Iqtisod fakulteti


MAVZU: O'ZBEKISTONDA MONOPOL RAQOBAT BOZORONING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Download 125,29 Kb.
bet2/2
Sana24.01.2021
Hajmi125,29 Kb.
#56830
1   2
Bog'liq
O'ZBEKISTONDA MONOPOL RAQOBAT BOZORONING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

MAVZU: O'ZBEKISTONDA MONOPOL RAQOBAT BOZORONING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

1. Monopoliya va uning vujudga kelishi.

Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta'minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amaliyotidagi xususiyatlarini ko'rib chiqishni taqozo etadi.

Monopoliya tushunchasiga turli o'quv adabiyotlarida turlicha ta'rif beriladi.Jumladan, ba'zi o'rinlarda unga «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo'jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi*1 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda, «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba'zi adabiyotlarda yakka) hukmronlik holati»2, deb ta'riflanadi. Bu ta'riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki *har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta'riflash o'rinli deb hisoblaymiz: monopoliya — monopol yuqori narxlarni o'rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.3

«Monopoliya» atamasining kelib ehiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya'ni. grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.

Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to'planishi hisoblanadi.Ishlab chiqarishning to'planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon etadi.

Ishlab chiqarish to'planishining asosiy sababi bo'lib oli- nayotgan foyda hajmining ko'payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko'paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo'shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya'ni unga qo'shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa, ba'zi bir korxonalarning o'sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi.Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendcnsiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to'planishining moddiy asosi bo'lib kapitalning to'planishi va markazlashuvi hisoblanadi.

Kapitalning to'planishi - bu qo'shimcha qiymatning bir qismini jamg'arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko'rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni. korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi.

Kapitalning to'planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to'ldiriladi.Kapitalning markazlashuvi - bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo'shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o'sishidir.

Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to'planishi farqlanadi.

Ishlab chiqarishning gorizontal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotning ma'lum tarmog'i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdek, XX asrning boshlarida Ishlab chiqarish to'planishining asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi.

Ishlab chiqarishning vertikal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha o'zaro bog'liq tarmoqlarda mahsulot Ishlab chiqarishning to'planishidir.U ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitlarida keng rivojlandi.

Ishlab chiqarishning to'planishi o'z rivojining ma'lum darajasida monopoliyalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to'planishi hamda monopoliyalarning paydo bo'lishi o'rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo'ladi:

tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqyega ega bo'lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi;


  • yirik korxonalar o'rtasidagi raqobat juda qaltis bo'lib, ular uchun katta miqyosdagi yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko'ra, raqobatni cheklash, tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilaming monopolistik ittifoqlarga birlashishlari lozim bo'Iadi.



Monopoliyalarning vujudga kelishida ishlab chiqarishning to'planishidan tashqari yana bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi:


  • davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo'qotib, monopoliyalarning paydo bo'lishiga sharoit yaratadi:


  • banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyalarining jadal o'sishiga imkon beradi.



2 Monopoliya turlari.

Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning tur- larini ko'rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko'ra ajratish mumkin:

1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko'ra:sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.

Sofmonopoliya — tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O'zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O'zbekiston havo yo'llari» DAK, «0'zbekiston temir vo'llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol qilib keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o'z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar.Shuningdek.ba'zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko'payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo'Iadi. Monopolistik raqobat — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko'p hamda ular o'rtasida ma'Ium darajada raqobat mavjud bo'lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o'z tovar yoki xizmat ining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma'Ium darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko'plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni keltirish mumkin.

Oligopoliya- tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O'zhekistonda sement (asosan, Bekobod. Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan). ko'mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg'un) va Boysun (To'da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.

Monopsoniya — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko'p bo'lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste'molchisi yoki xaridori mavjud bo'lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.Bunga «0'zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo'la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi vengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo'lgan ko'plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqyeiga ega bo'ladi.

2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsiflga ko'ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun'iy monopoliya.

Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo'lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega boigan mulkdorlar va xo'jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o'ziga xos texnologiyaning qo'llanishi sababli raqobatni rivojlantirib bo'lmaydigan ba'zi bir tarmoqlari va ishlab chiqarish turlari ham kirtiladi.



Tabiiy monopoliya — korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo’lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo'lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holatidir. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmining ko'payib borishi bilan tovar birligiga to'g'ri keluvchi xo'jalik xarajatlari ning ahamiyatli darajada pasayib ketishida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste'molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan mashtirib bo'lmaydi.

1-rasm.Tabiiy monopoliya.



Tabiiy monopoliyada ishlab chiqarish hajmi

Tabiiy monopoliya xolati quyidagi rasmda berilgan. Unga ko`ra LAC va LMC lar uzoq muddatli davrdagi xarajatlar, D talab, AR, MR meyoriy daromad va MC meyoriy harajatlar. Monopolist narxni P1 o`rnatib Q1 hajmda ishlab chiqaradi. Bu holatda LMC va MR teng bo`ladi. Monopolist foydasi esa CP1AB to`tburchak yuziga teng bo`ladi. Lekin, Q1 hajmda chiqarilayotgan maxsulotlar jamiyat uchun kam, P1 narx esa juda baland. Grafikdan ko`rishimiz mumkinki, Jamiyat uchun eng optimal narx va hajm monopolist ishlab chiqarmaydigan P3 va Q3dir. Shuning uchun boshqaruvchi organ narxni P3 = LMC(Q3) = AR(Q3) da o`rnatish kerak.

Muommo shundaki, bunday narx monopolist ihlab chiqarishini qoplamaydi va o`rtacha xarajatlardan kamroq bo`ladi Q3, P3 3,P3) ishlab chiqarayotgan monopolist P3HGF

maydonga teng bo`lgan zarar ko`radi.

2-rasm.Tabiiy monopolist tanlaydigan ishlab chiqarish hajmi va jamiyat uchun optimal hajm.

Legal monopoliya - bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin:


  • patent tizimi — bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar - patentlar orqali amalga oshiriladi;


  • mualliflik huquqi — ilmiy, badiiy va san'at asarlari, ijro san'ati fonogrammalari, ko'rsatuvlar. efir to'lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o'z mahsulotlarini ma'lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko'paytirishga ruxsat berish imkonini ta'minlaydi;


  • tovar belgilari — bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi hamda boshqalarni ro'yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo'yicha paydo bo'lgan munosabatlami qonuniy tarzda tartibga solish shakli.


Suniy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tash­kil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliya-lardan ajratib turish uchun) nomi.

Sun'iy monopoliya o'z manfaatlari yo'lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o'zgartiradi, ya'ni:

bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik uchun turli to'siqlar hosil qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);


  • ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnolo- giyasiga erishib, qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;


  • ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo'llaydi;


— o'z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.

Sun'iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium.konsern kabi aniq shakllarda namoyon bo'ladi.

Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.

Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyutsion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.

Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.

Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ob’ektiv shart qilib qo‘ymoqda. Bu borada ham juda ko‘p yechilmagan muammolar bor. Ya’ni, eski ma’muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi mavjud g‘ov-to‘siqlarni bartaraf etishimiz zarur».29[29]

Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga ko‘proq imkon yaratadi.

Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:

a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo‘lishini maksimal darajada bartaraf etish;

b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‘z ustunlik mavqelarini suiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish.30[30]

Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.

Shu maqsadda O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.

Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.

Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Respublika Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni riojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo‘mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan u Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga aylantirildi.31[31]

Respublikada monopol mavqeiga ega bo‘lgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlari hisobga olinadi.

Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35% dan ortiq bo‘lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan.

Respublikada monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim:

1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish.

2. O‘z monopol mavqeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366-sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob’ektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g‘irrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi.

Tabiiy monopoliyalarni davlat yo‘li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlarni belgilashni o‘z ichiga oladi.

Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
6. Narxning mazmuni, vazifalari va turlari

Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.

Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o‘zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qiymatga egaligini ko‘rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o‘zida faqatgina naflilik yoki sarflarning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko‘rinishida ifoda etadi.

Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo‘lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi o‘z tovari uchun ketgan sarflarni qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko‘proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo‘lgan qiymatni pul shaklida o‘zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulining har bir birligiga ko‘proq naflilikka (iste’mol qiymatiga) ega bo‘lishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to‘g‘ri kelgan nuqtada, darajada narx o‘rnatilib, tovar pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo‘ladi.

Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun biz quyidagi 2-chizmaga e’tiborni jalb etamiz.Bulardan xulosa qilib aytish mumkinki, narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.

Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruratini tug’diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.

Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar bir yo’la ko’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx. Ulgurji narx ishlab chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma’lum miqdorda foyda ko’rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narx tovar birjalari va savdo uylarida ham qo’llaniladi.

Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan bеlgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. Shartnoma narx odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o’zgarmaydi. Mazkur narx ham milliy, ham xalqaro bozorlarda qo’llaniladi. U xalqaro bozorda qo’llanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.

Chakana narx – tovarlar bеvosita istе’molchilarga sotiladigan narx. Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo’lgan talab va taklifni bog’lovchi rolini o’ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo’lishi mumkin.

Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chеgaralangan (limitlangan) va dotatsiyalangan narxlarni vujudga kеltiradi. Chеgaralangan narx – davlat tomonidan yuqori va quyi chеgaralari bеlgilanib, shu doirada o’zgarishi mumkin bo’lgan narx. Bunday narx yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narx darajasini nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx – davlat budjеti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. Bunday narxdan kam daromadli oilalar, bеva-bеchoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur nе’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda foydalaniladi.

Dеmping narx – bozorda o’z mavqеini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. U «bozorga kirib olish narxi» dеb ham ataladi. Dеmping narxda rasmiy narxning bir qismidan kеchib yuboriladi.

Nufuzli narx – sotish hajmini o’zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. Bu narxni qo’llash uchun bozorda raqobat chеklangan bo’lib, monopol vaziyat mavjud bo’lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bog’liq bo’lmaydi, shu sababli narxning ko’tarilishi tovar sotilishini kеskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi.

Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala hovliga ega bo’lish, mashhur kurortlarda dam olish, so’nggi nusxadagi kiyimlar kiyish, yangi modеldagi avtomashinada yurish – martabali yoki obro’talab istе’mol hisoblanadi. Martabali istе’mol nufuzli narxlarni yuzaga kеltiradi. Ular odatdagi narxlardan ancha yuqori bo’ladi. Nufuzli narxlarni qo’llashda tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari va rеntabеllik darajasi, bozordagi talab, uning o’zgarishi va bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, ma’lum davrgacha o’zgarmaydigan qat’iy (standart) narx va o’zgaruvchan narx qo’llaniladi. Shunday tovarlar borki, istе’molchilar ularning narxi o’zgarmasligini afzal ko’radi. Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati tariflari shunday narxlar jumlasiga kiradi.

Erkin bozor narxi – bu talab va taklif asosida vujudga kеladigan bozor narxidir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga kеltirishda erkin narx jamiyat va bozor munosabatlari barcha sub’еktlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg’unlashtirishga imkon bеradi.

Narx diapazoni narxlar oralig’ining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, o’rta va yuqori narxlarni o’z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik kеng bo’lsa, tovar muomalasi shunchalik tеz yuz bеradi, chunki talab bilan narx o’zaro bog’lanadi.

Bozor ko’lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar mavjud bo’ladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo’lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo’ladi. Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxdir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon bozori narxi muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kеlish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.

Narxning xilma-xil turlari mavjud bo’lsada, ular bir-biri bilan o’zaro bog’langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy rеsurslarning ishlatilish samarasi o’z ifodasini topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati dеgan tushuncha bor, u narx paritеti dеb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog’liq bo’lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi mеtall narxiga, mеtall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga kiradi, chunki bu narxlarning har biri o’zidan kеyingi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi. Bozorga shunday o’ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko’pchilik sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy rеsurslar hisoblanadi. Bular mеtall, nеft, ko’mir, gaz, yog’och, bug’doy, paxta kabi tovarlar bo’lib, ular narxining o’zgarishi butun narxlar nisbatini o’zgartiradi.

9.3. Narxning shakllanishiga bozorning holati bеvosita ta’sir ko’rsatadi, chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunga ko’ra, talab va taklif miqdoriga ta’sir ko’rsata olish imkoniyatiga ko’ra bozordagi raqobatning turli ko’rinishlari farqlanadi. Mukammal raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) hamda istе’molchi (yoki xaridor)larning soni juda ko’p bo’lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish orqali narx shakllanishiga ta’siri umuman sеzilmaydi. Nomukammal raqobat sharoitida esa ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki istе’molchilar (xaridorlar)dan birining soni chеklangan bo’lishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va, pirovardida, bozordagi narxning shakllanishiga sun’iy ta’sir ko’rsatish imkonini bеradi. Bunday raqobat turli darajalaridagi narxlarning shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.

Shu sababli, biz quyida mukammal raqobat, sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya sharoitida narxlarning shakllanish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.

Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo’ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o’z tovari narxining imkon qadar yuqori bo’lishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan yuqori darajada bеlgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib chiqarilishiga olib kеlishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun kеtgan xarajatlarni qoplashi kеrak. Xaridor tovarni eng past narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo’ladi. Xaridor narxining yuqori darajasi esa, Marshall ta’biricha, so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligiga tеng bo’lishi kеrak.

Talab va taklif muvozanatga kеlgunga qadar narx atrofidagi tеbranishlarni o’z ichiga oluvchi ma’lum davrlar taqozo etilishi mumkin.

Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx shakllanishining o’ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o’zlarining individual narxlarini o’zgartira olsalar, ulardan farqli o’laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o’zlari bеlgilay oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o’ziga xos tarzda foydalanadilar.

Ommaviy taklif bo’yicha narx o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo’lsa, bozor narxi darajasi shunchalik past bo’ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi. Bu bog’liqlik 9.4-chizmada yaqqolroq namoyon bo’ladi.

Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlar taklifi hajmining ko’payib borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Taklif bo’yicha narx egri chizig’i (R1R2) bozor narxining tovarlar ommaviy taklifiga bog’liqligini ifodalaydi.

Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga kеltirish maqsadida o’z tovarlari sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning yetishmasligi monopol yuqori narxlarning o’sishiga olib kеladi.

Taklif bo’yicha narx egri chizig’i

Taklif miqdori

R2

R1

0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Narx

Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko’rilgan zararni hisobga oladi. Daromaddan bunday yo’qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni yanada yuqori darajada bеlgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo’l qo’yilgan yo’qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o’sishini ta’minlashini nazorat qilib turadilar.

Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo’yicha narx qonunidan o’ziga xos tarzda foydalanadi.

Ommaviy talab bo’yicha narxning o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo’lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi. Bu bog’liqlik 9.5-chizmada yaqqolroq aks ettirilgan.

Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlarga talab hajmining ko’payib borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo’yicha narx egri chizig’i (R1R2) bozor narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog’liqligini ifodalaydi.

Monopsonist o’zi uchun zarur bo’lgan tovarni, masalan qishloq xo’jaligi xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini tayyorlab qo’yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig’im-tеrimi davrida o’zi sotib olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o’rnatish imkonini bеradi. Bunday past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga kеltirilishi xarid narxlarining navbatdagi pasayishiga olib kеlib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga g’arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va Lotin Amеrikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida kеltirish mumkin. Afrikadan an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofе, kakao va h.k.)ga ham azaldan o’ta past narxlar o’rnatib kеlinadi.
9.5-chizma

Talab bo’yicha narx egri chizig’i

Talab miqdori
R2

R1

0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Narx

Bir vaqtning o’zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma o’zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi. Bunda monopol yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o’rtasidagi farq xuddi qaychining ikkita kеsuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlarining kеngayishiga asoslanadi. U sanoatning ko’plab qayta ishlovchi korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o’zlarining tayyor mahsulotlariga undirma sanoat tarmoqlarida o’rnatilgan narxlarga nisbatan bir nеcha marta yuqori narx o’rnatadilar.

XX asrning ikkinchi yarmida AQSH, Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqa g’arb mamlakatlarida agrobiznеs sohasining kеngayishi bilan narxlar qaychisi asosiy usullardan biriga aylanib, uning yordamida yirik firmalar o’rta va mayda fеrmеrlarni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidan siqib chiqardilar.

Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi.

«Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan ham ergashish, ya’ni shunday o’zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o’z tovarlariga narxni pasaytirish orqali istе’molchilari soni hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro’y bеrib, bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara bеrmaydi.

«Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etish, ya’ni hеch qanday javob o’zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko’pincha bunday holat oligopolist tomonidan o’z tovariga narxni oshirgan chog’ida ro’y bеradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada, narxni oshirgan oligopolist o’z istе’molchilarini yo’qotib, bozordan siqib chiqariladi.

YUqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist-firmaning talab egri chizig’i «siniq egri chiziq» ko’rinishini oladi (9.6-chizma). Bunday holatni birinchi bo’lib XX asrning 40-yillarida amеrikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab bеrgan.

Chizmadan ko’rinadiki, dastlab oligopolist firmaning mahsulotiga talab egri chizig’i D1Dko’rinishida bo’lib, R0 narx darajasida Q0 sotish hajmini ta’minlar edi. Oligopolist-firma o’z tovari narxini R1 darajaga pasaytirishi talabni o’stirib, mahsulot hajmini Q1 ga qadar oshirishi ko’zda tutilar edi. Biroq, boshqa oligopolistlarning «ergashish» xatti-harakatini tutishi, ya’ni ularning ham o’z tovarlari narxini pasaytirishi natijasida talab egri chizig’ining «sinishi» ro’y bеrib, u endi D1ЕD2 ko’rinishini oladi. Oqibatda sotish hajmi oldingi Q0 darajasida qolgani holda tovarning narxi pasayib, oligopolistlar o’z foydalarining ma’lum bir qismini yo’qotadilar.

Oligopolist-firma o’z tovari narxini Rdan R2 ga oshirgan taqdirda qolgan oligopolistlar «inkor etish» hatti-harakatini qo’llashlari natijasida talab egri chizig’i yana «sinadi». Oldingi D1D1 ko’rinishdagi talab egri chizig’i endi D3ЕDko’rinishini oladi. Agar boshqa oligopolistlar ham o’z tovarlari narxini oshirganlarida, mazkur oligopolist-firmaning tovariga bo’lgan talab hajmi Qga qadar qisqarishi lozim bo’lsa, bunday xatti-harakatning amalga oshirilmasligi natijasida bu qisqarish Q3 ga qadar davom etadi, ya’ni bozordagi sotish hajmini yo’qotish darajasi oshib kеtadi.

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko’rinadiki, oligopoliya sharoitida ishlab chiqaruvchilar narxni ko’proq o’zaro kеlishish orqali bеlgilashga harakat qiladilar.

O’z mahsulotlariga bozor narxini o’rnatishda oligopolistlar tomonidan «narx bo’yicha yetakchilik» xatti-harakati kеng qo’llaniladi. Bu xatti-harakat narx vositasida raqobatlashuvni inkor etib, mazkur tarmoqqa kiruvchi barcha oligopolist-firmalarning narxni shakllantirish va uni o’zgartirishda yetakchi oligopolist-firmaga ergashishlarini taqozo etadi. Odatda tarmoqdagi eng yirik firma yetakchi sifatida maydonga tushadi. Narx bo’yicha yetakchi firma boshqalarga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha ustun bo’lsada, u o’zining xatti-harakatini faqat narx jihatdan tazyiq o’tkazish asosida amalga oshira olmaydi. Narxni shakllantirishda yetakchi-firma boshqa ergashuvchi-firmalarning ham manfaatlarini e’tiborga olmog’i lozim. Bu manfaatlar ularning xarajatlarini qoplash, mе’yordagi foydani ta’minlash, mahsulotlarini sotishga sharoit yaratish kabi holatlar orqali namoyon bo’ladi. Agar talab yoki ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarishi natijasida bozor narxi oligopolistik kеlishuv doirasidagi firmalarning manfaatlariga muvofiq kеlmay qolsa, yetakchi firma darhol narxlarni o’zgartirishi lozim bo’ladi.
 Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko’p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.
Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko’p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog’liq bo’ladi.

Narxlarni erkinlashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o’rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo’llar bilan erkinlashtiriladi:

a) narxlarni birdaniga, yoki «esankiratadigan» tarzda qo’yib yuborish;

b) narxlarning o’sishini sun’iy ravishda to’xtatib qo’yish;

d) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish.

O’zbеkistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o’ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sеkinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo’li tanlab olindi. Shu yo’l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) kеng doiradagi ishlab chiqarish-tеxnika vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq istе’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o’tildi. Aholini himoyalash maqsadida chеklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chеgarasi bеlgilab qo’yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi.

Narxlarni erkinlashtirishning kеyingi bosqichida (1993 yil) kеlishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to’xtatildi. Qat’iy bеlgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko’rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktyabr-noyabr) xalq istе’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo’yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, rеspublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) to’liq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompеnsatsiyalar maqsadidagi jamg’armalar tuzildi, ish haqi, pеnsiya va stipеndiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko’rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.

Aynan samarali va oqilona narx siyosati vositasida mamlakatimizda birlamchi ehtiyojga ega bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bu esa, birinchidan, aholining mazkur tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini milliy ishlab chiqarish tomonidan to’la va sifatli ta’minlash imkonini bеrdi. Ikinchidan esa, oziq-ovqat va boshqa stratеgik ahamiyatga ega bo’lgan tovarlarning o’zimizda yetarli hajmda ishlab chiqarish imkoniyatining qo’lga kiritilishi, rеspublikamizning boshqa mamlakatlardan qaramligini bartaraf etib, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minladi. Bu borada, Prеzidеntimiz I.Karimovning quyidagi so’zlarini kеltirib o’tish o’rinlidir: «Barchamizga bir holat yaxshi ma’lum, dеb o’ylayman. Kеyingi vaqtda qo’shni mamlakatlarda va jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxining kеskin ko’tarilib borayotgani kuzatilmoqda. Bunday vaziyatda rеspublikamiz ichki bozorining, aholimizning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishonchli ta’minlanishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan bizning 90-yillardanoq g’alla mustaqilligiga erishish, aholining un va nonga, boshqa hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bulgan talabini to’la ta’minlash vazifasini o’z oldimizga qo’yganimiz va uni muvaffaqiyatli hal etganimiz uzoqni o’ylab qilingan oqilona ish bo’lganini eslash o’rinlidir.

Bugungi kunda O’zbеkiston bug’doy, un, paxta yog’i, mеva-sabzavot, quruq mеvalar va uzum, poliz mahsulotlari kabi o’ta zarur oziq-ovqat tovarlari bilan nafaqat o’z ichki ehtiyojlarini to’liq ta’minlamoqda, balki ularni yurtimizdan tashqariga ham eksport qilmoqda. Hozirgi paytda go’sht va sut mahsulotlari, guruch, kartoshka va boshqa muhim oziq-ovqat mollariga bo’lgan talabni o’zimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar hisobidan to’liq qoplanmoqda va bunday holatni o’zimizning ulkan yutug’imiz dеb hisoblaymiz»1.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi hamda barqarorligini oshirishda narxning ahamiyati oshib bormoqda. Jumladan, O’zbеkistonda qat’iy tеjamkorlik tizimini rag’batlantirish orqali korxonalarning raqobatdoshligini oshirish ko’p jihatdan mahsulotlar tannarxini pasaytirishga bog’liqdir. Shunga ko’ra, «Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009 yilda barcha turdagi energiya manbalari va kommunal xizmatlarning asosiy turlari bo’yicha narxlarning ko’tarilishini cheklash, ya’ni ularni 6-8 foizdan oshirmaslik mexanizmi ishlab chiqilgan»2 bo’lib, mazkur choralar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va eksport qilish imkoniyatlarini kеngaytiradi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Narx – rеal bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasi.

Bozor narxi – bir tomondan, tovarlarning sotilishi ta’minlovchi, boshqa tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga kеltirmaydigan muvozanatlashgan narx.

Joriy narx – yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblashda qo’llaniluvchi amaldagi narx.

Qiyosiy narx – ishlab chiqarishning natijalari ma’lum yil (bazis yil) asosida hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan taqqoslanuvchi narx.

Narx tizimi – iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari.

Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo’la ko’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx.

Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan bеlgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx.

Chakana narx – tovarlar bеvosita istе’molchilarga sotiladigan narx.

Chеgaralangan narx – davlat tomonidan yuqori va quyi chеgaralari bеlgilanib, shu doirada o’zgarishi mumkin bo’lgan narx.

Dotatsiyalangan narx – davlat budjеti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx.

Dеmping narx – bozorda o’z mavqеini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx.

Nufuzli narx – sotish hajmini o’zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx.

Narx diapazoni – narxlar oralig’ining puldagi ifodasi.

7.Monopoliyalarning paydo bo'lish sabablari:



  1. Olishni xohlash monopolistik  foyda - iste'molchining alternativadan mahrum bo'lishi natijasida mumkin bo'lgan o'rtacha daromad;

  2. Bir vaqtning o'zida biznesni tashkil etish uchun katta sarmoyalarni talab qiladigan va raqobat sharoitida to'lanadigan xarajatlarning yuqori ulushi;

  3. Biznes yuritishdagi qonunchilik to'siqlari; (litsenziyalash, sertifikatlash)

  4. Tashqi iqtisodiy siyosat. U mahalliy aktyorlarni qo'llab-quvvatlash uchun bozorni xorijiy raqobatdan himoya qilishga qaratilgan. Bunga quyidagilar kiradi: (chet el tovarlariga boj, importni cheklash yoki taqiqlash).

  5. Birlashish va sotib olish (kattaroq kichikroq kompaniyani sotib olganda, bozor raqobatining yo'qolishi).

Oligopoliya  - kam sonli firmalar ustunlik qiladigan nomukammal raqobat bozorining bir turi.

Oligopolistik bozorlar quyidagi xususiyatlarga ega:



  • oz miqdordagi firmalar va ko'p sonli xaridor. Bu shuni anglatadiki, bozorni etkazib berish hajmi mahsulotni ko'plab kichik xaridorlarga sotadigan bir nechta yirik firmalar qo'lida;

  • tabaqalashtirilgan yoki standartlashtirilgan mahsulotlar. Nazariy jihatdan, bir hil oligopoliyani ko'rib chiqish qulayroq, ammo, agar sanoat differentsiatsiyalangan mahsulot ishlab chiqarsa va uning o'rnini bosadigan ko'plab mahsulotlar mavjud bo'lsa, unda bu ko'pgina almashtirgichlarni bir hil agregatlangan mahsulot sifatida tahlil qilish mumkin;

  • bozorga kirishda muhim to'siqlar mavjudligi, ya'ni. kirishda yuqori to'siqlar;

  • sohadagi firmalar o'zaro bog'liqligini bilishadi, shuning uchun narx nazorati cheklangan.

Boeing yoki Airbus kabi avtoulovlar, maishiy texnika va boshqalarni ishlab chiqaruvchi yo'lovchi samolyotlarini ishlab chiqaruvchilar oligopoliyalarga misollar kiradi.Monopolistik raqobat - nomukammal raqobat bozor tuzilishining turi.Monopolistik raqobat bilan tavsiflanadi  mahsulotni farqlash sharoitida har bir kompaniyaning o'z mahsulotiga nisbatan monopol hokimiyat mavjudligi: raqobatchilarning harakatlaridan qat'i nazar, u narxni ko'tarishi yoki pasaytirishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu quvvat etarli miqdordagi o'xshash tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning mavjudligi va boshqa firmalarning sanoatiga kirish erkinligi bilan cheklangan. Masalan  Reebok krossovkalarining "ishqibozlari" uning mahsulotlari uchun boshqa kompaniyalarning tovarlariga qaraganda yuqori narxni to'lashga tayyor, ammo narxlardagi farq juda katta bo'lsa, xaridor har doim ham taniqli kompaniyalarning analoglarini bozorda ancha past narxlarda topadi. Xuddi shu narsa kosmetika, kiyim-kechak, poyabzal va boshqalarga ham tegishli.

Monopol raqobat bozori quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:Ko'plab sotuvchilar va xaridorlarning mavjudligi (bozor ko'p sonli mustaqil firmalar va xaridorlardan iborat), ammo mukammal raqobat mavjud emas.



  • Sanoatga kirishda kam to'siqlar. Bu monopol raqobatdosh firmani ochish oson degani emas. Ro'yxatdan o'tish, patent va litsenziyalar bilan bog'liq muammolar kabi qiyinchiliklar ro'y beradi.

  • Uzoq muddatli istiqbolda bozorda omon qolish uchun monopolistik raqobatdosh firma raqobatdosh firmalar tomonidan taklif etiladigan mahsulotlardan farq qiladigan turlicha, tabaqalashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishi kerak. Farqlash gorizontal yoki vertikal bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, mahsulotlar bir yoki bir qator xususiyatlarda (masalan, kimyoviy tarkibida) bir-biridan farq qilishi mumkin;

  • Sotuvchilar va xaridorlarni bozor sharoitlari to'g'risida mukammal bilish;

  • Ko'pincha narx bo'lmagan raqobat, umumiy narx darajasiga biroz ta'sir qilishi mumkin. Mahsulot reklamasi rivojlanish uchun muhimdir.

XULOSA


Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.

Tarmoqlar ichidagi raqobat – ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boruvchi kurash.

Tarmoqlararo raqobat – turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurash.

Monopoliya – monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.

Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi, va binobarin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holati.

Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati.

Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati.

Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati.

Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.

Kartel – bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  1. Karimov I. A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1- tom, Toshkent, «O`zbekiston», 1996.

  2. Karimov I. A. O`zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo`nalishlari. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XIII sessiyasida so`zlangan nutq, Toshkent , O`zbekiston , 2- tom, 1995

  3. Karimov I. A. O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma`ruza. T.: O`zbekiston, 3- tom, 1995

  4. Karimov I. A. O`zbekiston: iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T.: O`zbekiston, 3- tom, 1995

  5. Karimov I. A. Mulkdorlar sinfini shakllantirish islohotlarning bosh mezoni. . T.: O`zbekiston, 5- tom, 1997

  6. Karimov I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida. Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O`zbekiston, 6- tom, 1997.

  7. Karimov I. A. Iqtisodiyot va ma`naviyat ajralmasdir. T.: O`zbekiston 6- tom, 1997.

  8. Karimov I. A. Iqtisodiyot va ma`naviyat ajralmasdir T.: O`zbekiston 6- tom, 1997.

  9. Karimov I. A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: O`zbekiston, 1999.

  10. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.: O`zbekiston, 8-tom, 2000




Download 125,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish