Iqlim o’zgarishi muammolari va unga qarshi kurash yo’llari



Download 56 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi56 Kb.
#938456
Bog'liq
Iqlim o’zgarishi muammolari va unga qarshi kurash yo’llari

Iqlim o’zgarishi muammolari va unga qarshi kurash yo’llari.



Reja



  1. Iqlim tushunchasi

  2. Tabiiy iqlim o'zgarishi

  3. Iqlim oʻzgarishlarining oldini olish va unga moslashish

Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi. Boshqacha aytganda, iqlim — bu biror joydagi ob-havo holatlari toʻplamidir. Iqlim — yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan ogʻishiga bogʻliq ravishda obhavoning muayyan joyga xos boʻlgan koʻp yillik maromi, yaʼni biron joyda boʻladigan obhavo sharoitlarining majmui va mavsumiy geografik oʻzgarishi; quyosh radiatsiyasi, yer toʻshama sirti xususiyatlari hamda ular bilan bogʻliq atmosfera dirkulyasiyasi taʼsirida vujudga keladi.


Iqlim o’zgarishlaridan rivojlanayotgan davlatlar aziyat chekmoqda. Yevropa va boshqa qit’alarda o’rmon yong’inlari yuz bermoqda. 2000–yilda JARda 1.2 mln odam jabr ko’rgan. Texas shtatinig "El-Paso” shahrida 1.5 odam yashaydi va suv oqadigan joylarda qattiq nazorat o’rnatilgan. 1994-yilda Kioto bayonnnomasi tuzilgan. Bunda: issiqlik gazlarini chiqarishni 10-yil ichida 5% ga kamaytirish to’g’risida bayonnnoma imzolangan. Gollandiyadagi damba buzilsa mamlakatning 2/3 qismi suv ostida qoladi.
Iqlim o'zgarishi - bu o'rtacha ob -havo sharoitida sodir bo'ladigan o'zgarishlar. Ob-havo-bu harorat, shamol, namlik va boshqa jismoniy omillarda kuzatiladigan qisqa muddatli o'zgarish. Iqlim - bu ma'lum bir davr yoki uzoq yillar davomida o'rtacha hisoblangan va tahlil qilingan mintaqaning ob -havosi. So'nggi bir necha o'n yilliklar mobaynida iqlimning keskin o'zgarishi kuzatildi va dunyoning aksariyat hududlarida ko'plab tabiiy ofatlar hukm surdi, natijada iqlim o'zgaradi. Iqlim o'zgarishining bevosita sabablari sifatida ikkita asosiy sabab aniqlandi; Antropogen iqlim o'zgarishi va tabiiy iqlim o'zgarishi. Antropogen iqlim o'zgarishi - bu yoqilg'i yoqilg'isini yoqish, issiqxona gazlaridan ortiqcha foydalanish va o'rmonlarni kesish kabi inson faoliyati natijasida yuzaga keladigan iqlim o'zgarishi. Tabiiy iqlim o'zgarishi deganda vulqon otilishi, quyosh chiqishi yoki er orbitasidagi o'zgarishlar kabi tabiiy hodisalar natijasida yuzaga keladigan iqlim o'zgarishi tushuniladi. Antropogen va tabiiy iqlim o'zgarishi o'rtasidagi asosiy farq uning qo'zg'atuvchisi hisoblanadi.
Tabiiy iqlim o'zgarishi uzoq vaqt davomida sodir bo'ladi va sekin jarayon. Shu nuqtai nazardan, iqlim o'zgarishi vulqon otilishi, quyosh chiqishi va Yerning Quyosh atrofida aylanishi kabi tabiiy sabablarga bog'liq. Bu uchta hodisaning o'zgarishi erga kiradigan energiyani o'zgartiradi, natijada iqlim o'zgaradi.
Vaqt o'tishi bilan quyosh tebranishlari sodir bo'ladi va bu tabiiy o'zgarishdir, bu erda quyosh chiqishi o'zgarishning bashoratli modelini oladi. Yerning Quyosh atrofida aylanishi ham iqlim o'zgarishiga olib keladi. Elliptik bo'lgani uchun, quyoshdan masofa har bir pozitsiyada o'zgaradi, bu erga kiradigan energiya miqdorini o'zgartiradi. Bu iqlim o'zgarishlari bashoratli. Bu hodisa mavsumiy o'zgarishlarga olib keladi. Biroq, antropogen harakatlar tabiiy iqlim o'zgarishi jarayonini og'irlashtirishi aniqlandi.
Keyingi yillarda sayyoramizda havoning o’rtacha harorati 0.4–0.6 C ga ko’tarilganligi natijasida Arktika va Antarrktida muzliklari erib ayrim mintaqalarda, okean sathi ko’tarilishi va ayrim mintaqalarda qurg’oqchilik va cho’llashish jarayonining kamayishi kabi global iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yuzaga chiqarmoqda. 2050-yilga borib 2 barobar kamaytirish rejalashtirilmoqda. AQSH 2050-yilgacha 60% ga qisqartirish rejalashtirilgan.
Sayyoramizdagi havoning global isishi oqibatida keying o’n yillikda 250 ming odam yashash joyini tashlab ketishga majbur bo’ldi. Global isishdan va ekologik halokatlardaneng avvalo bolalar azyat chekmoqda. Hattoki rivojlangan mamlakatlarda ham globalisishdan aholining eng muhtoj va zaif qatlami zarar ko’radi. Bu haqida Bryusselda bo’lib o’tgan ekologik konferensiyada ham ma’lum qilindi.
Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, ushbu yuz yillik so’ngida suv bilan ta’minlovchi Alp muzliklarining 75%i va Tibet cho’qqilari eriydi. Tinch okeanidagi riflar, yo’lbarslar, katta toshbaqalar, Amazonka, Ganga oqib o’tadigan Sundarbans milliy bog’idagi mango o’rmonlari, Maldiv orollari tillog’ochlari–bularning barchasi suv ostida qoladi deb taxmin qilinmoqda. Lekin BMT mutaxassislarinig fikricha, bir qancha mamlakatlarda iqlim yaxshilanadi. Bular Rossiya, Kanada va Skandinaviya mamlakatlaridir. Gap bir qator o’zgarishlar haqida aynan qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish keskin ko’tarlishi bo’yicha ketmoqda. Bu xulosalarga qarshi chiqish qiyin, chunki xulosalar 29 mingdan ortiq ilmiy axborotlar tekshirilgandan so’ng bayon qilingan. Bu axborotlarning 2/3 qismi esa sayyoramiz tobora isib borayotganligini ko’rsatmoqda.
iqlimning isishi haqida ayrim taxminlar bor. Iqlim o’zgarishi bo’yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi (IUXEG) fikrlariga ko’ra, 1850-yildan boshlab havoning global isishi 0,50 ga oshgan. Iqlim o’zgarishi qanday ta’sir etishini oldindan aniq aytish qiyin, chunki iqlim faqat atmosferada amalga oshayotgan jarayonlar bilan belgilanib qolmasdan, balki u yana muzliklar, tirik organizmlar bilan ham bog’liqdir. Iqlim o’zgarishi harorat va yog’inlarni o’zgarishiga olib keladi. Bu esa iqtisodiyotning qishloq xo’jaligi va chorvachilik kabi tarmoqlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi, okean sathini ko’tarishiga olib keladi. Natijada, orollar va pasttekisliklar suv ostida qolishi mumkin. Bu esa ocharchilik va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi.
oxirgi yuz yil ichida okeanning global sathi taxminan 15sm ga ko’tarilgan. Agar iqlim o’zgarsa bu 18 sm bo’lishi kutilmoqda. Maldiv va Tinch okeanidagi ba’zi orollarga juda katta qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
Cho’llashishning 2 ta asosiy sababi bor. Biri insoniyat bo’lsa, ikkinchisi qurg’oqchil rayonlarda kuzatilayotgan iqlim tebranishidir. Quruqlikning 1/3 qismi qurg’oqchil mintaqa bo’lib, jahon aholisini 1/6 qismi yashaydi. Iqlimning global o’zgarishi cho’llashishga ta’sir ko’rsatishi mumkin chunki harorat, bug’lanish va yog’inlarning o’zgarishi hududlar bo’yicha turlicha kechadi. Natijada cho’llashish ba’zi joylarda tez, ba’zi joylarda sekin kechadi.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, iqlim oʻzgarishi tufayli sodir boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlar qatorida quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
- hozirgi yuz yillikning oʻzida okeanlar sathi 1 m koʻtarilishi;
- SO2 konsentratsiyasi atmosfera havosida ortishi (1870-yildan beri uni miqdori 30 foiz ortdi);
- Yerning ustki qobigʻi harorati +0,7°S ga oʻzgargan ( soʻnggi yuz yil ichida).
- suv resurslari taqchilligining kuchayishi, shuningdek hududlarda ichimlik suvining yetishmasligi hamda muzlik va qor qoplami kunlarining 7-10 kunga kamayib borishi, qurgʻoqchilik takrorlanishining koʻpayishi (hozirgi davrda har 10 yilning 3 yilida).
- tabiiy ofatlarning ortishi – sellar, toshqinlarning tez-tez takrorlanishi (soʻnggi 40 yil ichida tabiiy ofatdan boʻlgan zarar miqdori 10 marotabaga oshgan);
- oʻrtacha haroratning oshishi, yillik issiq davrlarning 10-15 kunga oʻsib borishi;
- yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha darajasini mamlakatni butun hududi boʻylab pasayishi va ularning hududlar, vaqt hamda miqdori boʻyicha notekis tarqalishi, haddan tashqari kuchli yogʻingarchilikli va umuman yogʻingarchiliksiz kunlar sonining ortishi;
- qishloq xoʻjaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi butunlay oʻzgarishi;
- yuqori darajadagi jaziramalar takrorlanishining oshishi, harorat rejimi kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bogʻliq muammolar koʻpayishi;
- oʻsimliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallarning qayta taqsimlanishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va bajariladigan funksiyalarning tubdan oʻzgarishi;
- sahrolanish jarayonlarining kuchayishi, yaʼni, yashash va xoʻjalik yuritish mumkin boʻlgan yerlarning kamayishi;
- iqtisodiyot sektorlari taʼsirining toʻliq qayta taqsimlanishi va oldindan aniq aytish qiyin boʻlgan boshqa koʻpgina oqibatlar.
Iqlim oʻzgarishlarining oldini olish va unga moslashish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:
Birinchidan, issiqxona gazlarini kamaytirish. Buning uchun birinchi navbatda ishlab chiqarish korxonalari, IES va boshqa atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqaruvchi tashkilotlarda ekologik toza texnologiyalarni joriy etish orqali atmosferaga tashlanayotgan issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish zarur.
Ikkinchidan, yoqilgʻilar sifatini yana-da yaxshilash hamda ekologik toza transport vositalarini koʻpaytirish, shu jumladan keng jamoatchilik uchun qulay boʻlgan veloyoʻlakchalar tashkil etish oʻz navbatida issiqxona gazlari miqdorini kamaytiradi.
Uchinchidan, koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish. Tabiiy drenaj hisoblangan koʻp yillik daraxtlarning ekilishi hududdagi mikroiqlimni yumshatishga sabab boʻladi. Shuningdek, Koʻkalamzorlashtirilgan hududlarni, ayniqsa shahar va avtomobil yoʻllari chetida yashil hududlarni kengaytirish zararli moddalar miqdorini kamayishiga xizmat qiladi.
Toʻrtinchidan, suvdan oqilona foydalanish. Tomchilab sugʻorishni tashkil etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish ham oʻz navbatida iqlim oʻzgarishlariga moslashish uchun xizmat qiladi.
Beshinchidan, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, yaʼni chiqindisiz texnologiyalar. energiyatejamkor, resurstejamkor, chiqindisiz, kam chiqindili texnologiyalardan foydalanishni joriy etish yoki boshqacharoq qilib aytganda mamlakatda yashil iqtisodiyotni joriy etish zarur.
Oltinchidan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish. Quyosh, shamol energiyalaridan foydalanish bilan birgalikda atom energetikasini rivojlantirish orqali atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini oldini olish orqali iqlim oʻzgarishlari oqibatlarini maʼlum bir darajada kamaytirish mumkin.
Iqlim oʻzgarishlarining oqibatlarini barchamiz his qilib turibmiz. Xususan, mintaqamizga mos boʻlmagan shamolning tezligi natijasida Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat yoki bir qator hududlarda sel kelishining ortishi bu albatta iqlim oʻzgarishlarining oqibatidir.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini saqlash, ekologik xavfsizlikni taʼminlash ishlariga eʼtibor yana-da kuchaydi.
Yurtboshimiz yuksak minbarlardan ekologik muammolarni hal etish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirish zarurligini taʼkidlamoqdalar. Jahon hamjamiyatini buni qoʻllab-quvvatlamoqda. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida jahon hamjamiyatini, shu jumladan mintaqa mamlakatlarini ekologik masalalarda, jumladan Orol dengizning qurishi bilan bogʻliq oqibatlarni bartaraf etishda xalqaro miqyosdagi saʼy-harakatlarni faol birlashtirish zarurligini taʼkidlab oʻtdi. Bugungi kunda mazkur masalalarda amaliy ishlarni barchamiz guvohi boʻlib turibmiz.
Birgina misol sifatida BMT shafeligi ostida Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsherikli Trast fondining tashkil etilishi yoki mustaqillikning 27 yili davomida Orolning qurigan tubida 400 ming gektarda oʻrmonzor tashkil etilgan boʻlsa, soʻnggi ikki yilda qariyb 1200 ming gektarga saksovul va bosh choʻl oʻsimliklari urugʻlari sepilganligi va koʻchatlari ekilganligini keltirish mumkin.
Muxtasar qilib aytganda, global tusdagi ekologik muammoni bir yoki ikki davlatning saʼy-harakati bilan bartaraf etib boʻlmaydi. Bunga barcha davlatlar hamjihatlikda ekologik muammoni bartaraf etish uchun kurashish talab etiladi. Kelgusi avlodlar uchun musaffo osmon, goʻzal tabiat va uning bebaho neʼmatlarini bekamu koʻst holda yetkazish barchamizning umuminsoniy burchimiz ekanligini unutmasligimiz lozim.
http://hozir.org
Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish