7-bob. Markazlashtirilmagan investitsiyalar
37-modda. Markazlashtirilmagan investitsiyalarning manbalari
Markazlashtirilmagan investitsiyalarning manbalari quyidagilardan iborat:
investorning shaxsiy mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasining kafolatisiz olingan, shu jumladan chet el banklaridan
olingan bank kreditlari;
to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari.
Markazlashtirilmagan investitsiyalar qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa
manbalardan ham amalga oshirilishi mumkin.
Markazlashtirilmagan investitsiyalarni boshqarish investor tomonidan mustaqil
ravishda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |