ion asboblar (elektron asboblar) — elektr vakuumli gaz razryadli asboblar. Ishi siyraklashtirilgan gazlar orqali elektr toki oʻtishi na-tijasida hosil boʻladigan jarayonlarga asoslanadi. I. a.ning eng sodda xili anod (qizdirilgan yoki sovuq katodli) boʻlib, uning elektrodlari inert gazlarga (geliy, neon, argon, kripton, ksenon) va simob bugʻlari bilan toʻldirilgan shisha yoki keramika ballonlar ichiga joylashtirilgan boʻladi. Asbob elektrodlariga kuchlanish berilganda qizdirilgan katoddan chiqayotgan elektronlar ballondagi gaz atomlari (molekulalari) bilan toʻqna-shib oʻz energiyalarini beradi. Kuchlanishning maʼlum qiymatida elektronlar energiyasi gaz atomlarini uygʻotishga va ionlashtirishga yetarli boʻlib qoladi. Shu paytda gaz razryadlari hosil boʻladi. Hosil boʻlgan mus-bat zaryaddi gaz ionlari muxitdagi elektronlar zaryadini qoplaydi. Shu sababli I. a. kichik ichki karshilik tufayli oʻzidan oʻn minglab amperli toklarni oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻladi. I. a. kuchlanishni barqarorlash, elektr tokini oʻzgartirish (toʻgʻrilash), elektr energiyasini yorugʻlik energiyasiga aylantirish, elektr zan-jirlarni kommutatsiyalash (qayta ulash) va b. uchun ishlatiladi. Gazotron, ignitron, stabilitron, tiratron I. a. jumlasiga kiradi. [1]
Diod-(yunon. di... ikki martalikni bildiruvchi old qo’shimcha va еlektr od) – bir tomonlama еlektr o’tkazuvchanlik xossasiga еga bo’lgan ikki еlektrodi asbob. Еlektrvakuumli, yarim o’tkazgichli diod, gazotron xillari bor. Radiotexnika, еlektronika, еnetgetika va texnikaning boshqa sohalarida asosan, o’zgaruvchan tokni to’g’rilash, detektrlash, chastotani qayta o’zgartirish, еlektr zanjirlarni almashlab ulashda ishlatiladi. DIOD (du… va (elektr) od) — ikki elektrodli elektron lampa. Bir tomonlama oʻtkazuvchanlik xususiyatiga ega. Vakuum va yarimoʻtkazgich Diodlar boʻladi. Vakuum Diod anod va katoddan iborat. Tok berilib, katod qizdirilsa, elektronlar oqimi anodga qarab yoʻnaladi va anod toki hosil boʻladi. Katod bilan anod orasidagi potensiallar farqi kichik boʻlsa, lampa ichidagi elektronlarning bir qismi katodga aylanadi. Bunday hodisa toʻyinmagan rejim deb ataladi. Potensiallar farqi katta boʻlganda Diod toʻyingan rejimda ishlaydi. Bunda elektronlar harakati deyarli sezilmaydi. Yarimoʻtkazgich Diodda ikki xil oʻtkazgich chegarasida hosil boʻlgan potensial toʻsiq tokni faqat bir yoʻnalishda oʻtkazadi. Diod tokni toʻgʻrilash, tokni chegaralash va , chastotani oʻzgartirish uchun elektr apparatlar va radioapparatlarda qoʻllaniladi.
Triod [yun. tri — uch va (elek)trod] — termoelektron katod (bevosita yoki bilvosita qiziydi), boshqaruvchi toʻr va anodlardan iborat 3 elektrodli elektron lampa. Oddiy T.da silindrik anod (qiyin eruvchi metall — Ni, Mo yoki Ta dan yasaladi) ichiga spiralsimon toʻr (oʻsha metalldan qilinadi) joylashtiriladi. Anod va toʻrning umumiy oʻqiga katod (vanadiy W dan tayyorlanadi) joylashtiriladi. Vazifasiga koʻra, T.larning konstruksiyasi va koʻrsatkichlari qiymati turlituman, T. qabul qiluvchikuchaytiruvchi lampa, generator lampa sifatida ishlatiladi. T. yuqori quvvatli elektr tebranishlari generatorlarida, yuqori radiatsiyali va oʻzgaruvchan trali sharoitda ishlaydigan radiopriyomniklarda qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |