Kerio Control – bu axborot xavfsizligini ta’minlovchi kompleks echimdir. U tarmoqlararo ekran (Firewall), marshrutizator, hujum oldini olish tizimi (IPS), antivirus va boshqa funksiyalarni tashkil topgan. Shuningdek, protokollar nazoratini yuritadi, paketlar holatini aniqlaydi, lokal tarmoq manzillarini tashqi tarmoqqa yo‘naltiradi (dNAT- dynamic Network Address Translation), DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol) serveri vazifasini bajaradi, HTTPS protokolini nazorat qiladi. Tizim Sophos antivirusi bilan ta’minlangan hamda URL manzillarni filtrlaydi, Active Directory va Open Directory bilan integratsiyani ta’minlaydi, IP manzillarning “qora ro‘yxat”ini hamda Emerging Threats qoidalar bazasini yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |