41
Internet tarmog‘ining ko‘rinishi
IP tarmoq texnologiyasi
IP tarmoqlar texnologiyasi TSP/IP protokollar stekiga asoslanadi.
Bugungi kunda bu quyidagilarda ishlatiladigan protokollarning eng
ommaviy stekidir:
-Internet global axborot tarmog‘ida;
-Intranet deb ataluvchi korporotiv tarmoqni yaratish uchun;
-Ekstranet deb nomlanuvchi kirishi chegaralangan va himoya darajasi kuchaytirilgan korporativ tarmoqlarni yaratish uchun;
-operatsion tizimlarning aksariyati va lokal tarmoqlarda;
-deyarli hamma global tarmoq texnologiyalarda (X.25, ISDN, Frame Relay, ATM). TSR/IP steki OSI modeldagi kanal pog‘onasi protokollarning aksariyatini, masalan, kommutatsiyalangan va ajratilgan aloqa liniyalarida ma’lumotlarni uzatish uchun qo‘llanadigan SLIP va RRR ni qo‘llab quvvatlaydi. TSP/IP protokol steki tuzilmasi. Internet protokollari arxitekturasi 4 pog‘onali. Keyinroq paydo bo‘lgan ISO etalon modeliprotokollarining 7 pog‘onali arxitekturasi TSR/IP pog‘onalari dekompozitsiyasi sifatida o‘rganish mumkin. Haqiqatda ikkita arxitekturaning farqi-TSR/IP arxitekturasidagi OSI modelining uchta yuqori pog‘onasi (qo‘llanish, taqdimot, seans) bitta-qo‘llanish pog‘onaga birlashtirilgan ; TSR/IP tarmoq interfeyslari pog‘onasi OSI ning ikkita pog‘onasi-kanal va tarmoq pog‘onalariga muvofiqdir.
TSR/IP qo‘llanish pog‘onasi an’anaviy xizmatlarni qo‘llab-quvvatlaydi:
-SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) elektron pochtasi, IMAP(Internet Message Access Protocol), POP(Post Office Protocol), X.400 pochta protokollari
oddiy protokoli ѐrdamida amalga oshiriladigan hamda NNTP(Network News
Transfer Protocol) yangiliklarni almashtirish tarmoq protokoli ѐrdamidaelektron pochta va yangiliklar bilan almashuv;
-virtual terminal Telnet protokoli ѐrdamida amalga oshiriladi;
-faylni uzatish FTP (Fail Transfer Protocol), TFTP (Trivial File Transfer Protocol) va NFS(Network File Systems) protokollari ѐrdamida amalga oshiriladi;
-ma’lumot xizmatlari DNS (Domain Name System) domen ismlari tizimi va X.500 ѐrdamida amalga oshiriladi;
-ѐrdamchi protokollar: o‘z identifikatorlarni olish protokoli- VOOTR, vaqt protokoli-NTP(Network Time Protocol), diagnostika-Echo va tizim haqida axborot –Finger.
90-yillar o‘rtasidan WWW (World Wide Web) texnologiyasiga asoslangan xizmatlar faol kiritilmoqda. WWW texnologiyasi URL(Universal Resourse Locator) va URN(Universal Resourse Name)ni qo‘llab gipermatnni uzatish(Hypertext Transfer Protocol,NTTR) protokoliga asoslangan. Bugungi kunda SIP(Session Initiation Protocol), RTP(Real-time Transport Protocol),
8
RTCP(Real-time Transport Control Protocol), H.323 tavsiya protokoli asosida paketli IP telefoniya xizmatlari ommaviylashgan. Tarmoq ilovalarining aksariyati o‘zaro ta’sir uchun TSR va UDR transport pog‘ona protokollari xizmatidan foydalanadi. TSR protokoli ma’lumotlar segmentini dastlabki mantiqiy birlashuvni o‘rnatish bilan ishonchli to‘liq dupleksli uzatishni kafolatlab beradi. UDP (User Datagram Protocol) datagrammalar foydalanuvchi protokoli-datagrammalarni ulash o‘rnatmasdan uzatishni ta’minlaydi, bu esa ularni yetkazib berishni kafolatlaydi. Turli arxitekturali tarmoqlar o‘rtasida paketlarni uzatishni stekning asosiy protokoli bo‘lgan IP protokoli ta’minlab beradi. IP datagrammali protokoli paketlarning ishonchli uzatilishini kafolatlamaydi, biroq u ko‘p tarmoqlar orqali ma’lumotlarni uzatishda o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Shu bilan bir qatorda tarmoq pog‘onada quyidagilar ishlatiladi:
ICMP diagnostik protokoli, u tarmoq tugunlariga uzatishdagi xato va
to‘xtashlar haqida ma’lumotlar uzatadi;
Adreslar muammosini hal qiluvchi protokollar ARP-IP adresini tarmoq tuguni fizik adresga (MAS-stansiya adresi) o‘zgartiradi. RARP – teskari vazifani bajaradi, ya’ni MAS adres ѐrdamida IP adresni aniqlaydi.
Tarmoq pog‘ona faoliyatini bir qator marshrutizatsiya va signalizatsiya protokollari qo‘llab-quvvatlaydi, bular : RIP (Routing Information Protocol), OSPF (Open Shortest Path First), IGRP (Interior Gateway Routing Protocol), EIGRP(Enhanced IGRP), BGP(Border Gateway Protocol), RAP(Routing Access
Protocol), RSVR(Resource Reservation Protocol) va boshqalar.
TSR/IP protokollar steki kanal pog‘onasida IP protokol paketlarini inkapsulyatsiya qiladigan protokol va tarmoq texnologiyalarning ko‘p soni bilan o‘zaro hamkorlik qiladi8. Bugungi kunda Internetning boshqa tarmoqlar bilan o‘zaro hamkorligiga RFC ning 290 dan ortiq hujjatlari bag‘ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |