WWW yoki shunchaki web va e-mail
internet xizmatlarida keng
foydalaniladigan vositadir. Boshqa xizmatlar muloqot saytlari, doimiy muloqot
va Internetdagi ovozli xabarlarni o'z ichiga oladi. Bu bo'limda Internet
xizmatlari va uni rivojlanish tarixini o'rganasiz. Butun dunyo odamlari kundalik
faoliyatlarida internetning turli xil xizmatlaridan foydalanishadi. Internet
xizmatlari uy va biznes foydalanuvchilariga
WWW da izlanishlar olib borish,
o'qish bloglari yoki videolar jo'natish, e-mail xabarlar jo'natish yoki boshqalar
bilan muloqot chatlarida doimiy muloqot qilishda yoki ovozli xabarlar orqali
suhbatlashishga keng yo'l ochib beradi.
Internet resurslari xilma-xildir. Ularning ichida ham foydali ham zararli
bo'lganlari ma'lumotlar uchraydi. Internet tarmog'idagi axborot -qidiruv
tizimlari esa Internet resurslari ichidan so'ralgan ixtiyoriy ma'lumotlarni qidirib
topib berish imkoniyatiga ega. Chunki bunday qidiruv tizimlari kalit so'zlar
bo'yicha qidirishni amalga oshiradi. Foydalanuvchi tomonidan qanday
ma'lumot
kiritilsa, xuddi shu ma'lumotga mos ma'lumotlarni qidirib topadi.
Shu narsani eslatib o'tish kerakki, har qanday axborot ham foydali va to'g'ri,
rost hisoblanavermaydi. Axborot-qidiruv tizimlaridan faqatgina to'g'ri va
foydali
maqsadda
foydalanish
maqsadga
muvofiqdir.
Turli
nojo'ya
ma'lumotlardan foydalanishdan va tarqatishdan saqlanish maqsadga muvofiqdir.
Internet resurslari xilma-xildir. Ularning ichida ham foydali ham zararli
bo'lganlari ma'lumotlar uchraydi. Qishloq xo'jaligiga oid dasturiy vositalar
O'zbekiston agroaxborot tizimi portali agriculture.uz axborot resursi. Bu sayt
O'zbekiston Respublikasining agrar internet resurslari bo'yicha ilmiy novigator
saytdir. U ASMning, ta'lim va axborot muassasalarining faoliyati haqida
axborotlarga,
shuningdek, qishloq xo'jaligi va turdosh tarmoqlar bo'yicha
milliy va xorijiy internet resurslardan foydalanishni ta'minlaydi. Ushbu portal
qishloq xo'jaligi bilan bog'liq bo'lgan muassasalar – vazirlik, axborot markazlari,
agrouniversitetlar, lmiy – tadqiqit institut va markazlari, kutubxona, nodavlat
tashkilotlari, integratsiya jarayonida ishtirok etuvchi qishloq xo'jalik
korxonalari uchun axborot va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi.
Ta'lim muassasalari vazirliklari saytlari o'zlarida oliy ta'lim
va uning
faoliyati, oliy ta'lim muaasasalari, o'rta-maxsus kasb-hunar ta'limi va uning
faoliyati, o'rta-maxsus kasb-hunar ta'lim muassasalari, xalq ta'limi va uning
faoliyati, respublika maktablari, ta'limning me'yoriy hujjatlari to'g'risidagi
ma'lumotlarni mujassamlagan. Axborot va kommunikatsiya
vositalari hamda
mobil aloqa vositalarining rivojlanishi natijasida har bir sohada juda katta
o'zgarishlar ro'y berdi, shu jumladan agrar sohada ham.
Dunyo bo'ylab juda ko'p axborot tizimlari, kompьyuter va mobil dasturlar
bugungi kunda agrar sohada ishlatilib kelinmoqda. Bu dasturlardan ayrimlari
haqidagi ma'lumotlarni va ularni ishlatish bo'yicha yo'riqnomalarni
http://www.capterra.com/farm-management-software/
saytlardan
olishimiz
mumkin.
Masalan Cropio dasturi sun'iy yo'ldosh orqali dalani boshqarish tizimi
bo'lib, uning yordamida qishloq xo'jaligi foydalanuvchilarini qishloq xo'jalik
ishlarini monitoringini va samarali rejalashtirishni osonlashtiradi.
Cropio joriy
maydonning real vaqtdagi holatini, yaqinlashib kelayotgan kunlardagi ob-havo
ma'lumotlarini, o'simlikning rivojlanishi va muammoli maydanlarni aniqlash
va bozordagi talab va taklifning hoatini kuzatib borish imkonini beradi. Bu
dastur haqidagi batavsil ma'lumot
Do'stlaringiz bilan baham: