Ionlarning almashinish xususiyatiga ta’sir qiluvchi omillar
Ionlarning tanlab yutilishi ionlar va ionitlarning xossasiga bog'liq. Bu bog'liqlik quyidagilardan iborat:
1) gidratlangan ionlar bilan ionitdagi ionogen guruhlar orasidagi elektrostatik ta’sir;
2) eritmada va ionit fazasida ionlarning gidratlanish (solvatlanish) energiyasi;
3) gidratlangan ionlami eritmadagi va ionit fazasidagi strukturasi;
4) almashingan ionlar bilan ionitdagi ionogen guruhlar orasida koordinatsion bog'ning hosil bo'lishi;
5) ionitlarning bo'kishi va o'lchami.
Ionitning ionalmashinish sig‘imi
Ionitlarning kimyoviy xossalari quyidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi:
— ion almashinish sig'imi;
— nisbiy ion almashinish tezligi;
— kimyoviy reagentlarga nisbatan barqarorligi.
Ionitning ion almashinish sig‘imi deb, bir gramm ionit almashtira oladigan ionning milligramm-ekvivalent miqdoriga aytiladi. Ionitlarning quyidagi ion almashinish sig'imlarini hisoblash mumkin:
— to'liq ion almashinish sig‘imi;
— statik muvozanatda ion almashinish sigimi.
3.Ion almashtirish xromatografiyasi ajratilayotgan aralashma eritmasi tarkibidagi ionlarning ionitlardagi ionlar bilan qaytar almashinuviga asoslangan.Ionitlar ionlanish va ion almashtirish xususiyatiga ega bolgan tarkibida funksional gruppalar bor,erimaydigan yuqori malekular birikmalardir. Ular kationitlar va ionitlarga bo'linadi.
Kationit kislotali xossaga ega bolib,tarkibidagi korbaksil va sulfo gruppalarning protonlarini kationlarga almashtiradi.Anionitlar tarkibida asos xossali gruppalar bo'ladi.Ion almashtirish xromatografiyasi ionitlardagi aktiv gruppalarning ajratilayotgan moddalar ionlari bilan tasirlashuviga asoslangan.Ular oqsil va aminokislatalar aralashmalarini ajratishda ishlatiladi.
Xromatografiya metodik xususiyatlari va bajarilish texnikasiga kora Kolonkali, yupqa qavatli va qog'ozda taqsimlanish xromatografiyasiga bo'linadi.
4.Ion almashinuvi usuli yordamida suvlarni chuchuklahtirishda foydalanish.
Ion almashinuvi usuli suvda erimaydigan moddalarning suvda eruvchi materiallar kationlari bilan almashinish reaksiyasiga kirishish qobiliyatiga asoslangan. Mazkur usulda sho’rsuv dastlab vodorod kationit filtrlarida o’tkaziladi. Almashinish reaksiyasi natijasida suvda eruvchi tuzlar kationlari vodorodga almashinib kislota hosil bo’ladi. Masalan:
2H(kat)+CaCl(kat)=Ca(kat)+2HCl(kat)
Ion almashinuv usulida ishlivchi uskuna bosimi kationit va anionit filtrlardan hamda regeneratsiya moslamasidan iborat bo’ladi. Suv vodorod kationit filtridan o’tkazilganda so’ng uni anionit filtridan o’tkaziladi. Bunda suvda hosil bo’lgan kislota anionlar( Cl+ , SO4+ va boshqalar)anionit anionlari(OH va HCO3)ga almashinadi.
HCl+OH=Cl+H2O
Bu usul yordamida suvdan barcha suvda eruvchan tuzlar chiqarib yuboriladi.
Vodorod kationit filtrini qayta quvvatga keltirish kislora yordamida amalga oshiriladi. Anionit filtri esa asos yordamida qayta regeneratsiyalanadi.
Bir bosqichli suvni chuchuklashtirish sxemasi suvda mavjud bo’lgan barcha tuzlarning umumiy miqdorini 2-10 mg/l gacha kamaytirish imkonini beradi.
Ikki bosqichli suvni chuchuklashtirish sxemasi suvdagi tuz miqdorini 1-3 mg/l gacha, kremniy kislorasi miqdorini esa 0,15mg/l gacha kamaytirish imkonini beradi.
Uch bisqischli suvni chuchuklashtirish sxemasi yordamida suvdagi tuz miqdorini 0,15-0,1mg/lgacha, va kremniy kislotasi miqdorini 0,02-0,05 facha kamaytirish mumkin.
Ion alamashinuvi usuli tuz miqdori 2-3g/lgacha, suzib yuruvchi moddalar miqdori 8mg/lgacha va rangligi 8gradusgacha bo’lgan suvlarni chuchuklashtirish uchun qo’llaniladi. Ion almashinish usulining kamchiligi reagentlarning ko’p saflanishidir.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Fayzullaеv O. “Analitik kimyo”. Toshkеnt, «Yangi asr avlodi», 2006.
2. K.R.Rasulov “ Analitik kimyo” G’ofur G’ulom nashriyoti, Т 2004.
3. Fayzullaеv O. Turabov N., Ro’ziev E., Quvatov A., Muhamadiev N. “Analitik kimyo. Laboratoriya mashg’ulotlari”. Toshkеnt, «Yangi asr avlodi», 2006
Do'stlaringiz bilan baham: |