Internet xizmatlari va rivojlanish tarixi. Internetda ma’lumot qidirish va masofaviy ta’limni tashkil qilish. Taqsimlangan mavzularga oid ma’lumot qidirish



Download 19,52 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi19,52 Kb.
#301734
Bog'liq
Internet xizmatlari va rivojlanish tarixi.


Internet xizmatlari va rivojlanish tarixi. Internetda ma’lumot qidirish va masofaviy ta’limni tashkil qilish. Taqsimlangan mavzularga oid ma’lumot qidirish.
Reja:

1. Internet xizmatlari


2. Internetning dasturiy ta`minoti
3. Internet manzillari va domenlari
4. DNS serverlari


1. Internet xizmatlari

Internet, avvalambor, uning foydalanuvchilariga axborot xizmati ko’rsatish uchun yaratilgandir. Umuman olganda, internet xizmat turlari nihoyatda ko’p va xilma-xil bo’lib (yangi xizmat turlari kun sayin paydo bo’lib, ba’zilari yo’qolmoqda), ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:


– WWW – elektron sahifa xizmati;
– elektron pochta xizmati;
– telekonferensiya (Usenet);
– fayllarni uzatish (FTP);
– DNS- tarmoq hududlariga nom berish xizmati;
Telnet xizmati;
– IRC – xizmati yoki Chat konferesiya;
– Ma’lumotlarni izlash xizmati.

 Telnet–uzoqda turib tarmoqdagi istagan kompyuterni boshqarish rejimi, ya’ni abonentga tarmoqdagi xohlagan EHM da xuddi o’ziniki kabi, ishlash imkonini beradi FTP(File Tragsftr Protocol)–abonentga tarmoqdagi istagan kompyuterda matnli va ikkilik fayllar bilan o’zaro muloqot qilishga sharoit yaratib beruvchi fayllar uzatish protokoli. Uzoqdagi kompyuter fayllari shaxsiy kompyuterga nusxalashgandan keyingina unda ishlash uchun (o’qish, ishlov berish va b.k) kirish imkoniyati beriladi. Fayllarni bir joydan ikkinchi joyga uzatish WWW yordamida amalga oshirilgan taqdirda ham FTP-sistemasi o’zining tezkorligi va foydalanishdagi oddiyligi tufayli ommaviy xizmat turi bo’lib qolmoqda.


 Usenet (Usenet Wewsq roupe)-tarmoq yangiliklari va tarmoqdagi elektron elonlar doskasini olish. Bu sistema ma’lum bir mavzu bo’yicha guruhlarga bo’lingan hujjat (maqola)lar yigindisi sanaladi. Foydanaluvchi o’zini qiziqtirgan mavzuni ko’rsatib mos hujjatlar bilan tanishib chiqishi va o’zinikini yaratishi mumkin.
 Yangi xujatlar guruhining barcha a’zolariga yoki konkret avtorlarga yuborilishi mumkin.
 Elektron pochta (E-mail) – eng ko’p tarqalgan internet xizmati bo’lib, istagan tarmoq abonentini pochta xabarlari bilan o’zaro muloqotda bo’lib turishini taminlaydi. Elektron pochtaning harakterli xususiyatlari shuki, xabar adresatga bir necha minut davomida yetib boradi.
 Bunda masofa xech qanday rol o’ynamaydi. Odatiy xatlar esa, oluvchiga bir necha kun hattoki, haftadan keyin yetib borishi mumkin.
 Whais-internetning adres kitobi. Uning yordami bilan abonet o’zoqdagi kompyuterga va foydalanuvchilarga tegishli axborotlarni olishi mumkin.
 Yuqorida keltirilgan tarmoqdagi abonentlararo axborot almashuvi xizmatlaridan tashqari, internet ba’zi bir o’ziga xos xizmat turlarini ham taqdim qilishi mumkin, masalan:
 Faks-servis-tarmoq faks serviridan foydalanib, foydalanuvchiga faksimal aloqa orqali xabarlar jo’natish imkonini beradi.
 Elektron tarjimon–o’ziga yuborilgan matnni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib beradi.
 Bunda elektron tarjimonga murojaat etish elektron pochta orqali amalga oshiriladi.
 Shlyuzlar-abonentga TCP/IP protokollari bilan ishlamaydigan tarmoqda xabarlarni jo’natish imkonini beradi.
Ikkinchi darajali xizmatlarga, ayniqsa axborotlarni qidirish va tarmoq ma’lumotlar bazasi informasion zaxiralardan foydalanish sistemalariga quyidagilar kiradi:
 Gopher-kalit so’z va jumlalar bo’yicha axborotlarni topishga yordam beruvchi Internet tarmog’idagi eng ko’p tarqalgan axborot qidiruv vositasi. Copher-servirida axborotlarni ko’rib chiqish xuddi windows ilovasidagi menyu yoki fayl sistemasi katalogi (papka)ning «daraxti» kabi ko’rinishdagi menyu yordami bilan tashkil qilinadi. Yuqori darajali menyu yirik mavzu nomlaridan tashkil topgan, masalan: iqtisodiyot, madaniyat, medisina, sport va b.q.
 Keyingi daraja menyulari tanlab olingan oldingi daraja menyu elementlarini bo’laklar (detallar) ajratadi. Daraxt bo’yicha pastga siljitishning oxirgi punkti hujjat hisoblanadi, xuddi katalog daraxtining oxirgi elementi (fayl) kabi.
 WAIS-Copherga nisbatan yana kuchliroq axborot qidiruv vositasi. U kalit so’zlar qidiruvini barcha matnli hujjatlarda amalga oshiradi. Rasmiy talablar WAISda ixchamlashgan ingliz tilida yuboriladi. Bu logika algebrasi tiliga qaraganda ancha yengil hisoblanadi. Shuning uchun WAIS noprofessional foydalanuvchilar e’tiborini o’ziga ko’proq jalb etadi.
 Internetda eng ommabop va bir me’yorda rivojlangan xizmat turlaridan biri World Wide Web (WWW)dir. U tadqiqot axborotlari almashuvi uchun ilgaridan o’ylab topilgan. Hozir esa, ko’pchilik odamlar kundalik hayotining bir qismiga aylanib qoldi. WWW-bu yer sharining istagan nuqtasida saqlanishi mumkin bo’lgan butunlay boshqa sayt yoki kompyuterdagi matnning xohlagan boshqa joyiga havola qilinadigan belgilash so’zlari (buyruqlari) o’rnatilgan global giper matn sistemasi. Giper matn g’oyasining mazmuni shundaki, tarmoqdagi informasion zaxiralarga gipermatn modelini yaratishdagi relyasion yondashishdan foydalanish va uni maksimal oddiy usul bilan bajarish. Bu g’oyani amalga oshirishda to’rtta asosiy vosita ishlab chiqilgan:
–HTML hujjatlarning gipermatn belgilash tili.
–URL(Universal Resource Locator) manzillashning unvercal usuli.
–HTTP gipermatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP–Hyper Text Transfer Protocol).
–SSI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining universal interfeysi.
Bu vositalar kitobning navbatdagi bo’limlarida ko’rib chiqiladi.
Kelajakda internet xizmatlari taqdim qilishi tizimida sifatli evolyusion o’zgarishlar bo’ladi. Ular asosan, odamlar va jamiyatning extiyojlarini har tomonlama qondirishga qaratilgan bo’ladi. Kelajakda internet xizmatlari xuddi instrument (asbob) kabi faol xizmat qiladi. Qarorlar qabul qilish va o’qitishni tashkil etish, odamlar o’rtasidagi muloqot va hamkorlik, XXI asr telefoni, marketing, biznes, dam olish va boshqalar.
Barcha xizmatdagi foydalanuvchilarni qiziqtiradigan jihatalar tezkorlik; arzon global aloqa; muloqot va axborot almashuvidagi qulaylik; kira olinadigan dasturlar, ajoyib tarmoq zaxiralari va boshqalar. Ular global tarmoqni o’zlarining xususiy intellektual imkoniyatlariga qo’shimchadek qaraydilar.
Hozirgi vaqtda axborot asri boshlanajagi, unga bo’ladigan talab va talabgorlar sonining to’xtovsiz oshib borajagini hamma anglamoqda. Tabiiyki, ishonchli va operativ axborotsiz vaqt bilan baravar qadam tashlab bo’lmaydi, inson faoliyatining xohlagan soxasida qo’yilgan maqsadga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun barchamiz har xil internet xizmatlaridan potensial foydalanuvchi bo’lib boramiz.

Zero, AKT taraqqiyoti har qanday mamlakatning raqobatdoshlik darajasini oshirib, katta qulayliklar eshigini ochadi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Xususan, O’zbekistonimizning demokratik rivojlangan, -taraqqiy topgan davlatlar qatoriga ko‘tarilishi, aholi dunyoqarashini o‘zgartirish, totalitar, zo‘ravonlik tizimidan meros bo‘lib qolgan qoldiqlaru qoliplar, kechagi kun bilan yashash tuyg‘usidan, boqimandalikdan voz kechishni so‘zda emas, kundalik hayotimizda ta’minlashdek maqsad ro‘yobida muhim ahamiyat kasb etadi, yangicha tafakkurga yo‘l ochadi.

Binobarin, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz o‘tgan davrda amalga oshirgan ishlarimizga baho berar ekanmiz, “Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik?” degan savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini o‘zimizga chuqur tasavvur etamiz. Ayni vaqtida “Ertaga kim bo‘lishimiz, qanday yangi, yuksak marralarni egallashimiz -kerak?” degan savol ustida o‘ylashimiz, nafaqat o‘ylashimiz, balki amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz lozim”.

— Esimda, bundan 30 — 35 yil oldin kompyuter tugul rangli televizor nimaligini tasavvur qilish aqlga sig‘masdi, — deydi Toshkent viloyatilik otaxon Yo‘ldosh Parpiyev. — Uyimizdagi eski lampochkali televizor “oynai jahon”dan ko‘ra ko‘proq to‘rtburchak qutiga o‘xshardi. Yana deng, tez-tez ishdan chiqardi. U-bu yangilik eshitaman, desak, almisoqdan qolgan radiopriyomnikning qulog‘ini burardik. O’shayam to‘lqinni yolchitib ushlamasdi. Mahallamizda esa bir donagina simli telefon bo‘lib, -kunora uzilib qolardi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda, odamlarning turmush sharoitini yaxshilash, ularga munosib hayot qulayliklarini yaratib berish ustuvor vazifa etib belgilandi. Hozir xonadonimizda ikkita rangli televizor bor. Nevaralarimga kompyuter olib berganman. O’zim sensorli telefon ishlataman. To‘g‘ri, avvaliga picha qiynaldim. Baribir qulay narsani o‘rganish oson ekan. Undan yangiliklarni kuzataman, kerak bo‘lsa, to‘lovlarni ham amalga oshirishni bilaman. Dorilamon kunlar tufayli turmushimiz farovon bo‘ldi.

Bugun ana shunday fikrlaydigan hamyurtlarimiz juda ko‘p.

Davlatimiz rahbari aytib o‘tganidek, “Biz qo‘lga kiritgan o‘sish sur’atlari, erishgan marralar va ularga olib kelgan sabablar haqida albatta ko‘p gapirishimiz mumkin. Lekin bu haqda so‘z yuritganda, bunday ulkan yutuqlarimizning eng muhim omili va mezoni borki, u ham bo‘lsa, zamon o‘zgarishi bilan xalqimiz, odamlarimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri, huquqiy madaniyati, siyosiy faolligi, fuqarolik mas’uliyati va burchi yuksalib borayotganida namoyon bo‘lmoqda”.

Shubhasiz, bunday ijobiy o‘zgarishlarda mustaqillik yillarida tarmoqqa doir “Aloqa to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi kabi o‘ndan ortiq qonunlar, Prezidentimizning Farmon hamda qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilingani mustahkam poydevor bo‘ldi.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 1 avgustdagi qaroriga muvofiq tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog‘ini 2010 yilgacha bo‘lgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi asosida davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari, mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar va aholining bozor iqtisodiyoti sharoitida aloqa xizmatlariga nisbatan o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan telefon aloqasini yanada -ravnaq toptirish, mavjud telekommunikatsiya tizimlarini zamonaviylashtirish yuzasidan qator loyihalar amalga oshirildi.

Eng muhimi, Yurtboshimizning 2013 yil 27 iyundagi qarori bilan “2013 — 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi” tasdiqlandi. Uning doirasida ayni paytda salmoqli ishlar davom ettirilmoqda. Shunga mos ravishda 2 trillion so‘mlikdan ortiq telekommunikatsiya texnologiyalari hamda aloqa infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 17 ta, “Elektron hukumat” ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari kompleksini yaratishda qo‘l keluvchi 30 ga yaqin loyiha amalga oshirilayapti. Natijada yurtimizda xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi sezilarli darajada oshdi, mobil aloqa rivojlandi, internetdan foydalanish uchun aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda milliy dasturiy ta’minot bozorining taraqqiy etishiga zamin yaratildi.

Shu kungacha katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, “Elektron hukumat” tizimi hamda tadbirkorlik sub’ektlari bazalarini joylashtirish imkoniyatini beruvchi yangi ma’lumotlar markazlari barpo etilgani, viloyatlargacha 40 Gbit/s, tumanlargacha 10 Gbit/s tezlikda ma’lumotlar uzatishning magistral tarmog‘ini yaratish ishlari yakunlangani bunga bir misoldir. Qolaversa, barcha shaharlararo va xalqaro telefon stansiyalari hamda mahalliy telefon stansiyalari raqamlashtirildi, telekommunikatsiya tarmoqlari rekonstruksiya qilinib, rivojlantirildi. Global tarmoqqa ulanish esa keskin kengaytirilib, undagi tezlik bir necha barobar oshirilgani ko‘plab qulayliklarga mustahkam asos bo‘layotir. Bu operatoru provayderlar uchun taqdim etilayotgan internet kanallari narxlari o‘tgan besh yil davomida olti barobardan ortiqqa arzonlashtirilishiga olib keldi.

Shular barobarida, 2015 yilning o‘zida yurtimiz hududlarida 1800 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi. Umuman, bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘ylab qariyb 18 ming kilometrga teng optik tolali aloqa tarmoqlari tortilgan. Toshkent va Buxoro bog‘lamalari o‘rtasida 100 Gbit/s.ga teng “DWDM” texnologiyasiga asoslangan aloqa tizimi ishga tushirildi. Zero, mazkur innovatsiya Markaziy Osiyodagi soniyasiga 100 Gbit hajmidagi ma’lumot o‘tkazish salohiyatiga ega bo‘lgan birinchi telekommunikatsiya durdonasidir.

Kezi kelganda aytish lozimki, istiqlol tufayli nafaqat lug‘atimiz yangi atamalar -bilan boyidi, balki ana shu o‘zgarishlar asnosida aholi turmush tarzi, dunyoqarashi ham -yangilandi. Buni barchamiz o‘z hayotimizda ko‘rib-bilib, his qilayapmiz, ana shunday qulayliklardan bahramand bo‘lmoqdamiz. Ya’ni keng polosali tarmoqlar o‘rnatilgan portlar so‘nggi uch yil mobaynida

40 foiz oshirilib, undan foydalanuvchilar soni 52 foizdan ortdi. Natijada aholining “IPTV”, videotelefoniya, “IP-televideniye”, yuqori tezlikdagi internet, “HDTV” telekanallarni tomosha qilish sifati yaxshilandi, zamonaviy xizmat turlari kengaydi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab 16,5 ming baza stansiyalar o‘rnatilgan bo‘lsa, mobil aloqa abonentlari soni so‘nggi 10 yilda 7,5 barobar ko‘paydi. Shularga mos ravishda yurtimizda mobil aloqaning to‘rtinchi avlod tarmog‘i — “4G”– LTE salohiyati oshirilmoqda. Bu aholining telekommunikatsiya xizmatlarini yanada samarali qo‘llashini, yuqori tezlikdagi internetni ta’minlamoqda.

Endi tasavvur qiling. Bundan 10 — 15 yil ilgari mobil aloqa deganda, faqat o‘zaro so‘zlashish tushunilardi. Bugun esa u yangiliklardan xabardor bo‘lish, o‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha turli tillarda aniq manbalardan ma’lumot olish, ijtimoiy tarmoqlarda qatnashish, ma’lumot almashish, to‘lovlarni, elektron xaridlarni amalga oshirish, turli interaktiv xizmatlardan foydalanishda qo‘l kelmoqda.

Bugungi kunda barcha viloyat markazlarida tashkil etilgan 13 ta “Call-center” ham samarali faoliyat ko‘rsatayapti. Natijada respublikada aholining kundalik turmush ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi turdagi 15 dan ortiq axborot-ma’lumot xizmatlari joriy qilindi.



Innovatsiyalar televideniye sohasiga ham keng kirib borayapti. Raqamli televideniyening asosiy xususiyati esa tasvirning sifati bilan bog‘liq.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega o‘tish konsepsiyasi va dasturi qabul qilingani bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirdi.
Download 19,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish