Investitsiyalar auditi va baholash


 Qimmatli qog’ozlarning analitik hisobini, kirimi va chiqimiga doir



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/70
Sana28.02.2022
Hajmi1,32 Mb.
#474072
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

7.2. Qimmatli qog’ozlarning analitik hisobini, kirimi va chiqimiga doir 
muomalalarni tekshirish 
0610 - 0690 va 5810, 5830 va 5890 - schyotlar bo’yicha analitik hisob 
moliyaviy ko’shilmalarning turlari va ob’ektlari bo’yicha yuritiladi. Auditor 
korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’iga ilova qilingan ishchi schyotlar 
rejasidagi moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish uchun foydalaniladigan 
schyotlar rejasi bilan tanishadi, hamda analitik hisobning tuzilishi qimmatli 
qog’ozlarni sotuvchi-korxonalar bo’yicha moliyaviy investitsiyalar to’g’risidagi, 
qarz oluvchi - korxonalar bo’yicha mamlakat xududidagi va xorijdagi ob’ektlarga 


113 
qilingan investitsiyalar to’g’risidagi axborotlar qay darajada ta’minlashini 
baholashi kerak. 
Korxonalar qimmatli kog’ozlarini kassasida yoki depozitariylarda (Davlat 
qisqa muddatli obligatsiyalar (DKMO) emitenti faqat Moliya Vazirligi bo’lib, ular 
valyuta birjasidagi depozitariyda) saqlanadi. Ular korxonada saqlanganida 
qimmatli qog’ozlar blankalarini (sertifikatlarini) mas’ul saqlash uchun korxona 
kassasida yuritiladigan reestrning mavjudligini tekshirishi lozim. Reestrda: 
qimmatli qog’oz nomi, nomeri, emitent nomi, qimmatli qog’ozning nominal 
qiymati ko’rsatilishi shart. 
Qimmatli qog’ozlar depozitariylarda saqlanganida, ular saqlash uchun 
berilgan depozitariyning rekvizitlarini analitik hisobda ko’rsatgan holda, korxona 
buxgalteriyasida hisobda aks ettirilib boriladi. Bunday holda auditorga deponemt 
bilan depozitariy o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan shartnoma (depo 
schyoti to’g’risidagi shartnoma) taqdim qilinishi lozim. 
Shartnomada uning predmeti - qimmatli qog’ozlar sertifikatlarini saqlash 
yoki qimmatli qog’ozlar uchun huquqni hisobga olish bo’yicha xizmat ko’rsatish, 
hamda: 
deponent 
tomonidan 
uning 
qimmatli 
qog’ozlarini 
depozitariyga 
depomentlash to’g’risidagi depozitariy axborotlarni berish tartibi: 
shartnomaning amal qilish muddati: 
depozitariy xizmatlari uchun shartnomada belgilangan haq to’lash xajmi va 
tartibi; 
depozitariyning deponentga hisobot berish shakli va davri: 
depozitariynpng majburiyatlari aniq ko’rsatilgan bo’lishi lozim. 
Depozitariy xizmatlari uchun to’lanadigan xaq bo’yicha sarflar 9420 - 
schyot debeti bo’yicha aks ettiriladi. Depozitariy xizmatlari bo’yicha to’langan 
QQS xizmat qiymatiga qo’shib etiriladi. 
Auditor korxonada «Qimmatli qog’ozlarni hisobga olish daftari»ning 
mavjudligini aniqlaydi. Unda korxonada saqlanadigan barcha qimmatli qog’ozlar 
ro’yxatga olingan bo’lishi lozim. 


114 
Moliyaviy investitsiyalar kirimi va chiqimiga doir muomalalar aks 
ettirilishini tekshirish uchun 0610-0620, 5810, 5830, 5890 va 9220-schyotlar 
bo’yicha hisob registlar ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bunda auditor korxonada 
hisob uslubiyoti va moliyaviy investitsiyalar summasini shakllantiradigan xaqiqiy 
harajatlarni ettirish talablariga rioya qilinishiga ishonch hosil qilish lozim. 
Shuningdek, qimmatli qog’ozlarni sotib olish qanday mablag’lar hisobiga 
amalga oshirilganligini ham tekshirish zarur. Masalan, pulni to’lash yoki mulklarni 
berish hisobiga olinishi mumkin. 
Agar qimmatli qog’ozlar qiymati mulklar bilan to’lansa, investor bunday 
muomalalarni hisobga olishda 9210- «Asosiy vositalarning chiqimi», 9220-
«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotlaridan foydalanishi lozim. Chunki qimmatli 
qog’ozlar qiymati mulklar bilan to’langanda hisobdan chiqarilgan mulklarning 
balans qiymati va sotib olinayotgai qiymati qimmatli kog’ozning sotib olish bahosi 
o’rtasidagi farq soliqqa tortiladigan bazaga ta’sir ko’rsatadi. 
Auditor qimmatli qog’ozlar hisobga qabul qilinganidan so’ng qilingan 
xarajatlarning, moliyaviy investitsiyalar qiymatini ko’paytiradigan qo’shimcha 
xarajatlar sifatida qimmatli qog’ozlar qiymati ustiga qo’shilmayotganligini ham 
tekshirishi lozim. 
Masalan, auditorlik tekshiruvi jarayonida qimmatli qog’ozlar sotib olish 
uchun kredit olingamligi ma’lum bo’lganida. 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish