deb ataladi.
Internet imkoniyatlari.
Unga faqat kompyuter va maxsus tarmoq orqali erishish mumkin.
Bir necha yil avval bir maqolani topishga bir necha oy vaqt sarflash
zarur edi. Bugun buning uchun boshqa shaharga borish va vaqt
sarflash zarurati yo‘qoldi. Bunda bizga elektron kutubxonalar
yordamga keldi. Elektron kutubxonalarni turlicha nomlashadi:
• elektron kutubxona;
• virtual kutubxona;
• e-kutubxona;
• e-library;
• digital library.
Virtual kutubxonaning o‘zi nima? Oxirgi paytda virtual dunyo,
virtual olam, virtual do‘st kabi so‘zlar paydo bo‘ldi. Virtual so‘zining
ma’nosi — bu tasavvur qilishdir. Virtual kutubxona — bu odatdagi
kutubxonaning abstrakt ko‘rinishidir.
Bunda kutubxona kitoblari, jurnallari va ro‘znomalari javonda
emas, balki kompyuter xotirasiga joylangan bo‘ladi. Kompyuterda
yoki k om pyuter m axsus q u rilm alarid a raqam li fo rm atd a
saqlanadigan ma’lumotlarning to ‘plamidir. Bu bosma, audio, video
va multimedia ma’lumotlardir. Ma’lumotlar hajmiga qarab, serverlar
bitta yoki tarmoq bilan bog‘langan bir necha kompyuterdan iborat
bo‘ladi. Elektron kutubxonada kutubxonachi bo‘lmaydi, shuning
uchun zarur kitob yoki m a’lum otni kompyuter javonlaridan
o‘zingiz qidirasiz.
Elektron kutubxona odatdagi kutubxonadan farqli o‘laroq, bir
qancha qulayliklarga ega:
• joyning tejamlanishi, ya’ni kitoblarni saqlash uchun maxsus
binoning zarurati yo‘qligi;
• nodir asar va m a’lumotlarni saqlash va ulardan foydalana
olish imkoniyatining mavjudligi;
• foydalanishning qulayligi va yengilligi;
• qidiruv tizimlarining mavjudligi;
• m a’lumotlar hajmining cheklanmaganligi;
• m a’lumotning audio, video va kompyuter grafikasi yordamida
sifatli va yaxshiroq aks ettirish mumkinligi;
• vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi, ya’ni undan 24 soat
mobaynida foydalanishingiz mumkin;
• qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi.
Demak, elektron kutubxona — bu turli m a’lumotlar jamlangan
Internet sahifasidir. Bu sahifani kutubxonalardagi maxsus markaz
73
mutaxassislari m a’lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga
kiritadi va yig‘adi. Ya’ni m a’lumotlar doimo yangilanib turiladi va
kutubxona hajmi kengayib boradi.
Shu o ‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, «elektron kitoblar epide-
miyasi»ga asos solgan inson Maykl Xartdir. U 1971-yilda ilk «elektron
kutubxona»ni yaratib, unga «Gutenberg loyihasi» deb nom berdi.
Maykl Etext — «elektron matn» konsepsiyasining tamal toshini
qo‘ydi. Bu matn erkin tarqaluvchi, ortiqcha bezaklarsiz, har qanday
kompyuter va har qanday platformada o‘qitilishi mumkin bo‘lishi
kerak edi. Bunga asos sifatida ASCII matn tanlandi. Etext formatidan
dastlabki matn «AQSHning Mustaqillik deklaratsiyasi» bo‘ldi va
Illinoys universiteti tarm og‘ining barcha foydalanuvchilariga
tarqatildi.
«Gutenberg loyihasi» tarixi shunday boshlandi. 2005-yilda
bunday kutubxonalar soni bir necha m illionni tashkil etdi.
Keyinchalik bepul va hammabop kutubxona g‘oyasi tezda eskirdi.
Endi elektron kitoblar bilan noshirlik sanoati vakillari qiziqa
boshlashdi. E lektron kitoblarga raqam li asrning to ‘laqonli
mahsuloti sifatida qarala boshlandi. 2000-yilda Internet orqali ilk
marotaba Stiven King asarlari sotuvga qo‘yildi. Uning «Usinlik»
hikoyalari tarmoq orqali sotilgan ilk elektron kitobga aylandi.
9-rasm.
Virtual kutubxona sahifasi.
74
Elektron kitoblar sanoati taraqqiyotiga cho‘ntak kompyuterlari
ham o‘z hissasini qo‘shdi. 2003—2005-yillarda ularning sotilishi o‘z
cho‘qqisiga ko‘tarildi. Dastlab, ushbu qurilmalar yuqori talablarga
javob bera olmasdi — sifatli musiqa va video haqida gap ham bo‘lishi
mumkin emasdi. Xaridorlarni jalb etishning yagona chorasi esa,
organayzer funksiyasidan tashqari, elektron kitoblarni kichik, ammo
qulay ekran orqali o‘qish imkoniyatini yaratish g‘oyasi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: