Kompaniyaning hisob siyosatida uzoq muddatli investitsiyalarni qayta baholash qiymatida hisobga olish ko`zda tutilgan. 2004 yilining birinchi choragida mavjud investitsiyalarning bozor qiymatini o`zgarishi yuz berdi.
Aktsiyalar
turi
|
Aktsiyalar
miqdori
|
Aktsiyani bozor qiymati
|
Jami aktsiyalarning
bozor qiymati
|
Х
|
500
|
1100
|
550000
|
Y
|
1000
|
650
|
650000
|
Z
|
600
|
575
|
345000
|
Jami
|
x
|
Х
|
1545000
|
Dt «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan zararlar» 50000
Dt «Uzoq muddatli investitsiyalar» 45000
Kt «Хususiy kapital-Qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» 95000
Buxgalteriya yozuvlaridan ko`rinib turibdiki, «Y» toifadagi aktsiyalar bo`yicha baho pasayishidan olingan zarar avval qo`shilgan kapital tarkibida shu xildagi muomalalarga tegishli summa mavjud bo`lmaganligi uchun zarar sifatida tan olindi.
2004 yilning olti oyligi yakunida investitsiyalar tarkibida quyidagi o`z-garishlar yuz berdi
Aktsiyalar
turi
|
Aktsiyalar
miqdori
|
Aktsiyani bozor qiymati
|
Jami aktsiyalarning
bozor qiymati
|
Х
|
500
|
1040
|
520000
|
Y
|
1000
|
600
|
600000
|
Z
|
600
|
525
|
315000
|
Jami
|
x
|
x
|
1435000
|
Bu o`zgarishlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aksini topadi:
Dt «Хususiy kapital-qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» 60000
Dt «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan zararlar» 50000
Kt «Uzoq muddatli investitsiyalar» 110000
2004 yilning oxiriga kelib, balans tuzish sanasidan avval investitsiyalar qiymatida sezilarli o`zgarish yuz berdi
Aktsiyalar
turi
|
Aktsiyalar
miqdori
|
Aktsiyani bozor qiymati
|
Jami aktsiyalarning
bozor qiymati
|
Х
|
500
|
1150
|
575000
|
Y
|
1000
|
700
|
700000
|
Z
|
600
|
540
|
324000
|
Jami
|
x
|
x
|
1599000
|
Dt «Uzoq muddatli investitsiyalar» 164000
Kt «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan zararlar» 100000
Kt «Хususiy kapital qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» 64000
5.Investitsiyalar buyicha daromadlarni hisobga olish tartibi
Investitsiyalardan olinadigan daromadlar Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida ta`kidlab o`tilganidek, foizlar, royalti, dividendlar, uzoq va qis-qa muddatli ijara sifatidagi investitsiyalar bo`yicha ijara haqi hamda investi-tsiyalarni sotish natijasida olingan foyda sifatida yuzaga keladi.
Korxona o`z mablag`larini bankka depozitga qo`yish, qarz berish yoki obliga-tsiyalar kabi qarz qog`ozlarini sotib olish vaqtinchalik keraksiz aktivlarni ijaraga berish orqali foiz ko`rinishidagi daromadga ega bo`ladi. Ushbu yo`nalish-lar bo`yicha daromad hisoblanganda quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Dt «Hisoblangan foizlar»
Kt «Foiz ko`rinishidagi daromad»
Royalti ko`rinishidagi daromad deb, korxonani savdo belgisi yoki boshqa turdagi huquqini o`zga kimsalarga ma`lum vaqtga, ma`lum haq evaziga foydalanish uchun berilishi natijasida olingan daromadga aytiladi. Daromad hisoblanganda quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtirilishi lozim:
Dt «Royalti va gonorarlar bo`yicha olinadigan hisobvaraqlar»
Kt «Royalti bo`yicha daromadlar»
Korxona o`zga korxonalarning aktsiyalariga «qiymat» yoki «ulushda qatnashish» usulida investitsiya qilishi mumkin. Qiymat usulida investitsiya qilinganda korxona boshqa aktsiyadorlar kabi faqat dividendga da`vogarlik qilishi mumkin. Ulushda qatnashish usulida esa investitsiya qilgan korxona ham dividendga, ham sof foydaning tegishli qismiga da`vogarlik qila oladi. Ushbu holatlarni quyidagi misol yordamida ko`rib chiqamiz.
5-misol. «XYZ» korxonasi hisobot yilining yanvar oyida «A» kompaniyaning nominal qiymati 1000 so`m bo`lgan 100 ta aktsiyasini 1100 so`mdan sotib oldi (qiymat usuli). fevral oyi oxirida korxona yangi tashkil qilina-yotgan «V» kompaniyaning ta`sischisi sifatida nominal qiymati 5000 so`mdan bo`l-gan 1000 ta aktsiyasini 6000 so`mdan sotib oldi. Bu aktsiyalar miqdori «V» kompaniya Ustav kapitalining 20 % ni tashkil qiladi. «XYZ» korxonasi bu xo`jalik muomalasini o`zining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirdi:
Dt «A» korxonaga investitsiyalar 110000
Dt «V» korxonaga investitsiyalar 6000000
Kt «Pul mablag`lari» 6110000
Hisobot yili tugab, aktsiyadorlar yig`ilishi qaroriga ko`ra, «A» korxona har bir aktsiyaga 250 so`mdan dividend e`lon qildi. Bu to`g`risida rasmiy hujjatga ega bo`lgach, «XYZ» sotib olingan 100 aktsiyaga tegishli bo`lgan (100 ta aktsiya x 250 so`m q 25000 so`m) dividend summasiga o`zida quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshirdi.
Dt «Hisoblangan dividendlar» 25000
Kt «Dividend ko`rinishidagi daromadlar» 25000
Hisobot yilini «V» korxona 2500000 so`m foyda bilan yakunladi. Aktsiyadorlar yig`ilishi qaroriga ko`ra foyda summasining 1000000 so`mi dividend sifatida taqsimlanishga kelishildi. Shunga ko`ra muomaladagi har bir aktsiyaga 200 so`mdan
(1000000 so`m : 5000 ta aktsiya ) dividend to`g`ri keldi. Bu xo`jalik muomalasi «XYZ» korxonasi buxgalteriyasida quyidagicha o`z aksini topdi:
a) hisoblangan dividend summasiga
Dt «Olinadigan dividendlar» (1000 x 200) 200000
Kt «Dividend ko`rinishidagi daromadlar» 200000
b) sof foyda summasi tarkibida yuzaga kelgan ulushga esa
( 1500000 x 20 % q 300000)
Dt «V» korxonaga investitsiyalar» 300000
Kt «Dividend ko`rinishidagi daromadlar» 300000
Ushbu usulda dividendlarni hisoblangandan ko`ra ortiqroq summada qaytishi, investitsiya qilingan korxonada ulushni kamayishini bildiradi. Misol uchun, «V» kompaniya «XYZ» korxonasiga 250000 so`m miqdorida dividend to`lab berdi. Bu holatda «XYZ» korxonasi quyidagi buxgalteriya yozuvini rasmiylash-tirishi lozim:
Dt «Pul mablag`lari» «V» 250000
Kt «Dividentlar» 200000
Kt «V» korxonaga investitsiyalar» 50000
Investitsiyalar bilan bog`liq boshqa yo`nalishlardagi daromadlarni hisobga olish muomalalariga «Investitsiyalarni bir toifadan ikkinchisiga o`tkazish tartibi» va «Investitsiyalar chiqimini hisobga olish tartibi» mavzularini ko`rib chiqish jarayonida to`xtalib o`tamiz.
6.Investitsiyalarni bir toifadan ikkinchisiga o`tkazish tartibi.
Investitsiyalarni bir toifadan ikkinchisiga o`tkazish ushbu tartibdagi investitsiyalarga nisbatan bozor shartlarini o`zgarishi yoki tashkilotda bunday investitsiyalarga nisbatan maqsadlarning o`zgarishi sabab bulishi mumkin. Investitsiyalar toifalarini o`zgartirish jarayonida quyidagi omillarni hisobga olish lozim bo`ladi:
toifa o`zgartirilgunga kadar investitsiyalar hisobga olingan qiymat;
toifa o`zgartirilgandan keyin investitsiyalar hisobga olingan qiymat;
toifa o`zgartirilgunga qadar investitsiyalarni qayta baholash natijasida yuzaga kelgan farqni hisobga oluvchi hisobvaraqlar;
toifa o`zgartirilgandan keyin investitsiyalarni qayta baholash natijasida yuzaga keluvchi farqni hisobga oluvchi hisobvaraqlar;
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablariga ko`ra agar qisqa muddatli investitsiyalar korxonaning hisob siyosatida sotib olish va bozor baho-sidan kami bo`yicha hisobga olib borilishi ko`zda tutilgan bo`lsa, uzoq muddatli investitsiyalarni ularning toifasiga o`tkazish shu baholarning eng kami bo`yicha amalga oshiriladi. Agar uzoq muddatli investitsiyalar toifasi o`zgartirilishidan avval qayta baholangan va qisqa muddatli investitsiyalar korxonada bozor qiy-matida yuritilayotgan bo`lsa, uzoq muddatli investitsiyalarni qisqa muddatli investitsiyalar toifasiga o`tkazishda qayta baholash summasi balans qiymatida hisobdan chiqariladi. Agar qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatidagi o`z-garish daromad sifatida tan olib borilayotgan bo`lsa investitsiyalar toifasini o`zgartirishda hisobga olinmay qolgan qayta baholash summasi daromad tarkibiga kiritiladi. Qisqa muddatli investitsiyalarni uzoq muddatli qo`yilmalar tarki-biga o`tkazish sotib olish va bozor qiymatidan kami bo`yicha, agar qisqa muddatli investitsiyalar toifa almashtirilgunga qadar bozor bahosida hisobga olingan bo`l-sa, toifa almashtirish bozor bahosida amalga oshirilishi mumkin.
7.Investitsiyalar chiqimini hisobga olish tartibi
Korxona investitsiyalarni chiqib ketishidan foyda yoki zarar olishi mumkin. Ushbu xo`jalik muomalalarini tushuntirish uchun 4–misol maьlumot-laridan foydalanib ikkita holatni ko`rib chikamiz.
Korxona avval sotib olgan «Х» turdagi aktsiyalarning 300 tasini 1200 so`mdan sotishga erishdi. Bu xo`jalik muomalasi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda o`z aksini topadi.
a) sotish bahosi bilan balans qiymati o`rtasidagi farqqa
Dt «Pul mablag`lari» 360000
Kt «Investitsiyalar» 345000
Kt «Qimmatli qog`ozlarni sotishdan olingan
daromad» 15000
b) qo`shilgan kapital tarkibidagi qayta baholash summasini sotilgan aktsiyalarga tegishli qismini (75000 : 500 ta aktsiya q 150 so`m x 300 ta aktsiya q 45000 so`m) hisobdan chiqarish muomalasiga
Dt «Qo`shilgan kapital-«Х» turdagi aktsiyalar 45000
Kt «Qimmatli qog`ozlarni sotishdan olingan
daromad» 45000
Korxona bir qancha vaqt o`tganidan keyin «Z» turdagi aktsiyalar kursini keskin tarzda tushib ketayotganligidan xavotir olib, barcha aktsiyalarini birinchi xaridorga har bir aktsiyani 495 so`mdan sotishga qaror qildi. Bu xo`jalik muomalasi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt «Pul mablag`lari» 297000
Dt «Qo`shilgan kapital- «Z» turdagi aktsiyalar 24000
Dt «Moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar» 3000
Kt «Investitsiyalar» 324000
8. Investitsiyalar bo`yicha maьlumotlarni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish
Buxgalteriya hisobining amaldagi standartlari talablariga ko`ra xo`jalik yurituvchi sub`ektlar moliyaviy hisobotlarida investitsiyalar bilan bog`liq barcha ma`lumotlarni berib borishlari lozim. Bu hisobotlar investorlarga korxona-larning investitsiya portfelini shakllanishining asosiy tamoyillari, ularning daromadliligi va ular bilan bog`liq tavakkalchiliklar to`g`risida ma`lumotlar berishi lozim.
Buxgalteriya balansida investitsiyalar toifalari bo`yicha aks ettirilib, uning uzoq muddatli aktivlar qismida uzoq muddatda, joriy aktivlar qismida esa bir yilgacha muddatda daromad olish maqsadida yo`naltirilgan investitsiyalar qiymati aks ettiriladi. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda inves-titsiyalarni sotilishi natijasida olingan daromad va bu daromadni yaratish bilan bog`liq xarajatlar, dividendlar, royalti, ijara haqi va foizlar ko`rinishidagi daromadlar hamda hisob siyosatiga ko`ra investitsiyalarni qayta baholashdan olingan foyda yoki zarar summalari tegishli moddalar bo`yicha o`z aksini topadi. Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotda investitsiyalarining kirimi va chiqimi bilan bog`liq pul oqimlarining harakati to`g`risidagi ma`lumotlar keltiriladi. Jumladan pul oqimlarining tushum qismida investitsiyalarni, asosiy vosita va boshqa aktivlarni sotish natijasida kelib tushgan pul mablag`lari, dividend, royalti, foizlar ko`rinishidagi pul mablag`lari ko`rsatilsa, chiqim qismida esa qimmatli va qarz qog`ozlarini hamda asosiy vosita va boshqa aqtivlarni sotish natijasida kelib tushgan pul mablag`lari ko`rsatiladi. Хususiy kapitalning harakati to`g`risidagi hisobotda hisob siyosatiga ko`ra investitsiyalarni qayta baholash natijalarini qo`shilgan kapital yoki taqsimlanmagan foydaga ta`siri orqali kapitalning o`zgarishi bilan bog`liq xo`jalik muomalalari o`z aksini topadi.
9.Investitsiyalar bo`yicha moliyaviy hisobotda yoritishlar
Moliyaviy hisobotlarda investitsiyalar bilan bog`liq quyidagi axborotlar yoritilishi lozim.
1.Investitsiyalarga nisbatan belgilangan korxona hisob siyosati, jumladan:
investitsiyalarni haqqoniy qiymatini aniqlashda qo`llaniladigan usullar;
investitsiyalarni qayta baholash paytida yuzaga keladigan farqlarni hisobdan chiqarish usullari.
2. Investitsiyalardan foizlar, royalti, dividendlar hamda investitsiyalarni oldi-sotdisidan tushgan katta miqdordagi tushumlar;
3.Moliyaviy qo`yilmalar to`g`risidagi axborotlar:
investitsiyalar tarkibida bozor qiymatini aniqlash imkoniyati bo`lmagan qo`yilmalar mavjud bo`lsa, bu holatga to`sqinlik qilayotgan sabablar to`g`risidagi ma`lumotlar;
investitsiyalar bo`yicha bir toifadan ikkinchisiga o`tkazish holatlari yuz bergan bo`lsa, ularning summasi;
investitsiyalar bo`yicha mavjud bo`lgan cheklovlar.
4. Qayta baholash qiymatida hisobga olingan uzoq muddatli investitsiyalar bo`yicha:
qayta baholashni o`tkazish davrini belgilash bo`yicha korxona siyosati;
oxirgi qayta baholash sanasi;
qayta baholashning asosi va tashqi baholovchini jalb qilish holatlari to`g`risidagi ma`lumot;
hisobot davrida qayta baholashso`mmasida yuz bergan o`zgarishlar va ularning tavsifi va boshqa maьlumotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |