2-rasm. Global raqobatbardoshlik indeksi bo‘yicha eng yuqori reytinga ega bo‘lgan lider-davlatlar, 2019 yil(ball: 0-100 hisobida)
2-rasmdan biz ko‘rishimiz mumkinki, 10 ta eng yuqori reytinga ega bo‘lgan davlatlar ichida Singapur birinchi o‘rinni band etib kelmoqda. Aniq statistika ma’lumotlariga nazar soladigan bo‘lsak, sakkiz yildan buyon Singapur ushbu reytingning yetakchi o‘rinlaridan tushmay kelmoqda.
Mazkur davlat global raqobatbardoshlik indeksining 12 ta ko‘rsatkichidan 4 tasi bo‘yicha 1 o‘rinni ya’ni bular: infrastruktura, sog‘liqni saqlash va boshlang‘ich ta’lim, oliy ta’lim va qayta tayyorlash, tovar va xizmatlar bozorlarining samaradorligi, 3 tasi ya’ni institutlarning sifati, mehnat bozorining samaradorligi, moliya bozorlarining rivojlanganligi bo‘yicha 2-o‘rinni egaladi.
Ushbu natijalarni qayd etishiga mamlakatda oliy ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha davlat tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
Yuqorida qayd etilgan tajribalarni o‘rganish asnosida aniq bo‘ldiki, Xitoy va Singapur davlatlarining xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsion muhit jozibadorligini oshirish borasidagi tajribalarini O‘zbekiston sharoitida tatbiq etish, ulardan foydalanish kelajakda mamlakatning bundan-da yuqori sur’atlarda rivojlanishini, aholining daromad manbai ko‘payishini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, ushbu davlatlar kabi O‘zbekistonni ham xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan so‘rovnomalarda faol ishtirok etishi, jahon mamlakatlarining investitsion jozibadorligini ko‘rsatadigan reytinglarning barchasida xususan, “Global raqobatbardoshlik indeksi”, “Global innovatsion indeks” va “Biznes muhiti hafi indeksi”larida ishtirokini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kelajakda investorlarning investitsiyalarni kiritish bo‘yicha qarorlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sababi, xorijiy investor biror bir davlatga investitsiya kiritishdan oldin, o‘sha mamlakatning investitsion muhiti haqida ishonchli ma’lumotga ehtiyoj sezadi. Albatta, eng ishonchli manbalardan biri bu xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan yuritiladigan indekslar hisoblanadi.
Bu indekslardan investorlar o‘zlariga kerakli va ishonchli ma’lumotlarni qo‘lga kiritishlari mumkin. Shunday ekan, yuqorida nomi keltirilgan indeklarda O‘zbekistonni ishtirokini ta’minlash, O‘zbekistonning investitsion muhitini xorijiy investorlarga namoyon qilishda ijobiy ahamiyatga ega.
Shuningdek, Xitoy va Singapur davlatlari investitsion muhiti jozibadorligini oshirishga imkon bergan navbatdagi omil bu mamlakat hududlari to‘g‘risidagi investorlarga kerakli ma’lumotlarni investitsiya qabul qiladigan davlaning ma’sul tashkilotlari tomonidan rasmiy saytda O‘zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini inobatga olgan holda, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan har bir hududning (viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) investitsion muhit jozibadorligi bo‘yicha “Yillik statistik xarita” e’lon qilib borilishini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu xaritadan quyidagi ko‘rsatkichlar joy olishi maqbul hisoblanadi:
➢ hududning rivojlanish salohiyati;
➢ hududning tabiiy-geografik va infrastruktura salohiyati;
➢ fuqarolik indeksi. Bunda aholining ijtimoiy faolligi, boshqaruv samaradorligi, ta’lim olish va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, turli xildagi ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlik, ularning ochiqligi, mahalliy hokimiyatning aholi bilan yaqinligi va hamkorligi bilan bog‘liq bo‘lgan tarkibiy ko‘rsatkichlar qamrab olinadi.
Bundan tashqari, ushbu mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda quyida ikki taklif etilayotgan tadbirni ham O‘zbekiston investitsion muhiti jozibadorligini oshirishga ko‘mak bo‘ladigan omil sifatida amaliyotga tatbiq qilinishi o‘z ijobiy samarasini ko‘rsatadi:
Davlat budjeti xarajatlari va kiritilayotgan investitsiyalarni onlayn tarzda kuzatish imkonini beradigan platforma yaratish lozim;
O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug‘ulanadigan rasmiy muassasalar tomonidan investorlarga byurokratik to‘siqlarni yuzaga kelishini oldini olish va ushbu muassasalar faoliyati shaffofligini ta’minlash maqsadida investorlarning murojaatlari uchun barcha muassasalarni jamuljam qilgan platforma yaratish kerak. Bunda, investor qaysi muassasaga murojaat qilishidan qat’iy nazar, ushbu murojat to‘g‘risida qolgan muassasalar bohabar bo‘lib turish imkonini beradi va bu byurokratiya va korrupsiyani oldini olish imkonini beradi.
Xulosa
Bugungi kunda O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarning investitsion mablag‘larini jalb etish bo‘yicha bir qator masala va muammolarning haligacha ochiq qolayotganligini ta’kidlash lozim bo‘ladi. Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda davom etib kelayotgan past ko‘rsatkichning sabablarini aniqlash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi (TIV) O‘zbekistonda ishlash tajribasiga ega xorijiy sarmoyadorlar, biznesmenlar va moliya tashkilotlarining ekspertlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Ular O‘zbekistonga sarmoya oqimini to‘xtatib qo‘yayotgan qator omil va sharoitlarning ba’zilari sifatida quyidagilarni sanab o‘tishgan:
-bank-kredit tizimining takomillashmagani;
-sarmoyadorlar huquqlarining zaif himoyasi va yetarli darajada samarali bo‘lmagan sud tizimi;
-ma’muriy-byurokratik to‘siqlar (ko‘plab xorijiy kompaniyalar o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsat olish tartib-qoidalaridan norozi);
-past investitsiya reytingi.
Yuqorida keltirilgan investitsion muhit jozibadorligini oshirish yo‘lida to‘siq bo‘lib kelayotgan muammo va kamchiliklardan hamda 2011 yildan 2019 yilgacha iqtisodiyotga kiritilgan xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish darajasini tahlil qilib chiqqanimizdan kelib chiqib quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:
Bizning fikrimizcha, investitsiya iqlimi barqarorligini ta’minlash uchun, birinchi navbatda, investitsiya risklari sug‘ug‘rtasini yoki himoyasi tizimini keng rivojlantirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘la ma’noda amal qilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, investitsiya iqlimi barqarorligini, fikrimizcha, davlatning xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan siyosiy munosabati, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi, davlat apparati boshqarmasining ishlash samarasi, davlatning siyosiy barqarorligi, iqtisodiyotning umumiy holati (o‘sishi yoki inqiroz), inflyatsiya darajasi, valyuta kursining barqarorligi, soliq va bojxona imtiyozlari, ishchi kuchlarining qiymati va mexnat resurslarini ishlatilish tartibi, aniq tovar va xizmat turlariga bo‘lgan talab va taklifning mavjudligi, kredit bahosi, qolaversa jamiyat a’zolarining xorijiy kapital va xususiy mulkchilikni shakllanishiga bo‘lgan munosabati, jamiyatning ideologik bilimlari darajasi, ishchi kuchlarining tashkilotchilik va tadbirkorlik qobiliyati kabi omillarni chuqur o‘rganish va tahlil etish asosida ta’minlash mumkin.
O‘zbekistonda qulay investitsiya iqlimi yaratilishi uchun keng harakat qilinmoqda, bu borada xorijiy investorlarga turlicha moliyaviy imtiyozlar va huquqlar berilgan, bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Shuning bilan birgalikda quyidagi tadbirlar, bizning fikrimizcha, investitsiya iqlimini yanada yaxshilash imkoniyatini beradi: so‘mning qadrini ko‘tarish; mulk dahlsizligini ta’minlash, investorlar haq huquqini himoyalashni yanada oshirish, bank foizi stavkalarini barqarorlashtirish; islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini hisobga olgan holda soliq tizimini ilmiy asoslangan holda takomillashtirish; ma’muriy buyruqbozlik holatlariga chek qo‘yish; O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyasi nufuzini va uning likvidliligini oshirish, xorijiy investorlarni ularga jalb eta bilish, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi, bosib o‘tgan yo‘li, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash yo‘lida mamlakatning investitsion muhitni sog‘lomlashtirish borasida qabul qilgan qonunlari, ishlab chiqqan qarorlarini o‘rganish, investitsiyalari kengroq jalb etish bo‘yicha ishlab chiqqan usul va uslublarining kerakli jihatlarini O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish muhim masalalardan hisoblanadi. Zero, to‘plangan tajribalarni mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tatbiq etilishi, tavakkalchilikni pasaytirishga, mavhumlikni oldi olinishiga, yuqori samaradorlikning ta’min etilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |