5.2. Investitsiyalar auditining dasturini tuzish
Standartga muvofiq auditning umumiy rejasi tuzilganidan so’ng audit dasturi
tuzilib, unda barcha auditorlik amallarining batafsil ro’yxati bayon qilinishi zarur.
Dastur auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, unda tekshirilishi lozim
bo’lgan buxgalterlik hisobining barcha bo’limlarini tekshirish, shuningdek ichki
nazorat tizimini tahlil qilish bo’yicha ularning barcha xatti-harakatlari aks ettirilgan
bo’lishi lozim. Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u
auditorlar ishidagi ta’sirchan nazorat dastagi bo’lib xizmat qiladi, dasturning har
bir bo’limi bo’yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik
85
xulosasini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim.
№3-«Auditni rejalashtirish»nomli AFMS, №14-«Auditorlik tanlash», №9-
«Jiddiylik va auditorlik riski №6-«Auditni hujjatlashtirish» va auditorlik
tekshiruvini amalga oshirishni tartibga soladigan boshqa standartlar bilan o’zaro
chambarchas bog’liq.
Shunday
qilib,
boshqa standartlardagi
talablarni
o’rganmasdan va izchil bajarmasdan, ushbu standart talablarini bajarish mumkin
emas.
Auditor o’z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalterlik (moliyaviy)
hisobotlarini, moliya-xo’jalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini,
hamda ular buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilishining to’g’riligini o’z
vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi.
Auditni rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
a) buxgalterlik hisobi va hisobotining holati hamda ichki nazorat tizimining
samaradorligi to’g’risida zarur axborotlarni olish;
b) bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallrining mazmunini, o’tkazish
vaqtini va xajmini aniqlash;
Auditni rejalashtirish kutilatgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturiii
ishlab chiqishni o’z ichiga oladi.
Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi:
-audit o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi ;
-bajariladigan ishlar hajmi;
-auditor qo’llaydigan usullar va amallar.
Auditor o’z rejasini tekshiriladigan korxona raxbariyat va xodimlari bilan
muhokama qilishi mumkin. Bu o’tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish va
auditorlik amallarini korxona xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirishga imkon
yaratadi.
Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini
aniq hisobga olish uchun eng avvalo:
-auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi;
-o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi;
86
-maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi;
-tekshiriladigan korxona faoliyatining predmetini hisobga olgan holda
yangi qonunlar, nizomlar, yo’riqnomalar va boshqa aloqador me’yorni
hujjatlarining auditga ta’sirini o’rgatishi:
-tekshiriladigan korxonaning hisob tizimi va ichki audit tizimining
ishonchlilik darajasini aniqlashi;
-ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish
mumkinligini tahlil qilishi;
-korxonaning
alohida
balansga
ajralib
chiqarilgan
filiallari,
vakolatxonalari, bo’limlari va maxsus bo’linmalarida audit o’tkazish
maqsadga muvofiqligini o’rganishi;
-eksportlarni jalb qilish zarurlini aniqlanishi lozim.
Auditorlik tekshiruvini chog’ida audit rejasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Auditor tekshiruv vaqtida ular tomonidan bajariladngan ishlarning hajmi va
sifatini tasdiqlaydigan, asosiy xarajatlardan bo’lib hisoblangan, ish hujjatlarini
tuzishlari lozim. Bu hujjatlar ixtiyoriy shaklda tuzilib, ularda mijoz to’g’risidagi
zarur ma’lumotlar; bajaraladigan ishlarning batafsil bayoni bo’lishi lozim. Xususan
quyidagilar ko’rsatiladi: tekshiruv o’tkazish uslubi uslubi (yoppasiga tanlab), yoki
tekshiriladigan hujjatlarning hajmi; tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar;
tekshiruvga taqdim etilmagan dastlabki va boshqa hujjatlar ro’yxati; amaldagi
qonunchilikka mos kelmasliklar; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish usullari
to’g’risida auditorning fikrlari; mijoziniig moliya-xo’jalik faoliyatini yaxshilashga
qaratilgan boshqa tavsiyalar. (Ish hujjatlari to’g’risida 4.7-bo’limda batafsil
ma’lumot beriladi).
Shuningdek, ish hujjatlarida: mijoz-korxonaning ichki xo’jalik nazorat
tizimini (ushbu tizimning ijobiy tomonlari va salbiy jihatlarini ajratib ko’rsatgan
holda); o’tgan yildagi audit dasturi va uning natijalarini aks ettirish zarur.
Ish hujjatlari auditning yaxshi rejalashtirilganligini, to’plangan ma’lumotlar
ishonarliligini, auditorlik xulosasining amalga oshirilgan audit natijalariga
muvofiqligini tasdiqlashi lozim. Zarur hollarda auditor xaqiqatan ham aynan
87
shunday auditorlik xulosasi tuzish uchun etarli guvohliklar to’planganligini ham
baholashi zarur.
Ish hujjatlaridagi tafsilotlarning tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi
ma’lumotlardan farq qilmasligi o’ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki
hil ma’no bildirmaydigan bo’lishi lozim.
Ish hujjatlarida aks etgirilgan yozuvlarga asosan auditorlik hisoboti va
auditorlik xulosasi tuziladi. Auditorning nsh hujjatlari maxfiy hisob-lanadi. Audit
yakunlanganidan so’ng ish hujjatlarini himoyalash bo’yicha barcha zaruriy
choralar ko’rilishi kerak. Ish hujjatlari begona shaxslarga, agar boshqa holatlar
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilmagan bo’lsa, faqat mijoz-
korxonaning roziligi bilan berilishi mumkin. Auditorlik tashkilotlarining ish
faoliyatini umumiy rejalashtirish ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqichda
tekshiriladigan korxona o’rganilib, bayon qilinadi va o’tkaziladigan tekshiruvning
asosiy o’lchamlari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab
chiqiladi va barcha oldinda turgan ishlarning batafsil bayoni tuziladi.
Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish jarayonida auditor
korxonadan olinadigan ma’lumotlarni tekshirmaydi, lekin uning reja tuzishga oid
ishlari hujjatlashtirilishi lozim. Shuning uchun rejalashtirshning birinchi
boskichida auditor tekshiradigan korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlarni
tayyorlashi lozim: korxona faoliyatining bayoni; buxgalteriya hisobining shakli va
tashkiliy tuzilishining bayoni, botqaruv tizimining bayoni, tekshirlayotgan korxona
moliyaviy hisobining qisqacha tahlili.
Bunda auditor korxona to’g’risidagi birlamchi ma’lumotlarni to’playdi. Ayni
paytda korxona faoliyatini belgilaydigan muhim ma’lumotlar va hujjatlar
nusxalaridan iborat doimiy hujjatlar to’plamini shakllantiradi. Ushbu to’plam
hozircha mazkur korxona auditorlik tashkilotining mijozi bo’lib qolar ekan,
kelgusidagi barcha tekshiruvlarda undan foydalanilaveradi. Har bir auditorlik
tekshiruvi uchun korxonaning ish faoliyatini yoki hisob tizimini, agar ular sezilarli
darajada o’zgarmagan bo’lsa, qaytadan o’rganib chiqishga extiyoj qolmaydi.
Shuning uchun auditor har doim keyinchalik audit o’tkazganida ham ushbu doimiy
88
to’plamdan foydalanib, zarurat bo’lganda uni yangilab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |