. AKTni rivojlanishining asosiy tendensiyalari
Jahon telekommunikatsiya sohasi rivojlanishining zamonaviy
tendensiyalarini globallashuvga harakat, yagona axborot makonini yaratish,
telekommunikatsiya va axborot almashuv standartlarining yagona unifikatsiyalangan tizimini yaratish, axborot iqtisodiѐtining rivojlanishi, jamiyat haѐtining muhim faoliyat sohalariga yangi texnologiyalarni kiritish deb tasniflash mumkin.
Zamonaviy tendensiyalar.
Xalqaro munosabatlarning globallashuvi, global axborot
infrastrukturaci va insoniyatni umumiy axborot merosini shakllantirish,
yangi istiqbolli texnologiyalarni yaratish asosida jahon hamjamiyatining
siѐsiy, iqtisodiy va madaniy integratsiyasiga yo‘naltirilgan xalqaro
axborot siѐsati, inson huquqi va ijtimoiy institutlarni ta’minlashning
samarali tizimini yaratish, axborotga erkin kira olish va almashuv-
informatsion hamjamiyatni, sivilizatsiya rivojining yangi bosqichini
tavsiflovchi belgilaridir. Axborot jamiyatiga o‘tish zaruriyati jahon
iqtisodiѐtida yangi texnologik tartib shakllanishi va ustuvorligi, axborot
resurslarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning haqiqiy resurslariga
o‘tishi, jamiyatni axborot mahsulotlar va xizmatlariga bo‘lgan talabini
qondirish, ijtimoiy ishlab chiqish tizimida axborot-kommunikatsion
infrastruktura ahamiyatini oshishi, xalqaro axborot almashuvlar asosida
maorif, ilmiy-texnik va madaniy sohalarning takomillashuvi, «global
axborot afzalliklarini» teng huquq asosida ishlatish bilan shartlanadi.
Telekommunikatsiyalar globallashuvini XX asrning oxirgi choragida
paydo bo‘lgan va uni global darajada axborot va kommunikatsiya xalqaro
oqimlarining tartibga solinishi bilan bog‘lashadi. Kompyuter va kommunikatsion texnologiyalarning yutuqlari, axborot va intellektual
mahsulotlar bilan almashuvning global imkoniyatlari bir paytda global va
1
mintaqaviy talabni shakllantirishga, tovar va xizmatlar ishlab chiqishni
muvofiqlashtirishga, yangi bozorlar ochilishini jadallashtirishga, hamkorlikning turli sohalarida an’anaviydan intellektualgacha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilishga imkoniyat beradi. Zamonaviy iqtisodiy tizim asrlar mobaynida shakllangan jahon rivojlanishining an’anaviy tamoyillariga asoslanadi. Vujudga kelaѐtgan yangi axborot jamiyati jahon xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlarini o‘zgartiradi, ishlab chiqarish, mahsulot bilan almashish, axborot bilan almashishning turli sektorlarining o‘zaro bog‘liqlik yangi tamoyillarini aniqlab berdi.26Yangi texnologiyalarning ilmiy tahlili va qo‘llash amaliѐti yangi informatsion jamiyatni va natijada, tashkil qilinaѐtgan yangi axborot iqtisodining to‘rt komponentini farqlashga imkon beradi:
axborot va kommunikatsion texnologiyalar, axborot intellektual mulk;
elektron axborot markazlari, ma’lumotlar bazalari va banklari, video maxsulot, ko‘p tilli tarjima dasturiy mahsulotlar, tasvirning yangi vositalari;
umumiy axborot merosi(ishlab chiqarishning boshqaruv tizimlari, biotexnologiya, farmatsevtika mahsuloti va h.k.)
Bu komponentlar iqtisodiѐtning barcha sektorlarida namoѐn bo‘ladi
va ularning ta’siri axborot va kommunikatsion jaraѐnlari evolyutsiyasi
oshgani sari ko‘payadi. Globallashuv jaraѐnining AKTlar sohasi faoliyatidagi o‘zgarishlarga o‘zaro bog‘liqligi aks ettirilgan.
AKTlar sohasi rivoji va globallashuv jaraѐni o‘rtasidagi munosabat.
Jamiyat, davlat ,insonlar o‘rtasida tashkilot vakompaniya ichida tashkilot, kompaniya,tarmoq o‘rtasida ijtimoiy –siѐsiy axborot almashuviga ehtiѐj texnologik vaiqtisodiy axborotalmashuviga ehtiѐj, yangi axborot jamiyatib, jahon bozori globallashuvi, jamiyat davlatlar insonlar axborot kommunikatsiya texnologiyalarisohasi uskuna vatexnologiyalar (shujumladan, dasturiyta’minot) ishlabchiqaruvchilari AKT xizmatlar ishlabchiquvchilari (telekommunikatsionoperatorlar,provayderlar va xk.)
Tartibgasolish, standartlash, sertifikatlash organlari, ilmiy-tadqiqot tashkilot vakompaniyalari.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyasining va ularni amalga oshirish vositalarini juda tez rivojlanishi axborot jamiyatning shakllanishini oldindan belgilab beradi. Bunday jamiyatda inson faoliyatining xamma sohalarida mehnat qilaѐtganlarning mutlaq ko‘pchiligi axborotlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va uning eng yuqori shakli bilimlarni tarqatish bilan shug‘ullanadi. Bu sohada Internet texnologiyalari muhim rol o‘ynaydi4. Bugun kompyuter texnologiyalari dunѐsidagi jadallik bilan rivojlanaѐtgan sohalardan biriga aylanib bormoqda. Kompyuterlar asta-sekin insonlar haѐtiga kirib bormoqda. Ularsiz internet global tarmohini, intellektual ishchining ish joyini
2
kompyuterning ajralmas bir qismiga aylanib boraѐtganligini tasavvur qilish qiyin. Kompyuter texnologiyalari inson haѐti tarzida, kichik va katta korxonalarda, kompaniyalarda, o‘quv dargohlarida, davlat muassasalarida behisob ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi vaqtda har qanday dunѐ xamjamiyatidagi obro‘-e’tiborli geopolitik mavqei zamonaviy kompyuter texnologiyalarining rivojlanish darajasi, jumladan, telekommunikatsiya tizim va tarmoqlari, dunѐ axborot makoniga kirish usullari va imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bugungi kunda axborotlarni global almashuvining noѐb imkoniyatlarini Internet - har qanday kompyuterga yer shariningistalgan nuqtasidan turib telekommunikatsiya tarmog‘i, aloqa va ma’lumotlarni uzatish vositalari orqali axborotlarni almashish imkoniyatini yaratuvchi butun dunѐ tarmog‘i beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |