yangiliklari haqidagi m a’lumot olishingiz mumkin.
laridan foydalangan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar.
Interaktiv davlat xizmati quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:
• umumiy foydalaniladigan axborotni e’lon qilish (tarqatish);
• tegishli axborot tizimlari, shu jumladan, Internet orqali davlat
axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni realizatsiya
qilish;
• bir tom onlam a o ‘zaro hamkorlik — elektron shakldagi
hujjatlarning har xil formularlaridan foydalanish imkoniyatini
berish;
• ikki tomonlama axborot ayirboshlash — so‘rov bo‘yicha qabul
qilish, tahlil (ko‘rib chiqish) va javob yuborishni o‘z ichiga oladigan
idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish,
ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish va/yoki berish);
• elektron shakldagi ma’lumotlar to ‘liq ayirboshlanishini amalga
oshirish, shu jumladan, xizmatlar ko‘rsatish va ularga haq to ‘lash
shaklida ko‘rsatilishi mumkin.
Bugungi kunda davlat organlarining web-saytlari orqali aholiga
interaktiv davlat xizmatlari asosida 384 turdagi interaktiv xizmatlar
ko‘rsatiladi.
Quyidagi web-sahifalardan Davlat boshqaruv va xo‘jalik
yurituvchi organlar web-sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv
xizmatlari, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, xabarlarni topish
mumkin.
O ‘zbekiston Respublikasi hukum atining portali. h ttp ://
www.gov.uz.
O ‘zbekiston Respublikasi hukum atining portali. h ttp ://
www.asi.uz.
Xulosa qilib aytganda, axborot-kutubxona muassasalarida
axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish, foydala-
nuvchilarga xizmat ko‘rsatish hozirgi kunning ustuvor vazifalaridan
biridir.
XXI asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga
kirib borishi axborotlashgan jamiyatning shakllanishiga zamin
yaratib bermoqda. «Internet», «Elektron pochta», «Elektron ta’lim»,
«Elektron boshqaruv», «Elektron hukumat», «Masofaviy ta’lim»,
«Ochiq ta ’lim», «Axborotlashgan iqtisod» kabi tushunchalar
hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga jadal
ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali
mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan
iqtisod shakliga o‘tmoqda, ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va
bilimlarning roli tobora yuksalmoqda hamda ular strategik resursga
68
aylandi. Dunyoda yaratilgan axborot va bilimlarning 90 % i so‘nggi
30 yil mobaynida yaratilgan bo‘lib, ular hajmining ko‘payib borishi
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni
talab etmoqda.
K o‘plab mamlakatlar o‘zlarining istiqboldagi rivojlanishini
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida yo‘lga qo‘yishni
anglab yetishgan. M ustaqil O ‘zbekiston Respublikasida ham
jamiyatni axborotlashtirish, kompyuter va axborot texnologiyalarini
rivojlantirish bo‘yicha qonunlar qabul qilinib, ular asosida bir
qator dastur va tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: