Web saytlar turlari. Web saytlarni quyidagicha turlari mavjud. Bular portal yangiliklari, informatsion web, blog, wiki, onlayn ijtimoiy saytlar, ta’limiy, ko‘ngilochar, himoya, web ilova va shaxsiy saytlardir.
Portal bu yagona qulay manzildan har xil internet servislarini taklif etuvchi web saytdir.
191-rasm. Web portal ko‘rinishi
Ko‘p portallar server qidiruvchi, yangiliklar, sport va ob –havo web nashr qilish, foydalaniladigan adabiyotlar, xaritalar, xarid va e-mail aloqalar xizmatlari kabi tekin xizmatlarni taklif etadi.
Ko‘plab portallarda onlayn aloqalar bor. Onlayn jamiyat ma’lum bir xil qiziqish yoki aloqalar bilan bir guruxga qo‘shilgan web saytidir. Bu aloqalar onlayn fotoalbomlar, muloqot tarmoqlari va boshqa servis xizmatlarni bir xil fikrdagi foydalanuvchilar orasidagi aloqalarni yaxshilash xizmatlarini taklif etadi.
AltaVista, AOL, Excite, GO.com, iGoogle, Lycos, MSN va Yahoo bular mashhur portallar. Simsiz portal mobil qurilmalar internetdan foydalana olishi uchun yaratilgan portaldir.
Internetda axborot qidiruv tizimlari. Web ma’lumotlarning ommaviy manbasidir. Odamlarning webdan foydalanishdan bosh maqsadi matn, rasmlarni, musiqa, va videoni o‘z ichiga oladigan maxsus ma’lumotlar qidirishdir.
Muvaffaqiyatli qidirishning birinchi bosqichi bu qidirayotgan ma’lumotingizni bosh g‘oyasi yoki tushunchasini aniqlashdir. Ikki turdagi qidirish usullari mavjud bular server qidiruvchi va mavzuga oid kataloglar. Server qidiruvchi web saytlar, web sahifalar, rasmlar, videolar, yangiliklar, xaritalar va ma’lum mavzuga oid ma’lumotlar dasturidir.
Mavzuga oid kataloglar sport yoki xarid yoki shu toifalarga o‘xshash tashkil qilingan bir qancha turkumlardagi web sahifalarni tavsiya etadi. Ba’zi web saytlar web brauzerni ham mavzuga oid kataloglar funksiyasini ham taklif etadi. Server qidiruvchi web manzilni aniq bilmaganingizda yoki ma’lum bir web saytni qidirmayaptganingizda ma’lumot joylashtirishingiz uchun qo‘l keladi. Minglab server qidiruvchilar mavjud. Ba’zilari web sahifalar orqali barcha turdagi ma’lumotlarni qidiradi. Boshqa server qidiruvchilari esa ma’lum bir turdagi ma’lumotlarni cheklaydi, ular quyidagilar:
Tasvirlar- rasmlar, diagrammalar va chizmalar.
Videolar-uy videolari, musiqa videolari, tvdasturlari, kinova kliplar.
Audio- musiqa, qo‘shiq, ovoz yozish va tovushlar.
Nashriyotlar- yangiliklar maqolalari, jurnallarva kitoblar.
Xaritalar- biznes yoki manzil xaritalari, manzilga harakat yo‘nalishlari.
Odamlar yoki bizneslar- manzillar va telefon raqamlar.
Bloglar - boshqalarhaqida fikr va g‘oyalar.
Server qidiruvchi sizdan qidirayotgan elementingizni topishda qidiruv matni yoki qidiruv so‘rovi deb atalgan so‘z yoki jumlani kiritishingizni so‘raydi. Qidiruv matnidagi har bir so‘z kalit so‘z deb ataladi. Sizni qidiruv matningiz Walt Disney World kabi keng bo‘lishi mumkin. Server qidiruvchi tarkibi qidirayotgan ma’lumotingiz turiga qarab minglab natijalar bilan javob beradi. Ba’zi natijalar Web sahifalar yoki maqolalarga bog‘lanishlardir, boshqalari tasvirlar, videolar yoki komedialardir. Ba’zida qidirayotgan narsangiz uchun kichik yoki umuman natija chiqmasligi ham mumkin. Bunda siz qidiruvni cheklayotgan qidiruv matningizni extiyotkorlik bilan qarab chiqish orqali qidiruv natijalaringizdagi ortiqcha narsalarni yo‘q qilishingiz mumkin.
Agarda qidiruv matnini noto‘g‘ri yozsangiz, ko‘p server qidiruvchilar boshqa qidiruv matnlarini ko‘rsatishi mumkin. SHuningdek, ba’zilar (topib borish) qidiruv matnini yozishni boshlaganda taklif etilgan kalit so‘zlar yoki tasvirlardan foydalanadi. Rasmda Googleda server qidiruvchini Aspen Colorado Ski kurortini topish yo‘li ko‘rsatilgan.
192-rasm. Googleda server qidiruvchini tasviri
Qidiruv natijalari 3 chi bosqichda Aspen Colorado Ski kurortini bildiruvchi 150,000 ga yaqin web sahifa bog‘lanishlarini ko‘rsatadi. Har bir ro‘yhatidagi hit(topib borish)lar bosilganda birlashgan Web saytlar yoki Web sahifalarda bog‘lanish bor. Ko‘plab server qidiruvchilarda bir biriga o‘xshash ma’nodagi sarlavha va bayonnomalari bor. SHunday qilib birinchi topilgan bog‘lanishlar ko‘proq kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Ba’zi web browser lar ma’lumotlarni to‘g‘ri yoki yaroqsiz topib beradigan Instant Search box ( tez qidiruv bo‘shlig‘i)ni o‘z ichiga oladi. Instant Search Box (tez qidiruv bo‘shlig‘i) web sahifadagi matn qidiruvni kiritish bosqichlarini yo‘qotgan holda natijani tezroq ko‘rsatadi.
Agar matn qidiruviga so‘z yoki jumlalar orasida joy qoldirib yozsangiz har bir so‘z uchun ma’lumot ko‘rsatadi (va, ga kabi so‘zlardan tashqari). Qidiruvingizni yaxshilash uchun quyidagi uslublardan foydalanishingiz mumkin:
maxsus egalardan foydalaning
qidiruv matniga birinchi bo‘lib eng kerakli atamani yozing
har bir yozuvni to‘g‘ri yozing, masalan email emas e-mail
server qidiruvdan foydalanishdan oldin uni YORDAM deb atalgan ma’lumotiga kiring
agar qidiruv bitta server qidiruvchan muvaffaqiyatga erishmasa boshqasidan ham foydalanib ko‘ring.
Ba’zi server qidiruvlar manzilga asoslangan navigatsiya qurilmalari bilan ishlaydi, ya’ni ular qurilmalarning hozirgi kundagi geografik joylashuvga bog‘liq natijalarni ko‘rsatadi. Misol uchun barcha gaz stansiyalarni manzilini sizning mobil qurilmangiz orqali aniq masofa bilan ko‘rsatib bera oladi.
Ko‘plab server qidiruvlar Spider (o‘rgimchak) deb atalgan dasturdan foydalanadi va web saytda topilgan so‘zlar ro‘yxatini saqlab turadi. Qidiruv matnini kiritganingizda server qidiruv oldingi saytlarni topish uchun yaratilgan ro‘yxatlarni tekshirib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |