MARKETING TUSHUNCHASI
Marketing so'zi inglizcha "market" so'zidan olingan bo'lib, "bozorga bog'liq faoliyat" degan ma'noni anglatadi. Iqtisodiyotda marketing deb bozor sharoitida iste'molchilar ehtiyojini o'rganishdan, tovar va xizmatlarni ularga yetkazishgacha bo'lgan faoliyatga aytiladi. Firma uchun marketing faoliyatidan ko'zlangan asosiy maqsad - iste'molchilar ehtiyojlarini aniqlab, uni to'laroq qondirish evaziga ko'proq foyda olishdan iborat deb aytish mumkin. Marketing liioliyati bilan shug'ullanuvchilar marketologlar deb ataladi.
Marketing - bozor sharoitida iste'molchilar ehtiyojini aniqlash va uni qondirishga yo'naltirilgan faoliyat.
Marketoiog - marketing faoliyati bilan shug'ullanuvchi, maxsus bilimga ega bo'lgan mutaxassis.
Do'stlaringiz bilan baham: |