Psixologik himoya – shaxs yaxlitligiga tahdid soluvchi, nizolilar bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy kechinmalarni kamaytirishga yo‘naltirilgan mexanizmlar tizimi. Psixologik himoya shaxs tomonidan psixologik noqulaylik, «men-obrazi»ga tahdid soluvchi kechinmalarni bartaraf etish va ushbu vaziyatlarga tegishli bo‘lgan darajada saqlash uchun qo‘llaniladigan boshqarish tizimini tashkil qiladi.
«himoya mexanizmlari» tushunchasi z. Freyd tomonidan asabiy holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan nizolilarda «ego» qo‘llaydigan usulni umumiy holda belgilash uchun kiritilgan edi. Klinika amaliyotida u o‘zi va olam bilan kelisha olmagan odamlarga juda ko‘p marotaba duch kelgan. Ular irratsional harakatlarni amalga oshirib, nomutanosib fikrlarni ifoda etgan holda, idrok qilish illyuziyalarini namoyish qilganlar, bularning barchasi aniqlik kiritishni talab etardi. Shularga o‘xshash reaksiyalar tashhislarda rasmiylashtirilgan edi. Bunday tashhislar sog‘lom insonlarda ham aniqlangan edi. Bunday holatni tushuntirib berish uchun z. Freyd 1884 yilda «psixologik himoya» tushunchasini kiritdi, bu tushunchani anglanmagan intilishlar va ijtimoiy talablar (cheklovlar) o‘rtasidagi nizolilarni hal etishning shakli sifatida talqin etdi. Uning qizi anna freyd o‘zining «men va himoya mexanizmlari» nomli ilmiy ishida, otasining nazariyasini rivojlantirib, ego-himoya mexanizmlari anglanmagan bo‘lishini va ular «ichki sezgining talablarini inkor etishini» ta’kidlagan edi.
Hozirda psixologik himoya shaxs nazariyalarining barchasida, insonga nisbatan turli yondoshuvlarda tan olinadi va ta’riflanadi. Himoya mexanizmlari yoki psixologik himoya, - bu insonning o‘zini noxush kechinmalar, qalb jarohatlari va xavotirlardan himoya qilishda qo‘llaydigan, unga xos bo‘lgan va umuman anglanmaydigan tizimli harakatlar.
Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar shaxsiy sifatlari baholanishlari orasidan o‘zlarining baho berishlari bilan mos tushadiganlarini yodda saqlab qoladilar. Shu tarzda ular o‘zlariga bo‘lgan hurmatlarini yo‘qotmagan, ko‘z oldimizda obro‘imizni tushirmagan xolda xatoliklar va omadsizliklarning sababini tushuntirishga harakat qiladilar. Xuddi mana shuning uchun ham inson ruhiyati himoya mexanizmlari bilan qurollandi. Ular tashqaridan kelayotgan axborotlarni saralab, faqatgina insonning ichki olami – «men-konsepsiyasi»ning yaxlitliligini saqlashga xizmat qiladiganlarini o‘tkazadilar.
Shunday qilib, himoya mexanizmlari insonlar uchun juda muhim bo‘lgan ikki xususiyatga egadirlar:
- voqelikni inkor etadilar, buzib ko‘rsatadilar yoki parchalaydilar;
- anglanmagan holda, ya’ni, avtomatik tarzda va tez ta’sir ko‘rsatadilar.
psixologik himoyalarni tasniflashga nisbatan bir necha xil yondoshuvlar mavjud. Ularni
Do'stlaringiz bilan baham: |