35 34 35 8-MAVZU BOZOR VA UNING TURLARI 1. 1-rasmda tasvirlangan dehqon bozoridagi odamlarni qanday ikki toifaga ajratish mumkin?
Kimlar sotuvchi yoki xaridor sifatida qatnashyapti? Ularning farqi nimada? Ularning
maqsadlari nimadan iborat?
2. Har bir bozorning o‘ziga xos qanday xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin?
3. Bozor qanday vazifalarni bajaradi deb o‘ylaysiz? Fikringizni hayotiy misollar yordamida
tushuntirib bering.
4. Sizningcha, yuqorida keltirilgan tovar va xizmatlar qaysi bozorlarda sotiladi yoki sotib
olinadi?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR BOZOR VA UNING VAZIFALARI Siz odamlar bilan gavjum, savdo-sotiq amalga oshiriladigan, alohida ajratilgan joy
sifatidagi dehqon bozori, avtomobil bozori, kiyim-kechak bozori va buyumlar bozori kabi
bozorlarni yaxshi bilasiz. Bozor — sotuvchi va xaridorlarning oldi-sotdi jarayonini amalga
oshirishlari bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlardir. Bozor uchun har doim ham alohida
ajratilgan joyning bo‘lishi shart emas. Oldi-sotdi jarayoni telefon va internet tarmog‘i
orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumki, bozor — tovar xo‘jaligining asosini
tashkil qiladi. Tovar — boshqalar uchun ishlab chiqarilar ekan uni sotish, boshqa narsaga
ayirboshlash uchun bozorning bo‘lishi shart.
Sotuvchi — bozorda tovarini pulga almashadiga va tovarni sotadigan to mon.
Xaridor — bozorda pulini tovarga almashadigan va tovarni sotib oladi gan tomon.
1
4
2
5
3
6
Bozor quyidagi vazifalarni bajaradi: — ishlab chiqarish va iste’molni bir-biriga bog‘laydi hamda ular orasida vositachilik
qiladi;
— oldi-sotdi jarayoni orqali tovarning narxini belgilaydi;
— iqtisodni, ishlab chiqarishni tartibga solib turadi.
Tovarni mo‘ljalidan ko‘ra qimmatroq narxda sotib olgan xaridor yoki tovarni arzonroq
narxda sotgan sotuvchining birortasi ham bozordan "ranjimaydi". Bozor — tovarning
narxini belgilovchi eng xolis hakam.
Bunda Nima ishlab chiqarish kerak? Qanday ishlab chiqarish kerak? Kim uchun ishlab
chiqarish kerak – degan savollarga faqatgina bozor javob beradi. Bozor tovar narxining
ko‘tarilishi yoki pasayishi orqali ishlab chiqaruvchilarga qaysi tovardan qancha ishlab
chiqarish kerakligi yoki kerak emasligi haqida axborot berib turadi. Tovar bozorgir bo‘lsa,
uni ishlab chiqarish ko‘paytiriladi, tovar mo‘ljaldagi narxda sotilmasa, uni ishlab chiqarish
to‘xtatiladi yoki sarf-xarajatlar kamaytirilib, tovar narxi arzonlashtiriladi;
— turli davlatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik o‘rnatishdan iborat. O‘zaro manfaatli
hamkorlikdan hamma foyda ko‘radi. Shunday ekan bozor chegara bilmaydi. Hozirda
bozorlarimizdagi dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridan keltirilgan tovarlar buning
yorqin isbotidir.
BOZOR TURLARI Bozorlar ularda sotiladigan tovarlarga ko‘ra iste’mol tovarlari, ishlab chiqarish vositalari,
moliya, mehnat, intellektual tovarlar bozori kabi turlarga bo‘linadi.