Import eksportdan farq qliib chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan xarajatlaridan yuqori bo'lgan mahsulotlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo'lgan o'z ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday
tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarilgan chog'da sarflanishi lozim bo’lgan resurslarning tejalishi natijasida olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtirokini ifodalovchi bir qator ko'rsatkichlar ham mavjud. Masalan, tarmoq ishlab chiqarishining xalqaro ixtisoslashuvi darajasi ko'rsatkichlari sifatida taqqoslama eksport ixtisoslashuvi