Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar. Hozirgi kunda mobil telefonlarning va boshqa mobil aloqa vositalarining shunaqa turlari ishlab chiqarilmoqda-ki, bular vazifalari jihatidan personal kompyuterdan qolishmaydi. Bunday mobil aloqa vositalari yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash, videoklip tomosha qilish, o‘yinlar o‘ynash, hatto radioeshittirish va televideniedan ham bahramand bo‘lish mumkin.
Smartfon (smartphone) inglizchadan tarjima qilinganda “aqlli telefon” ma’nosini anglatadi. Funksionalligi jihatidan cho‘ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo‘lgan mobil telefon. Bunda cho‘ntak kompyuterining barcha vazifalari mujassamlangan.
iPhone - to‘rt diapazonli multimediyali smartfonlar lineykasi. iPhone o‘zida telefonning asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va internet planshetlarning asosiy funksiyalarini ham qamrab olgan.
Internet planshetlar – bu maxsus mobil qurilma bo‘lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar (masalan iPad) tashqi ko‘rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo‘lib, boshqa qo‘shimcha qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko‘rinishda tashkil etilgan. Planshetlar to‘liqligicha mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan.
Ko‘pchilik odamlarning vaqt va nigohini o'ziga qarata olgan matoh – gadjetlar, aniqrog‘i ularning operatsion tizimlarini taqqoslab chiqishni lozim topdik. Qanday divays ishlatish-ishlatmasligingizdan qat’iy nazar, iOS va Android muxlislarining ushbu ashaddiy mavzusini tadqiq qilish – o‘ylaymizki nafaqat yosh dasturchilar balki shunchaki oddiy o‘quvchini ham befarq qoldirmaydi. Eslatib o‘tamiz, biz o‘quvchini biron bir mahsulot olishga undamoqchi emasmiz, balki ushbu mavzu doirasida qiziqqanlarni savodini oshirishga ko'maklashmoqchimiz. Qani boshladik unda:
iPhone
iPhone’ning Android telefonlaridan eng katta ustunligi uning ulkan app ekotizimidir. Divayslar ichida birinchi haqiqiy App Store egasi iPhone bo‘lib, natijada developerlar birinchi aynan unga moslab dastur tuzishadi. Misol uchun Instagram iPhone’da anchadan beri mavjud bo‘lib kelgan bo‘lsa, Facebook o‘z dasturini Androidda yangilash(upgrade)dan avval iPhone’da qayta dizayn yaratdi. Apple’ning rasmiy bayonotida, so'nggi bor App Store’da ilovalar soni 700,000dan oshgan.
Bu ham yetmagandek iPhone Twitter va Facebook bilan chuqur integrasiya (birlashuv)ga ega, oqibatda platformaning o'zidan turib status yangiliklari kiritish mumkin. Appni chuqur kastomizatsiya(moslashtirish) qilish shart emas.
Bundan tashqari Apple o‘ziga xos iPhone’ga ixtisoslashgan dasturlar, masalan Passbook kabilarga ega. Hozirda cheklangan hizmatga qaramay ushbu dastur xar hil qo‘shimcha bilet, savdo chegirmalari (gift certificate)ni tartiblash imkonini beradi.
Eng muhimi esa, foydalanuvchi tajribasi (user experience) qulflangan. Bu degani – telefoningizning ichki ishlash va ko‘rinishini ko‘nglingiz tusagancha o‘zgartirolmaysiz degani, masalan klaviatura. Lekin texnologiyaga uncha "mukkasidan ketmaganlar"ga yoki kastomizasiya shaydosi bo‘lmaganlarga bu ayni muddao bo'lishi ham mumkin.
Ma'lumot berilishicha, FaceTime yangilanishlarga ega bo‘ldi. Jumladan, SharePlay rejimida Apple Music orqali birgalikda qo‘shiqlar eshitish yoki filmlar tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Seansning istalgan ishtirokchisi kontentni qo‘yishi, to‘xtatishi yoki o‘tkazishi mumkin. Bundan tashqari, FaceTime chatiga Apple qurilmasiga ega bo‘lmaganlar ham brauzer orqali ulanishi qo‘shila oladi.
Shuningdek, iOS 15 operatsion tizimida foydalanuvchi kiruvchi xabarlarni filtrlashi mumkin: bunda u ayni vaqtda kimlardan xabarlar kelishi mumkinligini belgilaydi. Zarur bo‘lmagan xabarlar esa keyinroq, belgilangan vaqtda aks etadi.
Kameralar fotosuratlardagi matnlarni taniy oladi hamda nusxa ko‘chiradi. Spotlight dasturi esa suratga olingan joy, odamlar, manzara va obektlar orqali fotosuratlarni qidirish imkonini beradi.
Lokator xizmatida o‘chirib qo‘yilgan va ma'lumotlar o‘chirib tashlangan qurilmani topish imkoniyati paydo bo‘ladi.
iOS 15 operatsion tizimining beta-versiyasi foydalanuvchilar e'tiboriga iyulda havola etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Aripov M. , Xaydarov A. Informatika asoslari. T: O’qituvchi, 2002 yil
2. Axmedov A, Taylaqov M. Power point dasturi. T: O’zbekiston , 2001 yil
3. Yuldashev U. Yu va boshqalar Informatika. T; G’ G’ulom nashriyoti 2002 yil.
4. Sattorov A Informatika va axborot texnalogiyalari. T; O’qituvchi 200p2 yil.
5.“Informatika” - ma’ruzalar matni 2014 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |