Farg’ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya yo’nalishi 21.58- guruh talabasi Qosimov Nuriddinning Gidrologiya va iqlimshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Iqlim o’zgarishi va uning oqibatlari Reja: - 1. Iqlim o’zi nima?
- 2. Iqlim o‘zgarishi muammolari
- 3. Iqlim o’zgarishi oqibatlari
Iqlim - Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi. Boshqacha aytganda, iqlim — bu biror joydagi ob-havo holatlari toʻplamidir. Iqlim — yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan ogʻishiga bogʻliq ravishda obhavoning muayyan joyga xos boʻlgan koʻp yillik maromi, yaʼni biron joyda boʻladigan obhavo sharoitlarining majmui va mavsumiy geografik oʻzgarishi; quyosh radiatsiyasi, yer toʻshama sirti xususiyatlari hamda ular bilan bogʻliq atmosfera sirkulyasiyasi taʼsirida vujudga keladi.
Butunjahon iqlim tasniflari Har bir joy iqlimi uning boshqa joylardagi iqlimga nisbatan oʻziga xos xususiyatlari haqida koʻp yillik meteorologik kuzatishlar natijasidagina toʻla tasavvurga ega boʻlish mumkin. Iqlim atmosfera va faol qatlam (yer yuzasi)da betoʻxtov davom etadigan tabiiy (Iqlim hosil qiluvchi) jarayonlar (issiqlik, kinetik va boshqa shakldagi energiyalarning oʻzgarishlari, suvning bugʻlanishi, suv bugʻining suyuklikka aylanishi, namning bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi va h. k.) natijasidir. Yer sharining turli nuktalarida iqlimning turlicha boʻlishi iqlim hosil qiluvchi omillarning har xil boʻlishiga, yaʼni bu jarayonlar sodir boʻladigan oʻsha geografik sharoitlarga bogʻliq. Geografik omillardan eng muhimlari joyning kengligi va balandligi, dengiz sohiliga yaqin-uzokligi, orografiya va oʻsimlik qoplamining xususiyatlari, qor va muzning bor-yoʻqligi, atmosferaning ifloslanganlik darajasi hisoblanadi. Bu omillar kengliklar boʻylab turli iqlimlarning shakllanishiga sabab boʻladi. - Har bir joy iqlimi uning boshqa joylardagi iqlimga nisbatan oʻziga xos xususiyatlari haqida koʻp yillik meteorologik kuzatishlar natijasidagina toʻla tasavvurga ega boʻlish mumkin. Iqlim atmosfera va faol qatlam (yer yuzasi)da betoʻxtov davom etadigan tabiiy (Iqlim hosil qiluvchi) jarayonlar (issiqlik, kinetik va boshqa shakldagi energiyalarning oʻzgarishlari, suvning bugʻlanishi, suv bugʻining suyuklikka aylanishi, namning bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi va h. k.) natijasidir. Yer sharining turli nuktalarida iqlimning turlicha boʻlishi iqlim hosil qiluvchi omillarning har xil boʻlishiga, yaʼni bu jarayonlar sodir boʻladigan oʻsha geografik sharoitlarga bogʻliq. Geografik omillardan eng muhimlari joyning kengligi va balandligi, dengiz sohiliga yaqin-uzokligi, orografiya va oʻsimlik qoplamining xususiyatlari, qor va muzning bor-yoʻqligi, atmosferaning ifloslanganlik darajasi hisoblanadi. Bu omillar kengliklar boʻylab turli iqlimlarning shakllanishiga sabab boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |