Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish



Download 77,78 Kb.
bet1/11
Sana16.01.2022
Hajmi77,78 Kb.
#376057
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
INVENTARIZATSIYANI TASHKIL ETISH VA O


INVENTARIZATSIYANI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH

Mulk shaklidan qat’i nazar, korxona va tashkilotlar o‘zlariga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar holatini, ularning to‘liqligini aniqlash maqsadida yillik buxgalteriya hisoboti va balansini topshirishdan oldin to‘liq inventarizatsiya o‘tkazishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26.03.164-sonli „O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash hamda buxgalteriya hisob-schotlar tizimini takomillashtirish haqida“ gi qarorida ko‘rsatilganidir.

Inventarizatsiya o‘tkazish yordamida tegishli hisobdor shaxs zimmasida tovar va moddiy boyliklar son va sifat jihatdan o‘rganilib, pul ifodasida hisob-kitob qilinadi va natijalari aniqlanadi.

Yuqoridagi qarorga asosan, quyidagi hollarda ashyoviy ro‘yxat (inventarizatsiya) dan o‘tkazish majburiydir:

— mulkni ijaraga berishda va davlat tasarrufidan chiqarishda;

— yillik buxgalteriya hisobotini tuzish oldidan, hisob yilining birinchi oktabridan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan mulk bundan mustasnodir.

Binolar, inshootlar va asosiy vositalarning boshqa ko‘chma obyektlari, ashyoviy ro‘yxatdan ikki-uch yilda bir marta o‘tkazilishi mumkin.

Pul mablag‘lari, hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobda turadigan rasmiy ish qog‘ozlari oyda bir marta inventarizatsiya qilinadi.

Har bir tarmoq o‘z xususiyatlarini hisobga olib, tarmoq ichida inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida yo‘riqnomalar ishlab chiqishi mumkin.

Inventarizatsiya o‘tkazishda mulk egasi, rahbar maxsus buyruq, farmoyish beradi. Farmoyish qachon, qayerda inventarizatsiya o‘tkazilishi, komissiya a’zolarining tarkibi, moddiy javobgar shaxslarning ismi, familiyalari belgilanadi. Inventarizatsiya boshlanish va tugatilish kunlari ko‘rsatiladi.

Inventarizatsiya yordamida moddiy javobgar shaxs tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, tovarmoddiy boyliklardagi yo‘qotishlar, kamomad va xiyonatlarni aniqlash imkoniyati yaratiladi. Inventarizatsiyaning maqsadi BHMA ning 19-sonida ko‘rsatilgan.

Korxona va tashkilotlarda doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi. Bu komissiyaga a’zo qilib korxona rahbarining muovinlari, huquqshunos, tovarshunos, iqtisodchilar, muhandislar kiritilishi mumkin. Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasining tarkibi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan tegishli buyruq bilan hisobot yilining boshida tashkil qilinadi.

Buxgalteriya hisobi milliy andozasining 19-sonida ko‘rsatilishicha, inventarizatsiya paytida komissiya a’zolaridan birortasining ishtirok etmasligi, inventarizatsiya natijalarining haqiqiy emas deb hisoblanishiga olib kelishi ko‘rsatilgan.

Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari o‘z faoliyati davomida moddiy javobgar shaxslarning ish faoliyatini nazorat qilib boradi, inventarizatsiya o‘tkazishni tashkil qiladi, inventarizatsiya komissiyasi a’zolariga tovarmoddiy boyliklarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini beradi.

Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari inventarizatsiya ishlarining to‘g‘ri o‘tkazilganligini aniqlash maqsadida nazorat tekshirishlarini o‘tkazib boradilar va bu to‘g‘ridagi dalolatnomani tuzadilar.

Agar inventarizatsiya o‘tkazishda jiddiy xato va kamchiliklar aniqlansa, inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan qoidalar buzilgan deb hisoblansa, qayta inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida o‘z takliflarini beradi.

Korxona rahbari tomonidan doimiy harakatdagi inventarizatsiya o‘tkazish komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi buyrug‘ining mazmuni va ko‘rinishi quyidagicha:
1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur buxgalteriya hisobi milliy standarti (keyingi o‘rinlarda — standart) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.

1.2. Mazkur standart asosiy faoliyati budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarni qo‘shgan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.

1.3. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash;

haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish;

majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.

1.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning joylashgan joyidan qat’i nazar, barcha aktivlari va majburiyatlari inventarizatsiya qilinadi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’ul saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak.

Mol-mulkni inventarizatsiyasi uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.

1.5. Quyidagi hollarda inventarizatsiya o‘tkazilishi majburiy:

Oldingi tahrirga qarang.

mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat korxonasini o‘zgartirish (davlat tasarrufidan chiqarilgan) da;



(1.5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, bundan inventarizatsiyasi hisobot yilining 1-oktabridan keyin o‘tkazilgan mol-mulk mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (ro‘yxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul)ga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar)ga muvofiq asosiy vositalar inventarizatsiyasi ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta amalga oshiriladi.

Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, qiymatliklari va qat’iy hisobdagi blanklar inventarizatsiyasi oyda bir marta, yonilg‘i-moylash materiallar, oziq-ovqat mahsulotlar — har chorakda, qimmatbaho metallar — tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq o‘tkaziladi.

Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralar inventarizatsiyasi ular eng kam miqdorda qolgan davrda o‘tkaziladi:

asosiy vositalar va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda;

moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish — topshirish kunida);

o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, qiymatliklarni buzilishi faktlari aniqlanganda;

tabiiy ofatlar, yong‘inlar, falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;



Oldingi tahrirga qarang.

xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilik hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.



(1.5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

1.6. Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya jamoa rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zolari talabi bilan o‘tkaziladi.




Download 77,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish