3. Ipoteka qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishning jahon andozalaridan foydalanish
Mamlakatimizda ipoteka kreditlash amaliyoti toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash amaliyotiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 4 oktyabrdagi “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar mahkamasi-ning 2007 yil 3 yanvardagi “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.
Mamlakatimizdagi tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari quyidagilar hisobidan beriladi Yuqoridagilardan ham koʻrish mumkinki, banklar tomonidan bevosita ipoteka kreditlarini moliyalashtirish yoki qayta moliyalashtirish maqsadida ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalasi yoʻlga qoʻyilmagan.
2005-yilda ATB Oʻzuyjoyjamgʻarmabank va ATB Zaminbankning birlashuvi natijasida tashkil etilgan ATIB Ipotekabank faoliyatiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, faqat bir marta 2010 yilda korporativ obligatsiyalar muomalaga chiqarilgan 5 yildan soʻng 2015 yilda soʻndirilgan. Ipoteka obligatsiyalari birorta ham bank tomonidan muomalaga chiqarilmagan.
Ipoteka krediti berishda bankning (ipotekaga oluvchining) ipoteka bilan taʼminlangan majburiyati boʻyicha huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin. Garov xati qarz oluvchi (ipotekaga qoʻyuvchi) tomonidan tuziladi va ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin, qarz oluvchi (ipotekaga qoʻyuvchi) hamda bank (ipotekaga oluvchi) ishtirokida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka (ipotekaga oluvchiga) beriladi.
Ipoteka krediti uchun berilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlari mablagʻlari hisobiga tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ushbu mablagʻlarni berish toʻgʻrisida tijorat banki va koʻrsatib oʻtilgan moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ariza beruvchi tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobiga ipoteka krediti olish uchun:
- quriladigan, sotib olinadigan uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining;
- uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak.
Ushbu mablagʻlar ariza beruvchining nomiga bankda ochilgan jamgʻarma omonat hisob raqamida milliy yoki chet el valyutasida mavjud boʻlishi, shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining yoki rekonstruksiya qilish qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ariza beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida boʻlishi mumkin.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlan-tirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash masalasi mam-lakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda respublikamizda aholini munosib uy-joy bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgan bir vaqtda xorijiy mamlakatlarda keng qoʻllanilayotgan amaliyotlarni mamlakatimizda ham qoʻllash moliya bozori va koʻchmas mulk bozori rivojlanishida ahamiyat kasb etadi. Bunda yuqorida taʼkidlanganidek aholi boʻsh mablagʻlarini jalb qilish hisobi-ga qimmatli qogʻozlar bozori yangi segmenti yuzaga kelishiga erishiladi.
Emitentlar faoliyatining kengayib borishi natijasida ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning xorijiy mamlakatlarda ham muomalada boʻlishi bugungi kunda koʻplab mamlakatlarda oddiy holatga aylandi. Bunda “moliya bozorining globallashuvi kuchayishi muhim tendensiyaga aylangan”. Hattoki, maʼlum bir mamlakat yoki kompaniyalar oʻz qimmatli qogʻozlarini xorijiy valyutada emissiya qilib mamlakat ichida emas balki xorijiy davlatlarda joylashtirish amaliyotlari ham tez-tez kuzatilayotgan holatlardan biridir. “1980 yilgacha amerika moliya bozori AQSHdan tashqaridagi moliya bozoridan kattaroq edi, lekin oxirgi yillarda bu holat barham topgan”. Bunday amaliyot birinchi marta Amerika qoʻshma shtatlari emitentlari tomonidan oʻz qimmatli qogʻozlarini Yevropada joylashtirishda roʻy berganligi sababli xorijda xalqaro miqyosda joylashtiriladigan qimmatli qogʻozlarga nisbatan yevroqogʻozlar tushunchasi qoʻllaniladi. Yevroqogʻozlar – xorijiy investorlar oʻrtasida joylashtirish maqsadida emitent uchun xorijiy valyutada chiqariladigan qimmatli qogʻozlardir. Yevroqogʻozlar muomalasi xalqaro darajada muomalada boʻlishi bois xalqaro qimmatli qogʻozlar deb ham yuritiladi. Yevroqogʻozlarning asosiy turlari quyidagilar:
Yevroaksiyalar – kompaniyalar, umumiy holda transmilliy kompaniyalar, banklar, investitsion fondlarning ham milliy bozorda, ham boshqa mamlakatlar bozorlarida savdoga qoʻyiladigan aksiyalaridir.
London, Singapur, Lyuksemburg yevroaksiyalar savdosi amalga oshiriladigan asosiy moliyaviy markazlar hisoblanadi. Investorlar turli mamlakatlardan sotib oluvchilar boʻlganligi uchun bitimlar mamlakatlar milliy valyutalarida tuzilishi mumkin.
Yevroobligatsiyalar (ingl. eurobond) mamlakatdan tashqarida qattiq valyutada sotiladigan obligatsiyalardir. Bugungi kunga kelib yevroobligatsiyalar har qanday mamlakatda chiqarilishi mumkin va aksariyat holatlarda yevro yoki AQSH dollarida muomalaga chiqarilmoqda. Ularga misol sifatida yevrodollar obligatsiyalari, yevroiyen obligatsiyalarini keltirish mumkin. Yevroobligatsiyalar emitentlar nuqtai nazaridan davlat (suveren) yevroobligatsiyalari va korporativ yevroobligatsiyalarga boʻlinadi.
Yevrodepozitsertifikatlari – amerika banklari boʻlinmalari va shoʻba kompaniyalari va boshqa davlat banklari tomonidan xorijiy valyutada (asosan AQSH dollarida) chiqarilgan qimmatli qogʻozlar. Bunda depozit sertifikatlari bankda depozit joylashtirilganligi haqida maʼlumotnama hisoblanadi. Yevrodepozit sertifikatlari bozorida eng katta ulush Londonga toʻgʻri keladi. Yevrodollar depozit sertifikatlari asosan yirik institutsional investorlar uchun moʻljallab chiqariladi. Qisqa muddatli yevroqogʻozlar – seriyali tarzda chiqariladigan xalqaro darajada joylashtiriladigan qimmatli qogʻozlardir. Bunda eng yirik emitentlar amerika transmilliy kompaniyalari hisoblanadi.
Xorijiy moliya bozorlaridagi keskin yuqori darajadagi oʻsishga xorijiy mamlakatlarda, masalan Yaponiyada jamgʻarmalarning sezilarli darajada ortishi hamda moliya bozorlarida xorijiy investorlar ustidan davlat nazoratining bekor qilinishi ham sabab boʻlgan. Aynan keltirilgan ikki jihat koʻplab emitentlarning oʻz faoliyatlarini tashqi bozorlarda ham kengaytirishga imkon bergan. “Amerika korporatsiyalari va banklarining zarur moliyaviy resurslarni jalb qilish maqsadida xalqaro kapital bozoriga chiqishi odatiy hol hisoblanadi. Oʻz navbatida amerikalik investorlar ham investitsion imkoniyatlarni xorijdan qidiradilar. Natijada xorijiy korporatsiyalar va banklar ham amerikalik investorlardan mablagʻ jalb qilishga intiladilar, xorijliklar esa AQSHda muhim investorlar sifatida faoliyat yuritadi.
Xalvaro obligatsiyalar bozori va jahon fond bozorlaridagi bunday holat bizga moliya bozorining globallashuvi yuz berganligi va davom etayotganligini koʻrsatadi”. pasport nusxasigacha talab qilinadi. Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish jarayonida yuristlar xizmatlari boʻyicha xarajatlar miqdori 600 mingdan 1 million AQSH dollarigacha tashkil etishi kuzatiladi. Anderrayterning oʻrtacha komissiya haqi esa odatda muomalaga chiqarilgan yevroobligatsiya Bugungi kunga kelib davlatlar tomonidan suveren obligatsiyalarni, yirik korporativ tuzilmalar tomonidan korporativ obligatsiyalarni xorijiy valyutada xorijiy davlatlarda joylashtirish amaliyotining muntazam ravishda amalga oshirilib kelinayotganligi xalqaro obligatsiyalar bozori rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bu oʻz navbatida emitentlarning xalqaro moliya bozoridan katta miqdorda kapital jalb qilish orqali zarur sohalarni rivojlantirishga imkon bermoqda.
“Xalqaro obligatsiyalar bozorida xorijiy obligatsiyalar anʼanaviy instrumentlar hisoblanadi. Xorijiy obligatsiyalar xorijiy davlat tomonidan unga nisbatan xorijiy boʻlgan valyutada sotilgan obligatsiyalardir”. 37 Bunday obligatsiyalar yevroobligatsiyalar tushunchasi bilan ham qoʻllaniladi va bunga sabab birinchi maxsus xalqaro obligatsiyalar AQSH kompaniyalari tomonidan Yevropa fond birjalarida sotish uchun chiqarilganligi bilan izohlanadi.
Yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarish maʼlum bir tayyorgarlik ishlarini va xarajatlarni talab qiladi. Lekin boshqa tomondan nisbatan past foizlarda uzoq muddatli yuqori miqdordagi moliyaviy resurslar jalb qilish imkonini beradi. Odatda yevroobligatsiyalar kamida 3 yilga chiqariladi, eng keng tarqalgan muddat sifatida 5 yillik muddat keltiriladi. Dunyoga mashhur kompaniyalar tomonidan muomalaga chiqariladigan yevroobligatsiyalar 15 yildan 30 yilgacha boʻlgan muddat boʻyicha amal qiladi. Yuqorida qayd etib oʻtganimizdek, yevroobligatsiyalar bozoriga chiqish aniq dastur asosida tayyorgarlik koʻrish va emissiya qilish, chet eldan moliyaviy konsultantlar va anderrayterlar jalb qilish, xalqaro investorlar uchun taqdimotlar oʻtkazish, huquqiy xizmat uchun toʻlovlar va boshqalar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yuqori miqdordagi xarajatlarni talab qiladi.
Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish bilan shugʻullanuvchi dunyoga mashhur tashkilotchilar sifatida Deutche Bank, ABN Amro, CSFB, UBS, DrKW, Citigroup, J.P.Morgan kabilarni keltirish mumkin. Rivojlangan mamlakatlar hukumati tomonidan yevroobligatsiyalar bozorini tartibga solishning biror bir mezoni oʻrnatilmaganligiga qaramasdan emitentlar odatda Xalqaro obligatsiyalar birlamchi bozori ishtirokchilari assosiatsiyasi Xalqaro qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari assotsiatsiyasi standartlari va talablari asosida boshqarib boriladi. Mazkur qimmatli qogʻozlarning asosiy savdo markazi tarixan London hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda yevroobligatsiyalar muomalasi Angliya moliya xizmatlari agentligi tomonidan ham tartibga solinadi va bu agentlik tegishli hujjatlarni tayyorlash boʻyicha talablar bajarilishining qatʼiy nazoratini amalga oshiradi. Bunda xalqaro standartlar boʻyicha tuzilgan uch yillik ijobiy auditorlik hisoboti, S&P, Fitch, Moodyʻs va boshqa yetakchi agentliklarning kredit reytingi majburiy talablar sifatida belgilangan. Shuningdek, kompaniya egalari haqidagi axborotlarning toʻliq ochiqligi, qarz oluvchining asosiy aksiyadorlari umumiy summasining 0,5 – 0,7 foizini tashkil etadi.
Yevroobligatsiyalar odatda London yoki Lyuksemburg fond birjalarida sotiladi. Lekin ular savdosining kattagina qismi birjadan tashqari bozorlar hissasiga toʻgʻri keladi. Moliyalashtirish manbasi sifatida yevroobligatsiyalarning ham oʻziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud boʻlib, ular quyidagilar
Do'stlaringiz bilan baham: |