97 96 97 Adam Smit (1723 — 1790) Buyuk ingliz
iqtisodchisi,
bozor iqtisodiyoti
nazariyasining
asoschisi.
Raqobat — bozor ishtirokchilari manfaatlarining to‘qnashuvidan yuzaga keladigan
o‘zaro kurash.
Narxlar vositasida raqobatlashish — tovar narxini tushirish yoki oshirish yordamida
raqo batchilarga ta’sir ko‘r sa tish.
Narxlar vositasisiz raqobatlashish — tovar narxini o‘zgartirmasdan uning sifa-
tini yaxshilash, reklamani kuchaytirish kabi omillar orqali raqobatchilarga ta’sir
ko‘rsatish.
Bu haqda o‘ylab ko‘ring! Buyuk ingliz iqti sodchi olimi Adam Smit nima uchun ra-
qobatni iqtisodiyot ning “ko‘rinmas qo‘li” deb atagan?
RAQOBAT VA UNING MOHIYATI Resurslarning yetishmasligi oqibatida bozor ishtirokchilarining
manfaatlari o‘zaro to‘qnashadi va ular orasida o‘zaro kurash —
raqobat vujudga keladi. Ma’lumki, har bir sotuvchi ko‘proq tovar
sotib, ko‘proq foyda olishdan manfaatdor bo‘ladi. Ularning
bu manfaatlari bozorda to‘qnashadi va sotuvchilar o‘rtasida
raqobat yuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchilar xomashyo va boshqa
resurslarni imkon boricha arzon sotib olishdan manfaatdor.
Ularning xaridor sifatidagi bu manfaatlari resurslar bozorida
o‘zaro to‘qnashadi. Natijada, ishlab chiqaruvchilar orasida
kurash — raqobat paydo bo‘ladi.
Raqobat iqtisodiy faoliyatni saqlab qolish maqsadida sotuvchi va ishlab
chiqaruvchilarning bor imkoniyatlarini ishga solishga, xaridorlarni jalb qilish uchun turli
reklamalardan foydalanishga undaydi. Raqobat muhitining vujudga kelishi uchun quyidagi
shart-sharoitlar bo‘lishi kerak:
— bozorda ishlab chiqaruvchi firmalar va xaridorlarning ko‘p bo‘lishi;
— firmalar muayyan bir xil tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lishi;
— tovarning bozor narxiga hech qaysi firmaning ta’sir o‘tkaza olmaydigan bo‘lishi;
— boshqa raqobatchi firmalarning bozorga kirishi uchun hech qanaqa to‘siqlarning
bo‘lmasligi.
Bozordagi raqobat ma'lum qonun va qoidalar orqali tartibga solib turiladi. Ushbu
maqsadda davlat maxsus qonunlar qabul qiladi, qoidalar joriy qiladi. O‘rbatilgan qonun va
qoidalar asosida olib borilayotgan raqobat — sog‘lom raqobat, o‘rbatilgan qonun va qoidalarga
zid olib borilayotgan raqobat esa g‘irrom raqobat deb yuritiladi.
G‘irrom raqobatga misol qilib raqobatchisiga bozorda sun'iy to‘siqlar paydo qilish,
uning tovarlari va xizmatlariga nisbatan sun'iy ravishda salbiy munosabat uyg‘otish, uni
bozordan siqib chiqarish uchun o‘z tovar yoki xizmatiga vaqtinchalik o‘ta past baho
belgilash ("...ning siyosati") kabilar kiradi.