Xomashyo va energiya tanqisligi: Ma’lumki, Yer yuzida tabiiy resurslar miqdori cheklangan bo‘lib, ular nihoyat darajada notekis taqsimlangan. Natijada, million yillar davomida to‘plangan yer osti boyliklari insoniyatning XX - XXI asrlardagi ikki yuz yillik iqtisodiy faoliyati tufayli tugatilishi mumkin. Asosiy energiya manbalari hisoblanmish neft, gaz va ko‘mir zaxiralari XXI asrdayoq tugashi taxmin qilinmoqda. Aqar XXI asrda boshqa energiya manbalari kashf qilinmasa, insoniyat og‘ir iqtisodiy tanglikka duch kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |