Yevroobligatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari Afzalliklari: Jalb qilinadigan mablagʻ miqdorining yuqoriligi (muomalaga chiqarishning oʻrtacha qiymati – 300 million AQSH dollari)
Muomala muddatining uzoqligi (3 yildan – 30 yilgacha)
Foiz stavkalarining juda pastligi (yillik 5%)
Taʼminot va garov boʻyicha talablarning mavjud emasligi
Xalqaro miqyosda kredit tarixi yuzaga kelishi
Kamchiliklari: Axborotlarni oshkor etish boʻyicha qarz oluvchiga nisbatan jiddiy talablarning mavjudligi
Yevroobligatsiya muomalaga chiqarish jarayonining yuqori miqdorda xarajatlar talab qilishi
Qimmatli qogʻozlarni tayyorlash va joylashtirishning koʻp vaqt talab qilishi (4–6 oy)
Valyuta riskining yuzaga kelishi va boshqalar
Davlat moliyaviy siyosati bilan bogʻliq risk
Yuqori miqdordagi xarajatlar va koʻp vaqt talab qilishiga qaramasdan 500 million dollarlik yevroobligatsiyani 5 yil muddatga joylashtirish bugungi xalqaro amaliyotda oʻzini oqlamoqda. Bundan tashqari xalqaro bozorlarda IPO oʻtkazish uchun yaxshigina repititsiya vazifasini ham oʻtamoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xalqaro moliya bozorlaridan kapitalni jalb qilish masalalariga doir quyidagi xulosalar shakllantirildi: Birinchidan, xorijiy bank kreditlarini jalb qilish boʻyicha qoʻyilgan talablarning murakkabligini alohida qayd etib lozim. Mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan korporativ tuzilmalarning aksariyati uchun moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini baholash uchun dunyoga mashhur auditorlik kompaniyalarini jalb qilish qimmatlik qiladi. Chunki eng yirik yuzta auditorlik kompaniyalari tahlil qilinganda ularning xizmat haqlari 2,8 million AQSH dollaridan 86,5 million AQSH dollarigacha ekanligini koʻrish mumkin
Ikkinchidan, yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish boʻyicha ham xalqaro reyting agentliklarining kredit reytingi talab qilinishi, tashkiliy xarajatlarning yuqoriligi mahalliy aksiyadorlik jamiyatlari korporativ obligatsiyalarining xalqaro darajada joylashtirilishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Bugungi kunga kelib xalqaro amaliyotda yirik korporativ tuzilmalar oʻz faoliyatlarini moliyalashtirish maqsadida milliy moliya bozori bilan bir vaqtda xalqaro moliya bozorlaridan ham kapital jalb qilishga intilmoqdalar. Bunda yuqorida koʻrib chiqqanimiz yevroobligatsiyalar bilan bir qatorda yevroaksiyalar, yaʼni xalqaro aksiyalar muomalasiga ham eʼtibor qaratilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda quyida xalqaro aksiyalar va ular muomalasini tashkil etish masalalariga toʻxtalib oʻtamiz.
Xalqaro aksiyalar bozoriga chiqish faoliyatni moliyalashtirish imkoni bilan birga quyidagilarda ham muhim ahamiyat kasb etadi
kompaniyalar aksiyalari birja listingiga kiradi va turli mamlakatlardagi xalqaro sindikatlarda sotiladi; - kompaniyalarning aksiyalari savdosi mamlakatdagi birja bilan bir vaqtda boshqa mamlakatlardagi bitta yoki bir nechta birjalarda ham amalga oshiriladi; - xalqaro aksiyalar chiqarilishi xorijiy valyutada kapital jalb qilish imkonini beradi. Bunda ham aksiyalar milliy va xalqaro fond birjalarida listingdan oʻtadi. Aksiyalarning milliy fond birjalari bilan bir vaqtda xalqaro fond birjalarida ham listingdan oʻtish va savdosi yoʻlga qoʻyilishi depozitar tilxatlar orqali amalga oshiriladi. Aksiyalarning xalqaro bozorlarga chiqarilishi katta miqdorda kapital jalb qilishga imkon beradi, kompaniya nufuzining oshishiga xizmat qiladi.
Xalqaro aksiyalarni muomalaga chiqarish ham oddiy aksiyalar birlamchi va ikkilamchi chiqarilishlar asosida amalga oshiriladi. Bunda birlamchi xalqaro aksiyalar muomalaga chiqarilishi natijasida kompaniya qoʻshimcha kapitalga ega boʻladi. Ikkilamchi chiqarilishida esa bevosita aksiyadorlar tarkibida oʻzgarishlar yuzaga keladi.
Xalqaro aksiyalar chiqarilishi va muomalasini tashkil etish jarayoni yevroobligatsiyalar chiqarilishiga oʻxshash. Bunda ham anderrayterlar faoliyati muhim va ular aksiyalarni bevosita joylashtirishga masʼul hisoblanadi. Bundan tashqari xalqaro aksiyalar chiqarishdan oldin yetakchi reyting agentliklari va auditorlik tashkilotlaridan xulosalar olish ham oʻziga xos reklama vazifasini bajaradi. Shuningdek bunday aksiyalarni joylashtirishda xalqaro fond birjalarining listing talablarini chuqur oʻrganish asosida qaror qabul qilish talab etiladi. Chunki malum bir talablar oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlaridagi emitentlar uchun ogʻirlik qilishi mumkin. Xalqaro aksiyalar bozori xorijiy aksiyalar bozori va yevroaksiyalar bozoriga boʻlinadi. Xorijiy aksiyalar kompaniyalar tomonidan boshqa mamlakatlar fond bozorida joylashtiriladigan aksiyalardir. Xorijiy aksiyalarning afzalliklari va kamchiliklari quyidagi jadvalda keltirilgan