Iqtisodiy bilim asoslari 8


Moliya-kredit sohasidagi islohotlar



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/136
Sana14.10.2022
Hajmi3,59 Mb.
#853058
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   136
Bog'liq
Iqtisodiy bilim asoslari. 8-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Moliya-kredit sohasidagi islohotlar
respublikamiz o‘z 
valutasini muomalaga kiritishi, qator tijorat banklarining ochilishi, 
qimmatbaho qog‘ozlar bozorining tashkil qilinishi, yangicha soliq 
tizimining yaratilishi kabi bozor talabiga javob beruvchi moliya 
tizimini yaratish yordamida amalga oshirilmoqda.
Tashqi iqtisodiy aloqalardagi islohotlar 
respublikamizning 
tashqi iqtisodiy aloqalarini erkinlashtirishga qaratilgan. Ko‘plab 
xorijiy davlatlar bilan qo‘shma korxonalar tashkil qilinmoqda. 
Respublikamizning boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq qilish 
imkoniyatlari kengaymoqda.
2012- yil davomida tashqi savdo aylanmasi 26,286 mlrd. 
AQSH dollarini tashkil qildi. Bu 2011- yilga nisbatan 0,9% 
ortiq demakdir.
Buni yodda tuting!
O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojlanmoqda. Bu borada 
mulkchilik sohasida, qishloq xo‘jaligida, moliya-kredit sohasida, tashqi iqtisodiy 
aloqalarda va ijtimoiy sohada islohotlar amalga oshirilmoqda.
Iqtiboslar
Tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqi-
rozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab 
o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday 
tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas 
xato bo‘lar edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz 
lozim – O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va 
global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi 
hisoblanadi.
Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va 
choralari» kitobidan
Ijtimoiy sohadagi islohotlar
o‘tish davrida vujudga keladigan 
turli noxush holatlardan aholini himoya qilishga qaratilgan. Narx-
navoning oshi shiga mos ravishda maosh, stipendiya, pensiya va
turli xil nafaqa pullari miqdori oshirib borilmoqda.
Respublikamiz bilan bir qatorda mustaqillikni qo‘lga kiritgan 
va bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrini boshidan kechirayotgan 
davlatlar talaygina. Bu davlatlarning ba’zilarida bozor islohotlari 
shoshma-shosharlik va tavakkalchilik bilan amalga oshirilyapti. 
Buning oqibatida bu davlatlar iqtisodiyoti o‘ta mushkul 
vaziyatga tushib qolmoqda. Bunday ahvolni ko‘rib turib, 
bizning mamlakatimizda olib borilayotgan bozor islohotlari 
naqadar oqilona va izchil yo‘ldan borayotgani hamda amalga 
oshirilayotganligiga amin bo‘lamiz.



Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish