Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida tushuncha Investitsiyalarning turlari



Download 56,5 Kb.
bet2/3
Sana29.03.2023
Hajmi56,5 Kb.
#922805
1   2   3
Bog'liq
Korxonalarni investitsiya faoliyati

Investitsiyalarning turlari

Tadbirkorlik faoliyatining obyektlariga investitsiyalar turli xil shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Hisob, tahlil, rejalashtirish va nazorat uchun ular alohida belgilari bo‘yicha turkumlanadi. Pul mablag‘lari qo‘yilmasi obyektlari bo‘yicha real va moliyaviy investitsiyalarga bo‘linadi.


Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – mablag‘larni moddiy va nomoddiy aktivlarga (innovatsiyalarga) avanslashtirish. Kapital qo‘yilmalar quyidagi mezonlar bo‘yicha turkumlanadi:

  • tarmoq tuzilmasi bo‘yicha (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, aloqa, savdo va b.);

  • mulkchilik shakli bo‘yicha (davlat, xususiy, aralash va b.);

  • takror ishlab chiqarish tuzilmasi bo‘yicha (yangi qurilish, kengaytirish, tiklash, texnik qayta qurollantirish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar quvvatlarini saqlab qolish;

  • texnologik tuzilishi bo‘yicha (qurilish-montaj ishlari, jihozlar sotib olish, boshqa kapital xarajatlar);

  • tayinlanishi bo‘yicha (ishlab chiqarish obyektlari, uy-joy va madaniy-maishiy qurilishlar);

  • moliyalashtirish manbalari bo‘yicha – ichki va tashqi (qarz va jalb qilingan).

Nomoliyaviy aktivlarga qilinayotgan investitsiyalarning asosiy ulushini asosiy kapitalga qo‘yilmalar tashkil etadi (kapital ta’mirlash xarajatlari bilan birga).
Moliyaviy investitsiyalar – bu mablag‘larni davlat va korporativ (aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari va obligatsiyalari) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yish, maqsadli pul omonatlari, boshqa korxonalarning ustav kapitalig qo‘yilmalar. Ishtirok etish xarakteri bo‘yicha bevosita va bilvosita moliyaviy investitsiyalarga bo‘linadi. Bevosita investitsiyalar investorni pul mablag‘larini qo‘yish obyektlarini tanlashda bevosita ishtirok etishini nazarda tutadi. Bilvosita investitsiyalar moliyaviy vositachilar – tijorat banklari, investitsiya kompaniyalari va fondlari, sug‘urta kompaniyalari orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachilar yig‘ilgan mablag‘larni investor manfaatlarida samarali foydalanishni ta’minlash uchun o‘zining xohishi bo‘yicha joylashtiradi. O‘zining xizmatlari uchun ular haqlarini oladilar.
Investitsiyalash davri bo‘yicha moliyaviy qo‘yilmalar qisqa muddatli (bir yil muddatgacha) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga)larga turkumlanadi. Uzoq muddatlilar asosiy kapatalga investitsiyalarni moliyalashtirish manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Risk darajasi bo‘yicha moliyaviy investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud. Risksiz investitsiyalar – mablag‘larni moliyaviy vositalarning shunday turlariga qo‘yishki, ular bo‘yicha kutilayotgan daromadni yoki kapitalni yo‘qotishning real riski yo‘q va foyda olish deyarli kafolatlangan. Past riskli investitsiyalar – risk darajasi o‘rtacha bozor ko‘rsatkichidan past bo‘lgan moliyaviy aktivlarga kapital qo‘yilishi. O‘rta riskli investitsiyalar – alaqancha riskli moliyaviy vositalarga (misol uchun, maksimal daromad olinishi kutilayotgan yosh kompaniyalar aksiyalariga) kapital qo‘yilma qilish.
O‘zbekiston moliya bozoridagi investitsiya faoliyati subyektlari: emitentlar, investorlar, nodavlat moliyaviy vositachilar va b. hisoblanadi.

Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish