Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar tomonidan qoʻyiladigan barcha turdagi boyliklar. Moliya investitsiyalar — qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qiyilmatlar. Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va boshqalar.
Investitsiyalar kim tomonidan kiritilishiga qarab 2 turga boʻlinadi:
Ichki investitsiyalar.
Tashqi investitsiyalar.
Ichki investitsiyalar — mamlakat hududida ichki investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi. Tashqi investitsiyalar — foyda olish maqsadida chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga qo'yiladigan investitsiyalardir.
Investitsiya milliy iqtisodiyotda nisbatan yangi termin hisoblanadi. Investitsiya (lot. investio - 0' rash) - iqtisodiyotni rivojlalltirish maqsadida o'z mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, inovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo 'yish) dir. An'anaviy tarzda invcstitsiya deganda kelgusida ko'zda tutilgan daromadlami olish maqsadida hozirda aniq iqtisodiy loyihalami amalga oshirish tushuniladi. Investitsiya mohiyatiui tavsiflashdagi bunday yondashuvga milliy, shu bilan birga, xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda birlamchi e'tibor beriladi. Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati yana bir qator IUS olimlari tomonidan quyidagicha tavsiflangan: - «investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida investitsiya sohasi obyektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklarni aks ettiradi»4; - «investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlaming individual maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotnillg turli tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo'naltirilgan qo'yilmasi shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar yig'indisi tushuniladi».
Iqtisodiyotni rivojiantirishda iuvestitsiyalar yetakchi rol o'ynaydi, chunki iuvestitsiya orqali korxonalarning kapital jamg'arilishiga, natijada mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o'sishga erishiladi. Investitsiyalar iqtisodiy sifatida qator funksiya va vazifalami bajaradiki, ularsiz har qanday mamlakat iqtisodiyoti bir maromda rivojlana olmaydi. Investitsiyalar makrodarajada quyidagilarni ta'minlaydi: takror ishlab chlqarishni kengaytirish siyosatini amalga oshirish; lY-lexnu:a) taraqqiyotini jadallashtirish, milliy mahsulotlaming raqobatbardoshligini ta'minlash, uning sifati va hajminini oshirish; - ijtimoiy sohalami (sog'liqni saqIash, ta'lim va boshq.) rivojlantirish; - aholi farovonligini ta'minlashda muhim bo'lgan uy-joy qurilishi, ichimlik suvi, elektr energiya bilan ta'minJash muammolarini hal etish; - atrof-muhit va ekologiyaning ifloslanishining oldini olish; - umumjamiyat ishlab tarkibiy jihatdan qayta qurish va barcha iqtisodiyot tarmoqlarini bir maromda rivojlantirish; iqtisodiyotning real va yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish; hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va ixtisoslashuvini mustahkamlash; - investitsiyalar importi va eksporti orqali milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasini kuchaytirish; sanoat uchun zarur xomashyo bazasini yaratish; Infilyatsiya muammosini yumshatish yoki ma'lum hal etish; harbiy sanoat majmuini mustahkamlash; - davlatning mudofaa imkoniyatlarini ta'minlash; - boshqa qator muammolami hal etish. O'zbekiston Respublikasi uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, iqtisodiyotni yanada barqarodashtirish uchun zarurdir. Real investitsiyalami (bino va inshootlar va zamonaviy mashlna va asbob-uskunalar sotib olish) jalb iqtisodiyotning ishlab salohiyatini Ishlab chlqarishga zamonaviy texnologjyalarni olib kelishga yo'naltirilgan investitsiyalar qattiq raqobat sharoitlarida omon qolishga yordamlashadi. Investitsiyalar mikrodarajada ham muhim rol o'ynadi Bunda investitsiyaiar, eng avvalo, quyidagi maqsadlarga erishish uchun zarurdir: korxona ishlab chiqarish faoliyatini va rivojantirishlantirish; asosiy fondlarning haddan tashqari jismoniy va ma'naviy yo'l qo'ymaslik ishlab chiqarishning oshirish Investitsiyalar mikrodarajada, pirovardida, korxonalaming kelgusida me'yorda faoliyat ko'rsatishi, barqaror moliyaviy holatini va maksimum (yuqori) foyda olisbini ta'minlash uchun zarurdir. Shunday qilib, investilsiyalar makro va mikroiqtisodiyotni rivojIantirishda katta rol o'ynaydi, birinchi navbatda, tilior ishlab chiqarishni kengaytirish, tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, foydasini ko'paytirish va shu asosda boshqa ko'pgina muammolami hal etish imkoniyatlarini yaratadi. Mamlakatda faoliyatining ahvolini quyidagi ko'rsatkichlar dinamikasi xarakterlaydi: umumiy hajmida real investitsiyalarning ulushi; - investitsiyalaming texnologik va uning o'zgarishi; real umumiy o'sishi; - investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalaming uIushi; kapitalga yo'naltirilgan real investitsiyaiarning ulushi; - xorijiy investitsiyalar tarkibida to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar ulushi va boshqalar. Biroq, obyektiv holatda, investitsiya faoliyatining holatini quyidagi makroiqtisodiy ko'rsatkichlanling o'sishlari xarakterlaydi: milliy daromad; yalpi milliy mahsulot (YaMM) va YaIM; sanoat ishlab chiqarish hajmi; sanoat mahsulotlarining alohida turini ishlab chiqarish; qishloq xo'jaligi mahsulotini ishlab chiqarish hajmi va boshqalar. Investitsiya faoliyatining holatiga baho berishda ushbu kuchlarning obyektivligi shundaki, qo'yilmalarisiz ushbu ko'rsatkichlarning o'sish sur'atlarini tasavvur etib bo'lmaydi. Ushbu ko'rsatkichlar u yoki bu darajada samarali ishlatilishini xaraktcrlaydL Agar ushbu ko'rsatkichlarning sur'atlari sur'atlaridan yuqori bo'lsa, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish zarurligini ko'rsatadi va aksincha. So'nggi yillarda iqtisodiyotda faol amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o'zgarishlar va modernizatsiya qilish jarayoni investitsiya faolligini yanada oshirdi. Iqtisodiyotdagi investitsiyalar hajmining 1 yildan yilga sezilarli ravishda o'sib borishi muqarrar ravishda milliy ishlab chiqarish hajmining o'sishi orqali o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatishiga imkon bermoqda. Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini rivojlantiIishga berilgan e'tibor va qo'llab-quvvatlash natjiasida YaIM hajmi va investitsiyalar miqdori o'sish sur'atlariga ega bo'ldi. Jumladan, investitsiyalarning o'sish ko'rsatkichi 2002-2013-yillar oralig'ida 103,8 foizdan 111,3 foizga yetgan, investitsiyalar hajmi mazkur yillar davrida 1,4 mlrd AQSh dollaridan 13 mlrd AQSlI dollarini tashkil qilib, 2002-yilga nisbatan 9,3 martaga ortgan. Agar 2002- yilda respublikamiz iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalarning o'sish sur'ati atigi 3,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2011-yilga kelib bu ko'rsatkich 11,2 foizni tashkil qildi.
Investitsiya foaliyatiga ta’sir etuvchi barcha omillarni ularning ta'sir doirasidan kelib chiqib,ikki guruhga tasniflash mumkin.1. Makrodarajada investitsiya faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar (korxonaga nisbatan barcha tashqi omillar). 2. Mikrodarajada investitsiya faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar (ichki omillar). Birinchi guruh omillariga quyidagilar kiradi:
- soliq tizimining takomillashganlik darajasi;
- investitsiya faoliyatining, me'yoriy-huquqiy ta’minoti
- investitsiya faoliyati davlat ishtirokining daraiasi,
- inflyatsiya darajasi
- byudjet defitsiit
- mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish holati va dinamikasi;
- moliya-kredit siyosatining takomillashganlik darajasi;
- mamlakatning xomashyo va resurslarga boyligi;
- davlatning iqtisodiy, shu jumladan, investitsiya siyosati;
- narx-navo va unga davlat tomonidan ta'sir ko'rsatilishi;
- alohida hudud, tarmoqlarni rivojlantirishga bo'lgan davlat e'tiborining ustuvorligi;
- jamiyatdagi ijtimoiy va siyosiy holatlar;
- bozor munosabatlarining takomillashganlik darajasi;
- muayyan soha va tarmoqlarda davlat mulkining ustunligi va yoki to’liq amal qilishi;
- erkin iqtisodiy hududlarning mavjudligi;
- xorij kapitalni jalb qilish uchun yaratilgan shart sharoitlar;
- yerga egalik huquqining davlat qo'lida saqlanishi;
- investitsiyalar kiritishning (qo'yishning, joylashtirishning) risklilik darajasi;
- iqtisodiyotda davlat sektorining tutgan o'rni;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojIantirishning qo'llab-quvvatlanishi
Ma'lumki, iqtisodiyotning rivojlanish sur'atlari mavjud salohiyatdan samarali foydalanish investitsiyalar kiritisb va sur’atlariga bog'liq bo'ladi. Inflyatsiya investitsiya foaliyatiga eng faol ta'sir etuvchi omil bo'lib, o'z navbatida iqtisodiyotning hoiatiga bog’liq bo’lib iqtisodiyot barqarorlashganda va rivojlanganda ushhu ko’rsatgich darajasi pasayib boradi. Bu o’rinda shuni hisobga olish kerakki, inflyatsiya jarayonlari bilan bank krediti foiz stavkasi chambarchas bog'liq bo'ladi. Agar bank foiz stavkasi yuqori bo'lsa, investitsiyaga talab shuncha. kamayadi. Bunday bog'liqlik investitsiyalarga talab bilan kutilayotgan foyda me'yorida ham mavjud bo'ladi. Bir vaqtning o'zida sof foyda me'yori bank foiz stavkasidan yuqori 68% bo'lsa, mamlakatda investitsiya qo'yilmalari hajmi oshishi kuzatiladi, aksincha bo'Isa, kamayadi. Ma'lumki, nominal va real foiz stavkalari mavjud. Real foiz stavkasi inflyatsiya darajasi bo'yicha nominal foiz stavkasidan (yuq qiladi, ya'ni:
Sr = Sn - Di
bu yerda: Sr - bank foizilling real stavkasi; S. - bank foizining nominal stavkasi; Di - inflyatsiya darajasi. Ta'kidlash joizki, nominal stavka emas, balki aynan real foiz stavkasi investitsiya qarorlarini qabul qilishda muhim rolo'ynaydi Inflyatsiya sharoitlarida, asosan, giperinflyatsiyada kredit uchun bank foiz stavkalari yuqori bo'lgan holda korxonalar uchun investilsiyalar faqay bir holatda foydali bo'lishi mumkin, ya'ni kutilayotgan joyda me'yori bank foiz stavkasidan yuqori bo'lishi kerak Biroq korxonalar uchun bunday loyihalami topish oson kechmaydi. Bundan xulosa shuki, giperillflyatsiya, investitsiya faoliyatilli jonlashtirish va faollashtirishga kuchli salbiy ta'sirni yuzaga keltiradi. Xalqaro tajriba tasdiqlashicha, moliyaviy barqarorlik holatida (ya'ni bunda narxlar o'sish darajasi yiliga 40 foizdan oshmaydi va oyiga o'rtacha 2,8 foizni tashkil qiladi) investitsiya jarayoni faollashadi. Biroq narxlar o'sish darajasi ushbu ko'rsatkichlardan yuqori bo'lgan holatda ishlab chiqarishga investitsiyalar sezilarli darajada kamayadi va bu iqtisodiy o'sish hamda aholi turmush farovonligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Investitsiya faoliyatini jonlantirishda kuchli ta'sir doirasiga ega bo'lgan navbatdagi omil soliq tizimi va uning takomillashganlik darajasi hisoblanadi. O'zbekislonda soliq qonunchiligini takomillashtirish, soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirib borish, soliq to'lovchilarni ularning xo'jalik faoliyatiga asossiz aralashuvlardan himoya qilishni kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlami ko'rish bilan bir vaqtda soliqqa tortish tizimini takomilashtirish va soddalashtirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |