Iqtisod-moliya


Sog‘lom turmush tarzi haqida sharq



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/117
Sana16.06.2021
Hajmi0,94 Mb.
#66876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   117
Bog'liq
valeologiya

Sog‘lom turmush tarzi haqida sharq  
mutafakkirlarining fikrlari
Mashhur faylasuf, fors-tqjik olimi, Abu Bakr Ar-Roziy 
{865- 925) o‘zining “Ma’naviyat tibbiyoti”, “Falsafiy turmush 
tarzi” kabi asarlarida inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillar haqida batafsii ma’lumotlar beradi.
“Ma’naviyat tibbiyoti” asarida tibbiyotni ikkiga: jismoniy 
va ruhiy tibbiyotga ajratadi. Jismoniy tibbiyotni — inson tanasi 
kasalliklarning oldini olish va davolash, ruhiyat tibbiyotini esa 
inson ruhiy axloqini yo‘lga qo‘yish va insonning ma’naviy 
sifatlarini takomillashtirish deb belgilaydi. Ar-Roziy o‘zining 
“Rohatlanish nazariyasi”da odamlarga oqilona hayotdan 
zavqlanib, sog‘lom yashashni, azob-uqubat chekishdan 
saqlanishni, rostgo‘ylikni, axloqiy poklikni, odamlarga nisbatan 
yaxshilik qilishni va o‘zining foydali ishlari bilan doimo ularga 
xizmat qilishi lozimligini uqtirib o‘tadi.
Buyuk ensiklopedist olim, vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino 
(980–1037) tabobat sohasidagi o‘zlarini “Tib qonunlari” asarida 
va “Urjuza” nomli tibbiy dostonida batafsii bayon qilgan. Ibn 
Sinoning fikricha, sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri badan 
tarbiya, keyin ovqat tadbiri va uyqu tadbirlari hisoblanadi. 
Mutafakkir olim “Urjuza” asarida me’yoriy uyqu, serharakat 
bo‘lish, yo‘lovchilar, keksa kishilar, homiladorlar, chaqaloqlar 
tartiblari hamda me’yoriy ovqatlanish, to‘g‘ri turmush tarzi 
haqida maslahatlar beradi.
Asarning “Salomatlikni saqlash haqida”gi maxsus bo‘limida 
shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, badanni chiniqtirish
mizojni muvozanatlashtirish, kun tartibi, jismoniy mashg‘ulotlar, 
hammomlar qurilishi, may ichish, uyqu va bedorlik, og‘iz 
bo‘shlig‘i va tishlarni parvarish qilish, ichaklarni tozalash ka-
bilar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar bergan.


8
Ismoil Jurjoniy “Horazmshoh xazinasi” asari XII asr tib 
ilmining o‘ziga xos qomusi hisoblanib, uning ikkinchi varianti 
12 kitobdan iborat bo‘lgan, Inson salomatligiga toza havoning 
foydasi haqida to‘xtalib shifokorga bemorning uyiga borib, 
yashash sharoitlarini, uy-joyi quriq yoki namligini, toza havo 
yetarlimi, unga nima yetishmasligi bilan qiziqishni tavsiya etgan 
va shunga ko‘ra davolash lozim deb, uqtirgan.
Ismoil Jurjoniy yilning fasliga qarab ogohlantiruvchi tavsi-
yalar bergan. Uning fikricha. bahorda yengil, tez hazm bo‘ladi-
gan ovqatlarni iste’mol qilishni, anor suvi ichishni, o‘zini zo‘riq- 
tirmaslikni, yozda ovqatlarni kam iste’mol qilish, ovqatning nor-
don turlarini yeyish lozim deb, tavsiya qiladi. Bemorga o‘zini 
zo‘riqtirmaslikni, ichimliklarni sovutilgan holda ichishni, dam 
olish paytida salqin joyda bo‘lishni, surgi dorilar ichmaslikni 
maslahat beradi. Uning fikricha, kuz sog‘liq uchun eng xavfli 
mavsum bo‘lib, ertalab salqin, kunduzi juda issiq bo‘ladi. Shu 
sababli salqin joylarda bo‘lmaslikni, sovuq suvda cho‘milmas-
likni maslahat beradi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish