Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash 1-topshiriq. Tayanch ibora va tushunchalarga izoh bering


-topshiriq. Ma’ruza matnda keltirilgan misollarni o’rgangan holda quyidagi misollarni ishlang



Download 31,04 Kb.
bet2/3
Sana02.05.2020
Hajmi31,04 Kb.
#48733
1   2   3
Bog'liq
BI 72 Yuldashev Muhammad 11 joriy

2-topshiriq. Ma’ruza matnda keltirilgan misollarni o’rgangan holda quyidagi misollarni ishlang.

1-masala. Investitsiya loyihasiga 100 mln. mablag’ qo’yilib, loyihadan ko’riladigan daromadlar yillar bo’yicha quyidagilarni tashkil etadi: 1 yil – 25 mln., 2 yil – 30mln., 3 yil – 40 mln., 4 yil – 50 mln.. Investitsiyalarning qoplash muddatini hamda foydaning oddiy me’yorini aniqlang.

Javobi: Bunda uch yillik daromadlar yig’indisi boshlang’ich investitsiyalar miqdoridan kichik, ya’ni yil 95 mln so’mni tashkil etadi. To’rt yil bo’yicha katta (145 mln so’m) ekanligini hisobga olsak, investitsiyalarning aniq qoplanish muddati investitsiya loyihasining to’rtinchi yilgi faoliyatiga bog’liqligini ko’ramiz. Uch yillik olingan daromadlarning (95 mln so’m) boshlang’ich investitsiyalardan (100 mln so’m) farqi 5 mln so’mni tashkil etishini hisobga olsak (100 - 95), ushbu qoldiq summaning to’rtinchi yilda olingan daromadlarga nisabti uning qoplanish muddatini ko’rsatadi, ya’ni 5/50=0,10 koeffitsientni, yil hisobida esa 1 oy-u 6 kunni (3 yil+1 oy-u 6 kun) tashkil etishini hosil qilamiz.

. Shunday qilib, investitsiya loyihasining qoplash muddati, ya’ni loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushumlar qilingan harajatlarni qoplash vaqti hisoblanadi.

Investitsiyalarning buxgalteriya rentabellik darajasi (ARR) yoki foydaning oddiy me’yori (ROI) buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadigan o’rtacha daromadni investitsiyalarning o’rtacha yillik hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi. Bunda hisob-kitob ishlari foizlarni va soliqlarni to’lamasdan avvalgi foyda miqdoriga asoslanib amalga oshirilishi mumkin yoki u soliqlarni to’lagandan keyingi, lekin foiz to’lovlarigacha bo’lgan daromadga asoslanadi.

Bu loyiha bo’yicha olinadigan daromad yillar bo’yicha o’zgaruvchan bo’lganligi sababli, avvalom bor o’rtacha yillik daromadni hisoblab topamiz.

Rch=(25+30+40+50) mln so’m :4=36,25 mln so’m. Shundan so’ng foydaning oddiy me’yorini (ROI) hisoblaymiz:

ROI = (36,25 mln so’m : 100 mln so’m)*100 = 36,25 %.

Bu foyda me’yori investor talab qilgan me’yorni beradi. Shuning uchun bu loyihaning jalb etuvchanligi to’g’risida, ya’ni uni ma’qullash mumkin.

2-misol. Faraz qilaylik, yangi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 150 mln. so’m investitsiya qilish talab etiladi va undan kutiladigan natija yillar bo’yicha 30; 70; 70 va 45 mln. so’mni tashkil etadi. Bunda diskontlash stavkasini quyidagi ikki hol bilan belgilab olamiz:

1. O’zgarmas sharoitda doimiy diskont stavkasi – k = 12%.

2. O’zgaruvchan sharoitda yillar bo’yicha diskont stavkasi: 12%; 13%; 14%, 15 %.

Sof joriy qiymatni va investitsiyalarning rentabellik indeksini toping.




Download 31,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish