Personalni rivojlantirish quyidagi shartlarga bog‘liq:
— korxonaning personalni bugungi ishida va kelajakni ko‘zlab rivojlantirishga ehtiyoji;
— xodimlar rivojlantirish salohiyati, ya’ni ularning hali foydalanilmagan bilimlari, qobiliyatlari mavjudligi;
— personal rivojlanish ehtiyoji.
— personalni rivojlantirish imkoniyati, ya’ni moliyaviy, mehnat, texnika va boshqa resurslarning mavjudligi.
Personalning rivojlanishga ehtiyoji (1.23-chizma) deyil ganda, xodimlarning o‘z kompaniya va firmalari maqsad va
vazifalaridan kelib chiqqan holda o‘z bilimi, ko‘nikmasini oshirishi, kasbiy imkoniyatlariga yangicha qarashni ongli tarzda zarurat sifatida tushunishi anglanadi.
Rivojlanishga ehtiyoj hamisha ham o‘zgarishlarga mos tushavermaydi. Yuzaga chiqqan muammolarni hal etish uchun hamisha ham birgina personalni o‘qitishning o‘zi kifoya qilmaydi, balki tashkiliy tizimda o‘zgarishlar ham talab etiladi. Ular ishga qiziqtirish va rag‘batlantirish tizimini, rahbarlik uslubini, ishni tashkil etish marketingini, mas’uliyatni qayta taqsimlashni va boshqa masalalarni o‘zgartirish zaruratini ham tug‘dirishi mumkin.
1.23-chizma. Kasbiy rivojlanishiga ehtiyoj
Kompaniya yoki firmada yangiliklarni joriy etishda muayyan qoidalarga rioya etish talab qilinadi. Bu, birinchidan, personalga o‘zgarishlarning korxona an’analari bilan uzviy (yangilik — mavjud eskining ijobiy rivojlantirilgan ko‘rinishi) ekanligini anglatadi. Ikkinchidan, o‘zgartishlar kiritish tizimini — o‘qitish dasturlari, yangi yo‘riqnomalarni tarqatish bosqichlari va boshqa masalalarni hal etish vositalarini yaratish kerak bo‘ladi. Uchinchidan, jamoa a’zolari shaxsiy topshiriqlarini o‘zgartirish kerak. Bu o‘zgartirishlarni kim birinchi boshlashi ham ahamiyatli. Boshlovchi jamoa uchun rasmiy yetakchi hisoblanmasa ham, o‘z ortidan boshqalarni ergashtirish qobiliyatiga ega obro‘li
shaxs bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Va nihoyat, to‘rtinchidan, yangiliklar jamoaga batafsil tushuntirilishi darkor. Tushuntirish sodda, ommabop bo‘lsa, savollar ham kam bo‘ladi.
Kompaniya yoki firmada personalni rivojlantirishga qulay muhitni yaratish uchun korporativ g‘oyani joriy etish muhimdir. Bu g‘oyalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Eng yaxshi ta’lim-tajriba. Nazariy mashg‘ulotlar, bilimlarni o‘rganish, ish ko‘nikmalari hosil qilish uchun juda foydali. Lekin, amaliy bilimlar tajriba orqaligina egallanadi. Tajriba nafaqat bevosita kasb ko‘nikmalariga amaliyotni o‘rgatish jarayonida, balki o‘qitishning dasturiy usullari qo‘llanilganda ham egallanishini yodda tutish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |