Iplarni oxorlash jarayonida chiqindi nuqsonlari va ularni kamaytirish yóllari oxorlash jarayonning unumdorligi



Download 1,17 Mb.
bet21/26
Sana05.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#740627
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
IPLARNI OXORLASH JARAYONIDA CHIQINDI NUQSONLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH YÓLLARI

III BOB.Iqtisodiy qism
3.1 Oxorlash usullarini iqtisodiy taqqoslash


Yelimlash usulidaoxorlash: bu ohorlash elektroenergiya, bug’ va boshqa moddiy xarajatlarni tejash imkoniyatini beradi. Yelimlashda ohorlanganda, quritish paytidagi iplarning cho’zilishi ham kamayadi, oxorlangan ipni ajratish haroitlari yaxshilanadi, xom to’qimani pardozlash jarayonida oxorni yuvib chiqarish oxor kam singiganligi natijasida osonlashadi.
Yelimeritmasida ohorlashning ikkita usuli mavjud:
Birinchi usulga turli mexanik moslamalar: gorizontal zichlovchi, raklya bilan jihozlangan rolik turidagi mexanik moslamalar, tekislangan quvurli gorizontal zichlovchilar kiradi. Bu moslamalar ipning yuzasiga turg’un yelimberish va uni parchalash uchun xizmat qiladi.
Ikkinchi uulda ipning yuzasiga chidamsiz eritmalar bilan ishlov beriladi. Bu usul yelim eritmani belgilangan miqdorda berishga asoslangan.
Bu usulda hech qanday moslamalar qo’llanilmaydi, parchalash esa belgilangan tezlikda amalgam oshiriladi.Shuningdek, bunda oxorlash uchun yelimgan eritma hosil qiluvchi moddalarni tanlab olish kerak.
Oxorlash jarayonida uning iplar yuzasida bir tekis taqsimlanishiga yelimichidagi havo bosimi va issiqlik massa almashuvi bilan bog’liq bo’lganjuda ko’p omillar ta’sir etadi.
Yelimyordamida ohorlashda uning tezligi oxorni iplarga yetkazib berish tezligiga bog’liq bo’ladi.
Yelimlashtirishning eng muqobil darajasi, ya’ni oxor hajmining nisbati 10:1 bo’lishi mumkin. Hozirgi paytda yelimlashtirishda asosan, sintetik moddalar qo’llaniladi. Bundan tashqari, tabiiy va sintetik polimerlar asoida olingan kimyoviy tolalarni oxorlash uchun uning tarkiblarini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.
Qaynoq eritmadaoxorlash: AQShda “Purlington” firmasi tomonidan qizdirib eritilgan oxor bilan oxorlash usuli yaratilgan. Unga patent bergab “Vest Point” firmasi bu usulda ohorlash uchun uskuna yaratdi. Tandalash mashinasida 550-600 m/min tezlikda harakat qilayotgan iplar qizdirib eritlgan oxor bilan qoplanadi. Qizdirib eritilgan oxorlash moslamasi 2000C gacha qizdirilgan tarnovsimon quvurdan iborat. U tandalash romi va o’lchovchi val orasida joylashgan [42].
Tarnovsimon val iplarning harakat tomoniga 10 min-1 tezlikda aylanadi.
Har bir ip valning alohida ariqchasida joylashadi va shu yerda unga qizdirib eritilgan oxor beriladi.Qizdirilgan qaynoq oxor eritmasi bilan ohorlash uchun tanda iplarining zichligi va chiziqli zichligiga qarab ariqchalarining eni hamda chuqurligi har xil bo’lgan vallar kerak bo’ladi.Qaynoq eritmadagi tanda iplari tarnovsimon valadan chiqishda tezda qotadi, shuning uchun iplarni quritishga ehtiyoj qolmaydi.
Qaynoq eritmada ohorlash quyidagi afzalliklarga ega:

  • jarayonni tandalash mashinasida o’tkazish mumkin;

  • ohorlash jarayoni bartaraf etiganligi oqibatida issiqlik va elektr energiyaning sari 80 % ga kamayadi;

  • pishitilmagan yakka xom iplardan to’qima ishlab chiqarish imkoniyati ortadi;

  • pardozlash jarayonida ohorni yuvib tashlash erituvchi moddalardan foydalanmagam holda mavjud texnologiya asosida amalga oshiriladi.

Tanda iplarni emulsiyalash: oxirgi paytda oxorlashning o’rniga emusiyalash jarayoni qo’llanilmoqda. Emulsiyalash, asosan, paxta va jun xom iplari uchun qo’llaniladi.Emulsiyalsh va tandalashning maqsadi bir, lekin emulsiyalash jarayoni tejamliroq va uning unumdorligi yuqori.Tanda iplarini emulsiyalash maxsus moslamalarda, piltalab tandalash mashinalarida yoki taroqlash-emulsiyalash mashinalarida bajariladi [41].

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish