Ma’muriy-huquqiy prinsip xodimlarni egallab turgan lavozimiga qarab farqlashni nazarda tutadi: zavod direktori, sex boshlig‘i, bosh rejachi, bosh buxgalter va h.k.
Funksional prinsip boshqaruv xodimlarini kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha guruhlarga bo‘lishni nazarda tutadi.
Boshqaruv apparati ishini takomillashtirish tajribasi mehnatni ilmiy asosda va zamonaviy tashkiliy-texnik asosda tashkil etish, boshqaruv xodimlarini mehnat xarakteriga qarab xodimlar kategoriyasiga bo‘lishga yana bir yondashuvni paydo qildi:
— takrorlanib turadigan, muayyan qoidalar va texnik shartlar bilan tartibga solib turiladigan mexanik ishlarni bajaruvchi xodimlar. Ularga ish boshqarish personali va qisman mas’ul ijrochilar bajaradigan vazifalar (masalan, hujjatlarni ro‘yxatga olish, nusxa ko‘chirish) kiradi;
— asosan bir-biriga o‘xshash siklga kiradigan, takrorlanib turadigan ishlar majmuini bajaradigan xodimlar, mas’ul ijrochilar bajaradigan faoliyatning ko‘pgina turlari shunday xususiyatga ega bo‘ladi (masalan, xodimlarga ish haqini hisoblash, mehnat bo‘yicha korxona va tashkilotning ichki rejalarini ishlab chiqish va h.k.);
— takrorlanib turmaydigan ishlarni bajaradigan yoki uzoq muddat ijro etiladigan ishlarni bajaradigan xodimlar. Bunday ishlarni asosan rahbarlar va qisman mas’ul ijrochilar bajaradilar (masalan, o‘z qaramog‘idagi obyektlarni o‘rganish).
Zamonaviy korxonaning tuzilishi quyidagichadir:
1. Korxona xodimlari.
2. Boshqaruvchilar (menejerlar).
3. Aksiyadorlar.
4. Direktorlar kengashi. U firmaning faoliyati uchun va firma strategiyasi darajasida boshqaruvga oid qarorlar qabul qilinishi uchun to‘liq javobgar bo‘ladi, (15–20 kishi).
5. Firmaning faoliyat ko‘rsatishidan manfaatdor bo‘lgan guruhlar yoki tomonlar.
Boshqaruvchi personalni batafsil o‘rganish aslida uni tasniflashga doir g‘arbiy mezonlarga mos keladi va vatanimizdagi tashkilotlar uchun boshqaruvchi personalning mavjud kategoriyalarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi:
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari, bosh mutaxassislar.
Iqtisodiy vazifalarni amalga oshiradigan mutaxassislar.
Ishlab chiqarishni muhandislik-texnik jihatdan ta’minlovchi mutaxassislar.
Xizmatchilar lavozimlari (ular hujjatlarni hisobga olish, nazorat qilish, rasmiylashtirish, xo‘jalik xizmati ko‘rsatish bilan band bo‘ladilar).
Har bir lavozim ta’rifi o‘ziga muayyan malaka talablarini, ya’ni ta’lim darajasi va amaliy ish stajini qamrab oladi.
«Mehnat munosabatlari sohasidagi Amerika qonunchiligi yollanma personalni ikki kategoriyaga bo‘ladi. Birinchi kategoriyaga oddiy ijrochilar, ikkinchi kategoriyaga «ma’muriyat vakillari»: butun boshqaruvchi personal (menejerlar), shuningdek, kadrlar xizmati, soqchilik va xavfsizlik xizmati xodimlari kiritilgan.
AQSH va Buyuk Britaniyadagi boshqaruvchi personalga o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun boshqalar ishini tashkil etuvchi, muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi har qanday yollanma xodim kiritiladi, (1.16-chizmaga qarang). Ushbu holat bunday xodimlarni tanlash va tayyorlash usullaridagi, ular mehnatiga baho berish va mukofotlash shakllaridagi ayrim umumiy jihatlarni oldindan belgilab beradi. Shu bilan birga, har turli boshqaruv vazifalarini bajarish talablaridagi va real mazmunidagi farqlar shu qadar kattaki, bu kasb kategoriyasining «yuqori» va «quyi» qismlari haqiqatda turli ijtimoiy qatlamlar va ijtimoiy sinflarga taalluqlidir.
1.16-chizma. Buyuk Britaniyada bandlikning
Do'stlaringiz bilan baham: |