Investitsiya loyihalari tahlili


Investitsiyalarni jalb qilish, yo‘naltirish va qayta taqsimlash samaradorligini oshirish yo‘li va jahon amaliyoti tajribalaridan foydalanish



Download 110,18 Kb.
bet4/6
Sana16.08.2021
Hajmi110,18 Kb.
#148809
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boltaboyeva M. Investitsiya kurs ishi

2.2. Investitsiyalarni jalb qilish, yo‘naltirish va qayta taqsimlash samaradorligini oshirish yo‘li va jahon amaliyoti tajribalaridan foydalanish.

So‘nggi yillarda kuzatilgan va hali beri davom etib kelayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi global iqtisodiyotning aksariyat tarmoqlarini qamrab olishi bilan birgalikda investitsiyalar oqimiga ham sezilarli darajada o‘z salbiy ta‘sirini ko‘rsatdi. O‘z navbatida investitsiyalar oqimining pasayishi ularni moliyalashtirish manbalarining qisqarishi bilan birga jahon iqtisodiyotidagi beqarorlik va investitsion risklarning birmuncha oshishi bilan izohlanadi.

Jahon miqyosida 2010-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning global oqimi 5 foizdan ko‘proqqa oshishiga qaramasdan, inqirozga qadar bo‘lgan davrga nisbatan uning miqdori 15 foizga past bo‘lgan. Ayniqsa, global investitsiyalarning eng yuqori miqdori kuzatilgan 2007-yilga nisbatan 37 foizga pastroqni tashkil etgan. 2011-yilda esa uning miqdori 17 foizga o‘sib, 1500 mlrd. AQSh dollaridan oshdi. Bu ko‘rsatkich global to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimi inqirozgacha bo‘lgan davr darajasiga chiqqanligidan dalolat beradi. BMTning savdo va rivojlanish masalalari konferentsiyasining (UNCTAD) baholashiga ko‘ra, 2012-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning o‘sishi saqlab qolinib, qariyb 1,6 trln. AQSh dollarini tashkil etadi.

Investitsion oqimlarning o‘sishini chegaralashi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida quyidagilar ilgari surilmoqda: jahon iqtisodiyotidagi susayish va iqtisodiy o‘sish sur‘atlarining qisqarishi riski, Evropa mintaqasidagi qarzdorlik va byudjet taqchilligi muammolari, evro kursi taqdirining noaniqligi va moliya bozorlaridagi risklarning ortishi.

Investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishda rivojlangan sanoatlashgan mamlakatlarda investitsiya siyosatini amalga oshirishda quyidagi uchta yo‘nalishga alohida e‘tibor bilan qaraladi:


  • import o‘rnini bosish strategiyasini rivojlantirish;

  • tayanch tarmoqlar va eksport salohiyatining mustahkamlash;

  • ilmtalab sohalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish.

Ayniqsa,e‘tiborli jihati Koreya Respublikasining investitsiya strategiyasida namoyon bo‘ladi. Ushbu mamlakat xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishda shunday siyosat olib borganki, bunda Janubiy Koreyaga boshqa rivojlangan mamlakatlardan, xususan AQSh va Yaponiyadan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasini o‘ziga tatbiq qilishga intilgan.

Malayziyaning investitsiya siyosatida esa ustuvor jihat investitsiyalarni qayta ishlash sanoatiga yo‘naltirish bo‘lib hisoblanadi3.

Ushbu mamlakatda investitsiyalarni ilmtalab va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalariga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar, yuqori malakali xizmatlar kabi sohalarga yo‘naltirilmoqda. Xususiy sektorning o‘zida investitsiyalarning yillik o‘rtacha o‘sishi 11-12 foizni tashkil etmokda. Ularning umumiy investitsiyalar hajmidagi salmog‘i 50 foizdan ortiq bo‘lib, so‘nggi besh yil mobaynida xususiy investitsiyalarning umumiy miqdori 95 milliard AQSh dollaridan oshib ketgan. Malayziyada Sanoatni rivojlantirishning bosh rejasiga asosan investitsiyalar sohasida quyidagi vazifalar belgilab olingan:



  • investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni jadallashtirish va ilg‘or texnologik tarmoqlarni rivojlantirish;

  • sanoatning ustuvor tarmoqlari rivojlanishiga ko‘maklashish;

  • sanoatga ilg‘or texnologiyalarni, jumladan, biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar, simsiz uzatish texnologiyalari, mikroelektromexanik tizimlari, lazer texnologiyalarini tatbiq etishni yanada kengaytirish;

  • sanoatning o‘sishida mehnat unumdorligi omilining rolini oshirish;

  • milliy sanoatning xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish;

  • ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yanada rivojlantirish

_______________

  1. http://www.ved.gov.ru/articlessayti ma‘lumotlari.

va ularni sanoatga tatbiq etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

  • iqtisodiy salohiyat va raqobatdoshlikni mustahkamlash maqsadida

  • strategik hamkorlik va markazlashuvni rag‘batlantirish.

Shu bilan birga, Malayziyada investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida turli soliq imtiyozlari joriy qilingan bo‘lib, bunda investitsiya natijasida olingan foydaning faqat 30 foizi dastlabki 5 yil davomida soliqqa tortiladi. Ayniqsa, hududlarning rivojlanishini qo‘llab- quvvatlash yo‘nalishida nisbatan yaxshi rivojlanmagan shtatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi investorlar foyda solig‘idan dastlabki 5 yil davomida to‘liq ozod qilinadi.

Yaponiyada ham investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishi yuksak texnologiyalarga asoslangan va resurs tejovchi ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Umuman olganda, Yaponiyaning rivojlanishi aynan ilmtalab sohalarning rivojlantirilishi hamda samarali ishlab chiqarish texnikalarining tatbiq etilishiga tayanadi.

Yaponiyaning dastlabki rivojlanish davri tajribasi shuni ko‘rsatdiki, nafaqat yangilik yaratish uchun kapital zarur, balki kapitaldan foydalanish uchun ham yangilik zarur bo‘ladi. Ushbu ikkala yo‘nalish bir-biri bilan uzviy bog‘liq va o‘zaro bir-birini to‘ldirib turadi. Bu holat shunday izohlanadi, ya‘ni yangilik yaratish uchun muayyan kapital zarur bo‘lsa, mavjud kapitaldan samarali foydalanish uchun yangilik kiritilishi taqozo qilinadi.

Taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi yana bir ahamiyatli jihat investitsiya jarayonida yirik transmilliy kompaniyalarning faol ishtiroki, moliya bozorining yuqori rivojlanganligi, xususan, qimmatli qog‘ozlar muomalasining keng tarqalganligi, turli jamg‘armalarning investitsiya faoliyatiga jalb qilish mexanizmining yuqori darajada tarkib topganligi bilan ajralib turadi.

Rivojlangan mamlakatlar investitsiya faoliyatida boy tajriba to‘plangan bo‘lib, undan O‘zbekiston amaliyotida foydalanish investitsiyalash amaliyotini takomillashtirish va investitsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu borada bir qator rivojlangan mamlakatlarda investitsiya me‘yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasiga erishilganligining guvohi bo‘lamiz.

Shu bilan birga, investitsiyalardan samarali foydalanishda bir qator rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan tanishganda, investitsiyalar asosan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, resurs tejovchi va ekologik talofati kam bo‘lgan, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi sohalarga yo‘naltirilayotganining guvohi bo‘lamiz.

Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun eng muhimi bu soliq va bojxona sohasidagi qulayliklar va imtiyozlar hisoblanadi. Mamlakatimizda ular quyidagicha:


  • to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod;

  • agar to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar miqdori 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha - 3 yil muddatga;

  • 3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha - 5 yil muddatga;

  • 10 million AQSH dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga soliq imtiyozlari beriladi;

  • Xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilinadi.

  • Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar, shuningdek ular tomonidan jalb etiladigan xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari geologiya-razvedka ishlarini o’tkazish davrida byudjetdan tashqari jamg’armalarga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni, qidirish, razvedka qilish va boshqa tegishli ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import qilish chog’ida bojxona to’lovlarini to`lashdan ozod;

  • Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshirgan xorijiy kompaniyalar ishtirokida tashkil etiladigan neft va gaz qazib chiqaruvchi qo’shma korxonalar neft yoki gaz qazib olinishidan boshlab 7 yil muddatga foyda solig’i to’lashdan ozod qilingan.

Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish katta hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avvalambor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy muammolarni echish imkoniyatini beradi.

Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarini kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlar va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani, eksportbop tovarlarni o'zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotlar ko'rsatishicha, milliy iqtisodiyotning TTXIni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish holati ichki bozor hamda eksportning hajmi, tabiiy va mineral resurslar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, bozor islohotlarining amalga oshirish sur'atlari, iqtisodiy barqarorlik omillari bilan bog`liqdir.

Har bir davlatda, uning iqtisodi rivojlangan yoki iqtisodiyoti o'tish davri xususiyatiga ega bo'lishidan qat'iy nazar, mazkur mamlakatga xorijiy sarmoyaning kirib kelishi hamisha ijobiy hodisa sifatida qaraladi. Chunki, kirib kelayotgan sarmoyaning ko'payishi to'lov balansini yaxshilash orqali, milliy valyuta kursiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, islohotlar o'tkazishda zarur mablag`lar bilan ta'minlaydi, texnik ba'zani yangilashga xizmat qiladi, yangi ish o'rinlari yaratiladi, zamonaviy ish yuritish uslubini tadbiq etadi va bu bilan iqtisodiy o'sishni rag`batlantiradi. Shuning uchun ham xar bir davlat o'zining investitsion siyosatini izchillik bilan olib borishi va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi darkordir.

O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida xorijiy investitsyalarni jalb etishning iqtisodiy mexanizmini tahlil qilish hamda samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Aksariyat nazariyalar xorijiy ishlab chiqarish va xalqaro savdoning o'zaro o'rnini bosuvchi bo'lib, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar oqimi yuqori texnologiyalarning kelishiga olib keladi, shuningdek, ularni mahalliy firmalarga joriy etish samarasini oshiradi, bu esa mavjud resurslardan yanada samarali foydalanishga olib keladi, degan fikrga asoslanadi.

Investitsiyalar natijasida texnologiyalarni uzatish samarasini uchta turga ajratish mumkin:

-Namoyishli va ko'rgazmali samara – milliy firmalar olib kirilgan yuqori texnologiyalarning texnik yutuqlarini nusxalash yo'li bilan joriy etishlari mumkin.

- Ishchi kuchi kadrlarining qo'nimsizligi – tegishli transmilliy korporatsiyalar (TMK) doirasida o'z malakasini oshirayotgan ishchi va xizmatchilar mahalliy firmalarga axborot berishlari yoki o'z kompaniyalarini tashkil etishlari mumkin, bu esa yu?ori texnologiyalarning tarqalishiga ko'maklashadi.

- Xorijiy va milliy firmalar o'rtasida ishlab chiqarish hamda boshqa aloqalarning o'rnatilishi va kengaytirilishi, bu TMK tomonidan mahalliy tovarlar, xizmatlar, ishlab chiqarish quvvatlariga bo'lgan talabga bog`liq.

Umuman, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarni va yuqori texnologiyalarni, boshqaruv ko'nikmalarini jalb qilish milliy firmalarning ishlab chiqarish usullariga muayyan o'zgarishlarni olib kiradi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar oqimini Texnologiyalarning o'zini sotib olish ko'pgina rivojlanayotgan mamlakatlar hamda o'tish iqtisodiyoti davlatlari uchun qimmatga tushadi va ko'pincha buning iloji ham bo'lmaydi. To'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar mahalliy firmalarda mavjud yuqori texnologiyalar paketini oshirishi mumkin. Yangi texnologiyalarni mahalliy sharoitlarda moslashtirish ham muhimdir.

Xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi mamlakatda mehnat unumdorligining o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. So'nggi yilarda ushbu masala bo'yicha turli fikrlar paydo bo'lgan. Ayrim tadqiqotlar ko'rsatishicha, xorijiy investitsiyalar mahalliy firmalarning holatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Xususan, mahalliy firmalar yirik kapital qo'yilmalarsiz ham mehnat unumdorligini oshirishga erishishlari, buning samarasi esa uzoq istiqbolda ko'rinadi.

Xorijiy investorlar yuqori malakali ishchi kuchiga talabni oshiradi, aholi farovonligi darajasini ko'taradi, chunki TMKlar mahalliy firmalarga qaraganda yuqoriroq maosh to'laydi. Biroq shunga yarasha adolatsiz raqobat tufayli mahalliy firmalarning foydasi ham kamayadi. TMK oraliq mahsulotni ishlab chiqarishni rag`batlantiradi, chunki unga talabni yuzaga keltiradi. Mahalliy firmalar TMKlar tomonidan yaratilayotgan talabga asosan qo'shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga majburdirlar. Bu rivojlanish darajasi past mamlakatlarga ko'proq xos xususiyat bo'lib, ular o'z sanoat ishlab chiqarish quvvatlariga deyarli ega emas. Tog`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar oqimining qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'siri bilan birga, uning salbiy samaralari ham mavjud. Ulardan biri – ichki kapital qo'yilmalarning xorijiy investitsiyalar va mahalliy firmalarning yuqori raqobatbardoshlikka ega bo'lgan TMKlar tomonidan siqib chiqarilishi hisoblanadi. Biroq ushbu samara doimiy emas, chunki to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar mehnat unumdorligining ortishi hamda olib kirilgan yuqori texnologiyalardan tashqi samara hisobiga milliy firmalar ekspansiyasiga yordam berishi mumkin. Ma'lumotlar ko'rsatishicha, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarning netto oqimini kiritilgan har bir dollarga nisbatan o'sib boishi qabul qiluvchi mamlakat umumiy kapitalining bir dollaridan ko'proq hajmda o'sishiga olib keladi (o'zgarishlar 1,5-2,3 marta doirasida). Shunday qilib, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi mamlakat umumiy kapitalining o'sishi asosida iqtisodiy o'sishga ko'maklashadi.

To'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarning qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishiga ta'sirini baholashning muhim masalalaridan biri xorijiy investitsiyalar oqimi hisobiga umumiy kapital fondlar hajmining ortishi bo'lib, bunda xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi yangi kapital qo'yilmalarni rag`batlantiradi, ya'ni to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar bo'lmaganida, ular ham bo'lmasdi. Bu samara xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga jamg`arilgan kapitalning ko'payishi nomini oldi. Bunga nisbatan teskari samara milliy investitsiyalarning xorijiy investitsiyalar tomonidan siqib chiqarilishidir.

Umuman olganda, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarning kapital jamg`arish darajasiga ta'siri turli mamlakatlardagi milliy iqtisodiy siyosat, xorijiy investitsiyalar shakllari, milliy kompaniyalarning raqobatbardoshligiga qarab turlicha bo'lishi mumkin.

O'zbekistonda Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida Vatan ravnaqi, xalq farovonligini ta'minlash maqsadida chet el investitsiyalarini jalb etishga strategik ustuvor vazifa sifatida qaralib, mazkur masala davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo'nalishi etib belgilangan.

Bugungi kunda milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash yo'liga qadam qo'ygan O'zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyadarni jalb etish jarayonlarini yanada jadallashtirish va investitsion siyosatni faollashtirish davlatimiz rahbariyati tomonidan ustivor vazifalardan biri deb belgilab qo'yildi va bu siyosatni o'ziga xos 2 yo'nalishiga tayanadi:

- soliq yukini yengillashtirish,mablag`larni ishlab chi?arishni rivojlantirishga qaratish;

- mablag`larni davlat byudjeti orqali to'plash va investitsiya dasturlarini amalga oshirish.

Shunday qilib, iqtisodiy o'sishda oqilona investitsiya siyosatini ishlab chiqish yetakchi o'rin tutadi. Investitsiya siyosatini samarali amalga oshirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga xizmat qiladigan qator institutlarni tashkil etish lozim. Jahon iqtisodiyotida samarali amal qiluvchi model bozor tizimiga tayanadi va milliy iqtisodiyotning afzalliklaridan to'liq foydalanadi.




Download 110,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish