Birinchi segmentdagi sotuv hajmi = 50 mln. dona x (1 + 2%) = 51 mln. dona Ikkinchi segmentdagi sotuv hajmi quyidagicha hosil bo‘ladi: Ikkinchi segmentdagi sotuv hajmi = 35 mln. dona x (1 + 13%) = 39.55 mln. dona Uchinchi segmentdagi sotuv hajmi esa 45 mln. dona. Jami sotuv hajmi quyidagicha hosil bo‘ladi: Jami sotuv hajmi = 51 mln. dona + 39.55 mln. dona + 45 mln. dona = 135.55 mln. dona Bundan shu yilgi sotuv hajmi esa quyidagicha hosil bo‘ladi: Shu yilgi sotuv hajmi = jami sotuv hajmi x (1 + 5%) = 135.55 mln. dona x (1 + 5%) = 142.33 mln. dona Shu sababli, firma uchun shu yilgi sotuv hajmi 142.33 mln. dona bo‘ladi. KEYS-STADI 1990 yilning boshida Lengorispolkom qarori bilan Leningrad go‘sht kombinati
hududida mahsulot ishlab chiqarishdan qolgan suyak chiqitlarini qayta ishlash va quruq
oqsil yarim tayyor mahsuloti chiqarish bo‘yicha kichik zavod qurildi. Quruq oqsil yarim
tayyor mahsuloti sanoatda qayta ishlash uchun mo‘ljallangan va sho‘rva kukuniga
sublimatsiyalangan go‘sht o‘rniga qo‘shiladi.
Zavod bozor ehtiyojlarini hisobga olmasdan qurilgan. Ushbu qaror go‘sht
kombinatida ishlab chiqarishning chiqitsiz bo‘lishini ta’minlash va kukun holidagi
sho‘rvalar bahosini arzonlashtirish zaruratiga asoslangan.
Tayyor mahsulot uchun mijozlar izlashda sotuv bo‘imi katta qiyinchiliklarga duch
keldi: Leningradda bironta mahsulot iste’molchisi topilmadi, faqat Moskva kukun
holidagi sho‘rvalar ishlab chiqarish sinov-eksperimental oziq-ovqat kombinatigina quruq
oqsil yarim tayyor mahsuloti yetkazib berish haqida shartnoma tuzdi.
Biroq yarim yildan keyin Moskva oziq-ovqat kombinati ham ushbu tarkibiy qism
qo‘shilgan kukun holidagi sho‘rvalarga iste’molchilarda tarkibida sublimatsiyalangan
go‘sht bo‘lgan sho‘rvalardan ko‘ra ehtiyoj kamligi sababli bu mahsulotdan voz kechdi.
Shunday qilib, quruq oqsil yarim tayyor mahsuloti ishlab chiqaruvchi zavod inqiroz
holatiga tushib qoldi. Shunda zavod rahbariyati oqsil yarim tayyo mahsulotidan kukun
holidagi bulon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida qaror qabul qiladi. Bunday bulon
unchalik qimmat emas va saqlash muddati 6 oyni tashkil qiladi. Ushbu mahsulotga
umumiy ovqatlanish tizimi, geologiya-razvedka va o‘monchilik tashkilotlarida talab katta
bo‘ilishi taxmin qilindi. Kukun holidagi bulonlarni 20 kg.li polietilen qoplarga
qadoqlashga qaror qilindi.
Bu yerda ham o‘ylab chiqilgan real ish bermadi: sutkasiga 2 tonna miqdorida
chiqarilgan kukun holidagi bulonga kutilgan talab bildirilmadi. Umumiy ovqatlanish
tizimi mahsulotni kichik hajmda sotib oldi, geologiya-razvedka va o‘monchilik
tashkilotlari ularda konservalar xarid qilish fondi tugaganligi sababli bu mahsulotni sotib
olmadilar. Korxona yana rentabelsiz bo‘lib qoldi.