Onlayn-to'lovlar – naqd pul ishlatmasdan internetda yoki mobil ilova orqali mahsulotlar yoki xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bu operatsiyalar bank kartalari yoki hisobvaraqlarni veb-saytga (yoki mobil to'lov ilovasiga) ulagan holda amalga oshiriladi. To'lovni elektron pul yordamida ham amalga oshirish mumkin.
MUHIM!!! Bank va to'lov tashkiloti tomonidan onlayn to'lovlar uchun vositachilik haqlari undirilishi mumkin. Uning miqdorini bank/to'lov tashkiloti xodimidan yoki rasmiy veb-saytdan aniqlab oling.