorlik ta`minlanadi?
46.Tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyatlar ichida eng naflisi nima deyiladi.
47.Mamlakatimizda 2 va undan ortiq daromad manbayiga ega bo`lgan jismoniy shaxslar har yili
1-aprelgacha o`tgan yil uchun soliq deklarasiyasini to`ldirib qayerga topshirishlari shart?
48.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i stavkalarining kamaytirilishi natijasida so`nggi 6 yil mobaynida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub`yektlari soni necha barobar ko`paydi?
49. Moliyaviy islohatlar natijasida sodir bo`lgan o`zgarishlarni yozing
50.Sotuvchi yoki maxsus vositachi firma tomonidan uyushtiriladigan savdo tadbiri nima deyiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |