Oxirgi kunlarda KUN.UZ, XABAR.UZ va shunga o‘xshash information saytlar bo‘layotgan “shubhali uzilishlar”ga ko‘pchilik duch kelmoqda. Bu albatta DNS serverlar bilan bog‘liq. Aniqrog‘i O‘zbekistondagi DNS serverlar bilan. Shu kabi muammolarni chetlab o‘tish uchun, tashqi DNS serverlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Kompyuterda mana shu muammoni bartaraf etamiz, ya’ni DNS server manzilini o‘zgartirib qo‘ysak tamom. Buning uchun kompyuterda quyidagi amallar ketma-ketligini bajarishimiz zarur:
Klaviaturadagi Windows va R (PUSK+R) tugmalar birikmasini bosamiz:
Agarda siz kabel orqali internetga ulangan bo‘lsangiz sizda ekrandagi elementlarning nomlanishi Setevoye podklyucheniye (Network Connections) yoki Ethernet, simsiz tarmoq (WiFi) orqali ulangan bo‘lsangiz Besprovodnaya set (Wireless Connection) ko‘rinishida bo‘ladi. Bizdagi misolda Ethernet turibdi:
Bizga kerakli element ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz, va ochilgan kontekst menyusida Svoystva (Properties) oynasini ochamiz:
Ochilgan oynada IP versii 4 (TCP/IPv4) (Internet Protocol Version 4 (TCP/IPv4)) bo‘limini tanlagan holda Svoystva (Properties) tugmasini bosamiz
Ochilgan oynadan Ispolzovat sleduyuщiye adresa DNS-serverov (Use the following DNS server addresses) bo‘limini tanlab unga tashqi DNS manzillarini kiritamiz. Qaysi birini oldin yoki keyin kiritishning farqi yo‘q. Va ketma-ket ravishda OK tugmalarini bosib chiqamiz.
Eng ishonchli tashqi DNS server manzillari ro‘yxati:
Klaviaturadagi Windows va R (PUSK+R) tugmalar birikmasini bosamiz:
Ochilgan oynadagi satrga CMD buyrug‘uni teramiz va OK tugmasini bosamiz:
Ochilgan oynada ipconfig /flushdns buyrug‘ini teramiz va Enter tugmasini bosamiz.
Tarmoq servisi Tarmoqda bir necha xil serverlar bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmog’i o’z mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz:
-fayl - server - mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga kirish imkonini berishi zarur. Shunigdek, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi;