34
turmush tarzi ommaviy axborot vositalarida,
barcha tarbiya
o‘choqlari bilan hamjihatlikda litsey, kollejlarda keng targ‘ib
qilinmog‘i zarur. Oliy ta’lim miqyosida, Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim
vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot
va mehnat vazirligi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi,
shuningdek, “Sog‘lom avlod uchun”, “Kamolot” yoshlar
ijtimoiy
harakati, “Iste’dod”, “Mehr nuri”, “Ulug‘bek”, “Nuroniy”,
“Oydin Hayot” kabi ko‘plab nodavlat tashkilotlarining mahalla
bilan yaqindan o‘zaro hamkorligi bo‘lmog‘i lozim.
Sog‘lom turmush tarzi - inson turmush sharoitlarini faol
o‘zlashtirish usuli bo‘lib, kun tartibiga rioya qilish, faol
harakat
asosida organizmni chiniqtirish, sport bilan shug‘ullanish, to‘la
va sifatli ovqatlanish, ovqatlanishning gigiyenik qoidalariga
rioya qilish, muloqot va ekologik madaniyatga erishish,
umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma’naviy tarbiya
olish, zararli odatlardan o‘zini tuta bilish demakdir.
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish predmetining
maqsadi va vazifalari:
- shaxs hayoti va salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni bartaraf etish borasidagi
nazariy bilim va amaliy
ko‘nikmalami o‘zlashtirishga erishish;
- kun tartibiga qat’iy amal qilish;
- muntazam ravishda chiniqib borish, faol jismoniy harakatni
tashkil etish hamda sport bilan doimiy shug‘ullanishga erishish;
- to‘g‘ri ovqatlanish qoidalarining mohiyati va ahamiyati
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni puxta o‘zlashtirish va ulardan amaliy
faoliyatda
foydalanish;
- shaxsiy salomatlikni saqlashga nisbatan mas’uliyatni qaror
toptirish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyat
qoidalariga ega bo‘lish;
- turli xildagi jarohatlanish va baxtsiz
hodisalarning oldini
olish layoqatiga ega bo‘lish;
35
- salbiy odatlarni o‘zlashtirish (tamaki mahsulotlarini
chekish, narkotik moddalar va spirtli ichirnliklami iste’mol
qilish)ning rag‘bati yuzaga kelmasligini ta’minlash;
- jins sifatida to‘g‘ri tarbiyalanish, shaxsiy gigiyena
qoidalaridan xabardor bo‘lish va ularga og‘ishmay amal qilish;
- o‘zida yuksak axloqiy sifatlar, kuchli va mustahkam irodani
hosil qilishga erishish, shuningdek, psixogigiyena talablariga
amal qilish;
- hayotning umumiy falsafasi - turmush muammolariga
qarshi
kurasha olish, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkura
tamoyillariga zid bo‘lgan aqidalarga qarshi immunitetni hosil
qilish yo‘lida nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish va
hokazolar (A.Isimova, 2004) dan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: