Xizmat yo‘riqnomasi xodimning tashkiliy-huquqiy ma qomi, uning funksiyalari, huquq va majburiyatlari, mas’uli yatini belgilab qo‘yish hamda uning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan, korxona va tashkilot tomonidan chiqarilgan me’yoriy-huquqiy hujjatdir. Xodim bilan mehnat shartnomasi mazkur xizmat yo‘riqnomasi asosida tuziladi.
Xizmat yo‘riqnomasida, odatda, umumiy qoidalar, xodimning vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, mas’uliyati va boshqa qator huquq va majburiyatlar qayd etiladi. Unga shuningdek, mansabdor shaxslar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi hisobotlar, rejalar, ma’lumotlar, boshqa hujjatlarni taqdim etish tartibi, muddatlari ko‘rsatiladigan moddalar ham qo‘shilishi mumkin.
Korxona yoki tashkilot tarkibiy bo‘linmasining rahbari yangi xodim ishga qabul qilingandan so‘ng, uni xizmat yo‘riqnomasi bilan tanishtirishi shart. Xodim xizmat yo‘riqnomasi bilan tanishganligi muddatini ko‘rsatib, uni imzolashi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |