* GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI, 2019.
№ 1 *
5
20 daqiqa etib belgilangan. 15 daqiqaga rejalashtirilgan material o‘tib bo‘lingach, 15-20 daqiqali oraliq
bosqichi o‘tkaziladi.
Ushbu oraliq bosqichida tarbiyalanuvchilarning toliqishini hisobga olib, kompyutersiz amalga
oshiriladigan mashg’ulot o‘tkaziladi.Kompyutersiz o‘tkaziladigan ushbu oraliq mashg’ulotlarda, mavzuga
tegishli og’zaki savol-javoblar, topshiriqlar, turli mazmundagi o‘yinlar, amaliy tadbirlar (masalan, qaychi bilan
harflar qirqish, qog’ozda yozishga o‘rgatish) o‘tkaziladi. Shuningdek, she’r, ashula aytiladi va jismoniy
mashqlar bajariladi. Jumladan, ko‘z toliqishini bartaraf etuvchi ko‘z gimnastikasi - bir necha daqiqa davomida
ko‘zni ochib yumish, xonaning burchaklariga navbatma-navbat nazar tashlash kiradi. Oraliq bosqichdan so‘ng
yana 15 daqiqali asosiy mashg’ulot davom ettiriladi.
Yangi bilim berishda bevosita dialog metodidan foydalanishni maktabga tayyorlov guruhlari
bolalarining yoshlari (6-7), ularning fikrlash darajalari va boshqa xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi.
Bevosita dialog metodidan foydalanilgan holda kompyuter didaktik vositalar manbai rolini o‘ynaydi.
Virtual axborot muhitida kompyuter bilan bilvosita dialog metodining ahamiyatii:
1. Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga - topshiriq, savol, mashkni bajarish yoki o‘yinni bajarishni
buyuradi.
2. Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi.
3. Kompyuter topshiriq bajarilishining to‘g’ri yoki noto‘g’riligini bildiradi.Noto‘g’ri bo‘lsa, takroriy
bajartiradi va bolaning bilimini baholaydi.
Kompyuterda ishlovchi bola mashqlarni va kompyuter qo‘ygan vazifalarni, o‘yinlarni takror-takror
bajarib, maqsadiga erisha oladi, chunki kompyuter - "bag’rikeng" va "toqatli, sabrlidir". Bola xato qilgan
taqdirda ham xatoni o‘zi tuzatgunga qadar hech kim unga tanbeh bermaydi. Ammo bolalar kompyuterda
mustaqil ishlagan hollarda ham ularning harakatlari doimo tarbiyachi nazoratida bo‘ladi.
Bevosita dialog asosida o‘tkazilgan mashg’ulotda 15 daqiqa uzluksiz monitor ekraniga qaragan va
bolalar kompyuterdan uzoqroq "sichqoncha" va klaviatura kabellarining uzunligi masofasida joylashgan holda
bolalarning 95 foizi 15-20 daqiqadan so‘ng toliqishlari yo‘qolganini bildirdilar. Multimediali kompyuter
texnologiyasining ta’lim-tarbiya berish metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyidagi ikki jihatiga e’tibor
berish kerak:
1)
agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib borilmasdan namoyish etilsa, u
oddiy multfilm bo‘lib qoladi.
2)
agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni tahlil etib (tushuntirib, bayon etib)
borsa, ta’lim jarayonini aks ettirsa, multimedia texnologiyasiga aylanadi.
Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo‘lsa, mashg’ulot frontal ravishda, bitta bo‘lsa, undan
navbatma-navbat foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi
tarbiyachi tomonidan berilgan savolga to‘g’ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so‘raladi. Agar MTMlarda
proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo'lsa, tarbiyachi mashg`ulotni "kompyuter-elektron doska" usulidan
foydalanib olib boradi.
15-20 daqiqali ikkinchi bosqichdan so‘ng, uchinchi bosqichda birinchi bosqichda kompyuterdan
foydalanib, o‘rganilgan materiallar savol-javob asosida mustahkamlanadi va tarbiyalanuvchilarning bilimlari
baholanadi. Mashg’ulot oxirida uyga vazifa beriladi. Tarbiyalanuvchilarga uyga beriladigan topshiriqlar
kundalik turmushda uchraydigan masalalardan bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Mashg’ulotning texnologik xaritasi. Maktabga tayyorlov guruhlarida mashg’ulotlar garchi dars
shaklida o‘tkazilmasada, tarbiyachi u yoki bu mavzu materiali bo‘yicha o‘ziga mashg’ulotning texnologik
xaritasini tuzib olishi kerak. Xaritada mashg’ulot mavzusi, maqsadi va vazifalari, mashg’ulot mazmuni,
mashg’ulotni amalga oshirish texnologiyasi, kutiladigan natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi
kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarida maktabga tayyorlov
guruhi bolalarini savod chiqarishga tayyorlash, elementar matematik bilim berish va atrof-olamni o‘rganish,
ta’lim o‘yinlari yo‘nalishlari bo‘yicha, quyidagilar qayd etilgan: nutq o‘stirish bo‘yicha nutq-tovush
madaniyatini shakllantirish, ijodiy hikoya qilish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, lug’atini
boyitishni jadallashtirish, matematika bo‘yicha son-sanoq, miqdor, shakllar, fazoviy tasavvurlar, vaqt haqida
tasavvur hosil qilish. Ta’limiy o‘yinlar bo‘yicha rangni top (ranglarni to‘g’ri ajratish), shaklini top (doira,
kvadrat, uchburchak va boshqa shakllar), halqalarning shakli va ranglari bo‘yicha o‘yinlar, tabiat bilan
tanishtirish bo‘yicha gulzorga ekskursiya, paxta dalasiga sayohat, kabutar singari qushlarni kuzatish, ularning
xususiyatlari va farqi, havo va uning xossalari bilan tanishtrish, suv va uning hususiyatlari bilan tanishtirish
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |